Mavzu: 1000konsentrida arfmetik amallarni o’rgatish metodikasi. Mundarija Kirish



Yüklə 414,5 Kb.
səhifə2/11
tarix07.06.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#127885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ming ichida qo\'shish

Kurs ishining maqsadi: Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida qo‘shish va ayirish mavzusining samarali shakl va usullarini aniqlash.
Kurs ishining ob’ekti: Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida qo‘shish va ayirish haqidagi ma‘lumotlarni o‘rganish darslarini tashkil etish va uni o‘tkazish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Boshlang‘ich sinflarda ming ichida qo‘shish va ayirishga doir masalalarni o‘rganish darslarini tashkil etish, uni o‘tkazish usullari va vositalari.
Kurs ishining vazifalari:
1) Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarining tashkil etilishini kuzatish va tahlil qilish;
2) O‘quvchilarda ming ichida qo‘shish va ayirish metodikasini o‘rganish malakalarini shakllantirish yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma, malakalarini aniqlash.
3) Matematika dasturida ming ichida qo‘shish va ayirish metodikasini o‘rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullarini kuzatish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I.BOB Minglik konsentrida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi haqida umumiy ma`lumot.

    1. Ming ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari.

Dastur talablariga binoan o‘quvchilar ikki xonali va uch xonali sonlarni 1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki va yozma usullarini egallashlari, shuningdek, 100 ichida amallar bajarishga keltiriladigan hollarda 1000 ichida hisoblashlarni to‘g‘ri bajara olishlari kerak.
1000 ICHIDA RAQAMLASH MEТODIKASI .1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak:
1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo‘lishini, har bir berilgan son bevosita o‘zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va o‘zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishi;
2.Har bir sonning sonlar qatoridagi o‘rnini bilishi;
3.Raqamlarning o‘rin qiymatini bilgan holda sonlarni o‘qishi va yoza olishi;
4.Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o‘rinlari bo‘yicha taqqoslay olish
5.Sonni uning xona qushiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtira olishi;
«Minglik» mavzusida oldin qo‘shish va ayirishning og‘zaki, keyin esa yozma usullari o‘rganiladi.
6.Sonlarning natural ketma-ketligi va o‘nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo‘shishi va ayira olishi;

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin