Materialshunoslik 2016. p65



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/58
tarix02.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#118919
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
materialshunoslik1

Izotermik yumshatish
Amalda vaqtni tejash maqsadida ko‘pincha izotermik
yumshatishdan foydalaniladi. Bu holda po‘lat qizdiriladi, so‘ngra
evtektoidda A
s1
dan 50—100 °C past haroratga qadar tez
sovitiladi (ko‘pincha boshqa pechga o‘tkaziladi). Po‘lat shu


38
haroratda austenit to‘la parchalangunga qadar tutib turiladi,
shundan keyin havoda sovitiladi.
Hozirgi vaqtda legirlangan po‘latlarni izotermik yumshatish
ko‘p qo‘llaniladi, chunki bunda jarayon davomiyligi qisqaradi.
Sof holda yumshatish himoya atmosferasini tatbiq etgan
holda yoki qisman vakuum pechlarda to‘la yoki chala yumsha-
tish tartibida amalga oshiriladi. Sof holda yumshatish jarayonini
ishlatilgan karburizator, cho‘yan qirindisi va shu kabilar solin-
gan qutilarda o‘tkazish mumkin.
Sof holda yumshatish sovuqlayin yoyiladigan tasma, sim va
hokazolar olish uchun, shuningdek, metall sirtini oksidlanish
va uglerodsizlanishdan saqlash maqsadida galvanik usulda qop-
lanadigan detallar olish uchun qo‘llaniladi.
3.4. Me’yorlash
Evtektoiddan oldingi po‘latni A
s3
dan yuqori haroratgacha,
evtektoiddan keyingi po‘latni esa A
st
dan 50—60 °C ga yuqori
haroratgacha qizdirib, so‘ngra havoda sovitish me’yorlash deb
ataladi. Me’yorlashda po‘lat qayta kristallanib, quyish yoki
bolg‘alashda hosil bo‘lgan yirik donli tuzilish yo‘qoladi.
Havoda sovitish natijasida austenit past haroratlarda ferrit-
sementit aralashmasiga parchalanadi, demak, aralashmaning
mayda zarralarga bo‘linishi (dispersligi) ortadi.
Me’yorlashdan maqsad po‘latning tarkibiga ko‘ra turlicha
bo‘ladi. Kam uglerodli po‘latlar yumshatish o‘rnida me’yor-
lanadi. Natijada ularning qattiqligi qisman ortadi, lekin kesish-
da sirtining sifati yaxshilanadi.
O‘rtacha uglerodli po‘latlar uchun me’yorlash toblash va
yuqori haroratda bo‘shatish (yaxshilash) o‘rnida qo‘llaniladi.
Bunda ularning mexanik xossalari pasayadi, lekin buyumlar-
ning deformatsiyalanishi toblashdagiga nisbatan kamayadi.
Ko‘p uglerodli (evtektoiddan keyingi) po‘latlar qattiqligini
yo‘qotish maqsadida me’yorlanadi.
Me’yorlash va keyin yuqori haroratda (600—650 °C) bo‘-
shatish ko‘pincha legirlangan po‘latlarning tuzilishini to‘g‘ri-
lash uchun yumshatish o‘rnida qo‘llaniladi.


39

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin