Mavzu: avtomobillarni ishlab chiqarishda va



Yüklə 162,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.11.2022
ölçüsü162,87 Kb.
#119942
  1   2   3   4
Пластмассалар (1)



MAVZU: AVTOMOBILLARNI ISHLAB CHIQARISHDA VA 
TA’MIRLASHDA QO’LLANILADIGAN PLASTMASSALAR 
Ma’ruza rejasi 
1. Avtomobillarni ishlab chiqarishda plastmassalarni ishlatilishi
2. Polivinilxloridlar
3. Polistirol plastik: qo’llanilishi. 
4. Poliamidlar qo’llanilishi
5. Polikarbonatlar, fenoplastlar, poliuretanlar 
Tayanch iborala 
Termoplastik, termoreaktiv quymalar, polietilen, polipropilen, viniplast, ftoroplast, 
poliamid, poliformaldegid, fenoplast, tekstolit, epoksid quyma, getinaks, akriloplast. 
1. Avtomobillarni ishlab chiqarishda plastmassalarni ishlatilishi
Avtomobil konstruksiyasini yaxshilash va remont texnologiyasini rivojlanishda 
unda qo`llaniladigan materiallar yuqori talabga javob berishi lozim. Bu materiallar 
qatorida 
plastmassalar 
keng 
o`rin 
olgan. 
Xozirgi 
kunda 
avtomobilsozlikda 
plastmassalardan foydalanish yildan yilga o`sib bormoqda. Bundan 20-25 yil avval 1 ta 
avtomobilga 2-5 kg plastmassa ishlatilgan bo`lsa, xozirgi kunda yengil avtomobillarda 
100 kg.dan ortiq 600dan ortiq detallar plastmassalardan tayyorlanadi. Avtomobillarning 
bir qator detallarni plastmassalardan ishlab chiqarish avtomobilning og`irligini 25 % gacha 
yengillashtiradi, hamda minglab tonna po`lat, rangli metallarni iqtisod qilishga erishishga 
olib keladi. 
Avtomobillarning 
bir 
qator 
detallarni 
plastmassalardan 
ishlab 
chiqarish 
avtomobilning og‘irligini 25 % gacha engillashtiradi, hamda minglab tonna po‘lat, rangli 
metallarni iqtisod qilishga erishishga olib keladi.
Avtomobil konstruksiyasida plastmassaning qullanilishi arzonlashtirishi bilan bir 
qatorda og‘irlikni kamaytiradi, avtomobilning ishlatish tavsifini yaxshilaydi, uning 
komfortabilligi va xavfsizligini oshiradi. Asosiy yunalish avtomobil konstruksiyasida 
plastmassaning qo‘llanilishida 
yirik gabarit detallarning kiritilishi, poliuretan, 
polikarbonat, polipropelen, sovuqqa chidamli bamferlar kabi; ABS-plastik va 
polipropilenli radiator; panjaralar; penopoliuretanli tomlar va tula shakllangan o‘rindiqlar, 
polietilenli yonilgi baklari, poliamidli radiator bochkalari va boshqalar. 
Hozirda plastmassalardan yirik elementlarning konstruksiyasini (qurilmasini) 
tayyorlash 1 daqiqaga etmoqda. Bular bamferlar, qanotlar, bagaj (yuk) qopqoqlari, kopot 
va boshqalar oldi bamferi bilan butun oldi qismini yig‘ish masalan, radiatorning pardoz 
qoplamasi va qanotning oldi qismi polimer metallardan boshqa ishlovlarsiz ishlab 
chiqarish unumli bo‘lmoqda. Bunday texnologiya bir vaqtning o‘zida avtomobilning 
aerodinamik tasnifini echishda qo‘llanilmoqda, avtomobil dizayni o‘zlashtirilmoqda va 
avtomobilning iqtisodiy va xavfsiz yo‘nalishini rivojlantirmoqda. 
Avtomobil 
konstruksiyasida 
plastmassaning 
qo’llanilishi 
maxsulotni 


