36
erkin energiyaning
darajasi esa yuqori, termodinamik jihatdan
eng beqaror qismlarda paydo bo‘ladi. Yangi donlar eski,
cho‘zilgan donlar to‘liq yo‘qolgunga qadar o‘sadi. Bu hodisa
(birlamchi) rekristallanish deyiladi.
Rekristallanish singish (diffuzion) jarayoni bo‘lib, notekis
kechadi, ayrim donlar oldinroq,
boshqalari keyinroq paydo
bo‘ladi va o‘sadi. Rekristallanishdan keyin metall yangi teng
o‘qli donlardan iborat bo‘lib qoladi. Yanada yuqori haroratda
qizdirish yig‘ma rekristallanishning avj olishiga, ya’ni ayrim
rekristallangan donlarning boshqa maydaroq donlar hisobiga
o‘sishiga olib keladi. Qizdirish harorati qancha yuqori bo‘lsa,
yig‘ma rekristallanish shuncha shiddatli ketadi,
chunki harorat
ko‘tarilishi bilan singish jarayonlari tezroq boradi va yirik donli
metall hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.
Yig‘ma rekristallanish ham notekis ketadi va amalda ishlov
berishdagi rekristallanish tugashidan ancha oldin boshlanadi.
Rekristallangan donning o‘lchami metallning xossalariga kuchli
ta’sir etadi. Mayda donli po‘latlarda puxtalik bilan plastiklik eng
yaxshi bo‘lishi kuzatiladi. Rekristallangan donning katta-kichik-
ligiga rekristallizatsion
yumshatish harorati, jarayonning mud-
dati, oldindan deformatsiyalash darajasi va metallning kimyoviy
tarkibi ta’sir ko‘rsatadi.
Yumshatish harorati qancha yuqori va jarayon uzoqroq
davom etadigan bo‘lsa, rekristallangan donning o‘lchami shun-
cha katta bo‘ladi.
Deformatsiyaning kritik darajasida (3—15 %) yumshatish-
dan keyin donning o‘lchami keskin kattalashadi va boshlang‘ich
donning o‘lchamidan bir necha marta katta bo‘lishi mumkin.
Shu sababli deformatsiya darajalari kichik bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak. Kritik deformatsiya qiymati metallga bog‘liq
bo‘ladi. Umuman, deformatsiyalanish darajasi qancha katta
bo‘lsa, rekristallangan donning o‘lchamlari
shuncha kichik
bo‘ladi. Bunga sabab shuki, deformatsiya darajasi ortishi bilan
keyingi rekristallanishda zarralar hosil bo‘lish tezligi ularning
o‘sish tezligidan katta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: