Materialshunoslik 2016. p65


Po‘latni to‘la yumshatish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/58
tarix02.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#118919
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
materialshunoslik1

3.2. Po‘latni to‘la yumshatish
To‘la yumshatishda evtektoiddan oldingi po‘lat A
s3
dan
30—50 °C yuqori haroratda qizdiriladi, shu haroratda to‘la qi-
ziguncha tutib turiladi va sekin sovitiladi. Bu holda ferrit perlitli


37
tuzilishi qizdirilganda austenitli tuzilishga aylanadi, so‘ngra sekin
sovitilganda qaytadan ferrit va perlitga aylanadi. To‘la qayta
kristallanish sodir bo‘ladi.
Amalda qizdirish tezligi odatda 100 grad/soatga yaqin
bo‘ladi, shu haroratda tutib turish vaqti esa 1 t qizdiriladigan
metallga 0,5 dan 1 soatgacha bo‘ladi. A
s3
nuqta tepasida qiz-
dirish haroratini haddan tashqari oshirib yuborish austenit
donlarning o‘sishiga olib keladi, bu esa po‘latning xossalarini
yomonlashtiradi. Sekin sovitish austenitning parchalanishini
ta’minlashi kerak. Legirlangan po‘latlar uglerodli po‘latlarga
(150—200 grad/soat) qaraganda ancha sekin (10—100 grad/soat)
sovitiladi.
To‘la yumshatishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad: metall-
ga oldindan ishlov berishda (quyish, qizdirib deformatsiyalash,
payvandlash va termik ishlov berish) paydo bo‘lgan nuqson-
larni yo‘qotish, metallarga kesib ishlov berishdan oldin po‘latni
yumshatish va ichki zo‘riqishlarni yo‘qotishdan iborat.
3.3. Po‘latni chala yumshatish
Chala yumshatish evtektoidda A
s1
dan yuqori haroratda
qizdirish va sekin sovitishdan iborat. Bunda perlitni tashkil etuv-
chi donlar qisman qayta kristallanadi.
Agar dastlabki qizdirib ishlov berishda yirik donlar yuzaga
kelmagan bo‘lsa, evtektoiddan oldingi po‘latlar ichki zo‘riqish-
larni yo‘qotish va kesib ishlanuvchanligini yaxshilash maqsadida
chala yumshatiladi. Evtektoiddan keyingi po‘latlarni chala yum-
shatish sferoidlash uchun yumshatish deyiladi. Sferoidlash
uchun yumshatish natijasida donador perlit tuzilishi hosil qi-
linadi. Sferoidlash paytida sekin sovitish kerak, shunda austenit
ferrit-karbid aralashmasiga parchalanadi va hosil bo‘lgan
karbidlar bir-biriga yopishib yiriklashadi (koagulatsiya).

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin