33
III B O B
PO‘LATGA TERMIK VA KIMYOVIY ISHLOV BERISH
Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida
quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
••••• metallarga termik
ishlov berish;
••••• po‘latlarga termik ishlov
berish nazariyasi asoslari;
••••• po‘latlarni me’yorlash, toblash, yumshatish va bo‘shatish;
••••• po‘latlarga kimyoviy-termik, termomexanik va mexano-
termik ishlov berish;
••••• termik ishlov berish jihozlari.
3.1. Po‘latni yumshatish turlari
Po‘latni faza o‘zgarishlaridan yuqori haroratgacha qizdirib,
so‘ngra sekin sovitish (odatda, pech bilan birga)
yumshatish
deyiladi. 11-rasmda yumshatish turlari keltirilgan.
Sekin sovitilganda po‘latlar faza
va tuzilishi jihatdan muvo-
zanatga yaqin keladi. Yumshatishdan keyin yuzaga kelgan
tuzilmalar temir-sementit diagrammasida ko‘rsatilgan. Yum-
shatilgandan keyin po‘latning qattiqligi va puxtaligi pasayadi.
Yumshatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: po‘latni qayta
kristallash (donlarini maydalash), ichki zo‘riqishlarini yo‘qo-
tish, qattiqligini pasaytirish va ishlanuvchanligini yaxshilash.
Ko‘p hollarda yumshatish termik ishlov berish bilan birga
olib boriladi.
Quymalar, pokovkalar, prokatlarni yumshatish
(masalan, yirik quymalarni yumshatish)
oxirgi termik ishlov
berish jarayoni sanaladi.
1- tur va 2- tur yumshatish farqlanadi. 1- tur yumshatish-
da oldingi ishlov berishda paydo bo‘lgan muvozanat holatidan
chetlanish qisman yoki batamom yo‘qoladi.
Bu yumshatish faza
o‘zgarishlari bilan bog‘liq emas.
1-tur yumshatish
Diffuzion yumshatish
Past
haroratda yumshatish
Rekristallash
11-rasm. Yumshatish turlari.
3 – Materialshunoslik