Mavzu: 1-4- sinf ona tili darslari o`qituvchi kitobini tahlil qilish Reja



Yüklə 157,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix10.12.2023
ölçüsü157,84 Kb.
#139048
1   2   3   4
1 4 sinf ona tili darslari o`qituvchi kitobini tahlil qilish

1. Tayyorlov bosqichi.
Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan 


tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi 
yuzasidan izchil 
tushunchalar berib borish
, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi. 
2. 
Ilk mutoala bosqichi.
Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan 
tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan 
o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi. 
3. Mustaqil mutolaa bosqichi.
Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar 
mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik 
madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro 
bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini 
bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari 
asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar 
yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy 
asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi 
bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab 
tevarak-
atrofidahayvonlarga
, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. 
Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni 
so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya: 
Bolalik kunlarimda, 
Uyqusiz tunlarimda, 
Ko`p ertak eshitardim
So`ylab berardi buvim. 
O`zi uchar gilamlar, 
Bola bo`p qolgan chollar… 
Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. 
Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda 
o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim. 
O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga 
mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra 
guruhlashi, miqdorini belgilab olishi 
va taqvim rejaga kiritishi
, asar matnlari ustida amalga 
oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida 
ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining 
ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan 
yo`llanmalar berishi kerak. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib 
ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv 


dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish 
kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu 
faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz. 
O`qituvchi darsni tashkil etishda mavzuni aniq belgilash va o`quv materiallarini 
tayyorlashi lozim.Kuzatishlarimiz bu xususda o`qituvchilar qo`lida hech qanday manba yo`qligini 
ko`rsatdi. Shuning uchun biz birinchi va ikkinchi bosqich mavzular va o`quv materiallarini ishlab 
chiqdik. Uchunchibosqichuchunrejalashtirishnima`quldebtopdik. 
1.
Savod o`rgatish davri tayyorlov bosqichi uchun tavqim reja. 

Yüklə 157,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin