Mis elementlari va qotishmalarining turlari
DST 859-66 ga ko‘ra, misning quyidagi markalari mavjud:
MOO, MO, M1, M2, MZ, M4.
MOO da 99,99 %, MO da 99,95 %, M1 da 99,90 %, M2 da
99,70 %, MZ da 99,5 %, M4 da 99 % mis bo‘ladi.
Juda toza mis navlarining elektr o‘tkazuvchanligi yuqori
bo‘lganligi uchun ular radiotexnika va elektrotexnikada keng
qo‘llaniladi. Qolgani, asosan, mis qotishmalari tayyorlash
uchun ishlatiladi. Mis qotishmalari ikki guruhga: latunlar va
bronzalar guruhiga bo‘linadi.
Latunlar. Asosan, mis bilan ruxdan iborat qotishmalar
latunlar deb ataladi. Texnikaviy latunlar tarkibida rux miqdori
45 % ga yetadi. Latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi.
L62, L68, L — latun ekanligini, 62 — misning % miqdorini
ko‘rsatadi. Latun tarkibida ruxdan boshqa legirlovchi elementlar
bo‘lishi mumkin. Masalan: LS74-3, LO70-1, LAN59-3-2,
LMs-58-2. Markadagi birinchi son misning % miqdorini,
qolgan sonlar tegishli elementlarning % miqdorini ko‘rsatadi.
Bu maxsus latun tarkibida elementlar quyidagicha belgilanadi.
A — aluminiy, S — qo‘rg‘oshin, O — qalay, J — temir, N —
nikel, Mn — marganes, K — kremniy. Masalan: LMs58-2 -
Si—58 %, Ms—2%, 2Z—40%. Latun markasi oxirida L harfi
bo‘lsa, quymabop, L harfi bo‘lmasa, deformatsiyabop latunlar
deyiladi. Masalan: Ak 80-3l.
Tarkibida mis miqdori ko‘p (A96, L90, L85 markali)
latunlar tayyorlanadi. Bunday latunlar tompak deb ataladi.
Bronzalar. Misning qalay, aluminiy, qo‘rg‘oshin, berilliy
va boshqa elementlar bilan hosil qilgan qotishmalari bronza deb
ataladi. Mis bilan qalaydan iborat qotishma qadimdan ma’lum
va bu qalayli bronza deyiladi. Tarkibida qalay bo‘lmagan
qotishmalar ham bor, bular maxsus bronzalar deb ataladi.
Bronzalar BR harfi tarkibidagi elementlarni bildiruvchi harflar
va shu elementlarning o‘rtacha % miqdorini ko‘rsatuvchi
raqamlar bilan markalanadi. Masalan: BrONST11-4-3 da 11 %
qalay, 4 % nikel, 3 % qo‘rg‘oshin, qolgani misdan iborat.
Deformatsiyabop bronzalar: Br, Of 6,5-0, 25-BrOF-4-0,25,
BrOTs-4-3, quymabop bronzalar: BrOg-10, BrOTsSN-3-7-5-1,
BrOTsS12-5, BrOF10-1, aluminiyli bronzalar BrA bilan bel-
gilanadi. Masalan: BrA7, BrAMs9-2, BrAJS7-1,5-1,5 va h.k.
30
Misning yuqorida ko‘rib chiqilgan qotishmalardan (latun va
bronzalardan) tashqari, nikel bilan hosil qilgan qotishmalari
ham bor. Bunday qotishmalar MN harflari, legirlovchi ele-
mentlarni bildiruvchi harflar, nikelning va legirlovchi element-
larning % miqdorini belgilovchi raqamlar bilan markalanadi.
MNMs-3-12, MNJMs-68-2,5-15 monel qotishma, MNMs-15-20
Dostları ilə paylaş: |