arzonlashtirish bilan birga og`irlikni ham kamaytiradi, avtomobilning ishlatish tavsifini 
yaxshilaydi, uning komfortabilligi va xavfsizligini oshiradi.
Avtomobil qurilishi soxasi bo`yicha keyingi 10 yil ichida plasmassani qo`llashda 
katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Avtomobilning yangi modellari 500 dan ortiq turli 
plastmassa qismlar, ya’ni bular: bamferlar, eshik ponellari, sovitgich va isitgich 
tizimlarida, g`ildirak qopqoqlarida, ko`rsatkich ponellarida, radiator qafaslarida, yonilg`i 
baklari idishlarida, kengayish baklari, kabina korpusi, kapotlari va boshqalarda 
qo`llanilmoqda. 
Avtomobil ishlab chiqarishda plastmassaning o‘rni katta ahamiyatga ega. 
Avtomobilsozlik soxasi bo‘yicha keyingi 10 yil ichida plasmassani qo‘llashda katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Avtomobilning yangi modellari 500 dan ortiq turli plastmassa 
qismlar, ya’ni bular: bamferlar, eshik ponellari, sovitgich va isitgich tizimlarida, g‘ildirak 
qopqoqlarida, ko‘rsatkich ponellarida, radiator qafaslarida, yonilg‘i baklari idishlarida, 
kengayish baklari, kabina korpusi, kapotlari va boshqalarda qo‘llanilmoqda. 
So‘nggi yillarda podshipnik vkladishlari uchun xar-xil poliamidlardan
foydalanish tobora kengaymoqda. Bunga sabab, poliamidlarda boshqa plastmassalarga
xos afzal-liklar bo‘lishi bilan birga, ulardan vkladishlar quyish usulida tayyorlanishi
xam mumkin 
So`nggi yillarda mashinasozlikda plastmassadan yasalgan tasma va
shkivlar, podshipnik vkladishlari ishlatila boshlandi. Plastmassa tasmalar boshqa
tasmalarga qaraganda 2-3 xissa ko`p quvvatni uzatishga imkon beradi. Plastmassa
tasmalar zarb bilan o`zgaruvchan kuchlar ta’sirida ishlaydigan uzatmalarda ayniqsa 
qo`l keladi.Ularni agressiv muxitli sharoitda, tezligi katta (60 m/sek gacha bo`lgan), 
shkivlari esa kichik uzatmalarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
SHuningdek, sanoatning ko`pgina tarmoqlarida palstmassadan tayyorlangan
tishli g`ildiraklar ko`plab ishlatila boshladi. Plastmassadan tayyorlangan tishli
g`ildiraklarning keng ko`lamda ishlatilishi ularning quyidagi afzalliklariga
asoslangan:
1) ravon va shovqinsiz ishlaydi; 
2) yeyilishga chidamliligi yuqori;
3) abraziv zarrachalarining ta’siriga uncha sezgir emas;
4) zarb bilan ta’sir etadigan dinamik kuchlarni so`ndirish xususiyatiga ega;
5) elektr tokini o`tkazmaydi;
6) solishtirma og`irligi kichik; 
7) moysiz sharoitda xam yaxshi ishlaydi; 
8) nam va zax joylarda xam ishlayveradi, chunki zanglamaydi.
Plasmassalardan tishli g`ildiraklar uchun material sifatida foydalinishning
yanada rivojlanishiga ularning quyidagi kamchiliklari to`sqinlik qilmoqda:
- issiqlik o`tkazuvchanligi;
- issiqqa chidamligi pastligi;
Hozirgi vaqtda plastmassalardan tayyorlangan rezbali detallarning soni
kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo plastmassalarning mustaxkamligi po`latnikiga
qaraganda birmuncha kichik bo`lganligi uchun ular, asosan, kichik yuklamalar ta’sir


etuvchi birikmalarda ishlatilmoqda. Rezbali birikmalarining afzalliklari shundan
iboratki, ular nisbatan katta nagruzka ta’sirida etarli darajada ishonchli ishlaydi; 
ularni ajratish va yig‘ish qiyinchilik tug‘dirmaydi; turli sharoitda ishlaydigan rezbali
detallar ko‘plab ishlab chiqarilishi mumkin; nisbatan arzon tannarxga ega. 

Yüklə 162,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin