Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja



Yüklə 89,62 Kb.
səhifə17/27
tarix14.12.2023
ölçüsü89,62 Kb.
#140822
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Mavzu-2 Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja-fayllar.org

Papkani o'chirish uchun kerak bo'lgan papka belgilanadi va klaviaturadan Del tugmachasi
bosiladi.
Papkani bir joydan ikkinchi joyga umuman boshqa joyga ko'chirish uchun ko'chirilishi kerak



bo'lgan papka ustiga sichkonchaning kursorini olib kelib sichqonchani o'ng tugmasi bosiladi.


So'ngra qaerga joylanishi kerak bo'lsa o'sha katalog yoki disk ochiladi. O'sha yerda sichqonchani
o'ng tugmasi bosiladi. Menyudagi Вставитьtanlab bosiladi.
Papkadan nusxa ko'chirish uchun papka belgilanadi va sichqonchaning o'ng tugmasini
bosib, u yerdan kopirovat tanlanadi. Nusxani joylash uchun joylanishi kerak bo'lgan yerga
sichqoncha kursori olib kelinadi va sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi, so'ngra menyudan
Вставитьtanlab bosiladi.
Ish stolida yorliq tashkil qilish. Windows muhitida diskda yana bitta obyekt - yorliqlar hosil
qilish imkoniyati ham mavjud. Yorliq (shortcut) maxsus fayl bo'lib, o'zida boshqa fayl, katalog
yoki tashqi qurilmaga yo'l (yo'nalish) haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.
Ko'p ishlatiladigan dasturlarga murojaat qilishni yorliqlar orqali amalga oshirish mumkin.
Ko'p hollarda murojaat qilishga to'g'ri keladigan hujjat, tashqi qurilma (masalan, printer) uchun
ham yorliq tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shundan so'ng, bu hujjatni ochish uchun uning
yorlig'ida sichqoncha klavishasini 2 marta bosilsa kifoya. Yorliq faqat hujjatlar uchungina emas,
balki ixtiyoriy obyektlar, xususan papkalar, disklar boshqa komputer va printerlar uchun ham
tashkil qilinishi mumkin. Yorliqni faqat ish stoliga emas, balki ixtiyoriy papka ichiga joylashtirish
foydalanuvchi ixtiyorida bo'ladi. Yorliq hosil qilish hujjatning nusxasini olish degani emas.
Ixtiyoriy yorliq ko'pi bilan 374 bayt joy egallashi mumkin. Shuning uchun ham bitta obyekt uchun
xoxlagancha yorliq hosil qilish mumkin. Yorliqlar fayllar kabi nomlanadi va LNK (Link-связь-
aloqa so'zidan olingan) kengaytmasiga ega bo'ladi. Yorliqni o'chirish - bu hujjatni yo'qotish degani
emas.
Yorliq uchun yorliq hosil qilish man qilinmaydi, lekin bu holda ikkilamchi yorliq ham
birlamchi yorliq kabi asosiy obyektga yo'l haqidagi ma’lumotlarni saqlab, birlamchi yorliqning
nusxasi vazifasini bajaradi. Yorliqlar piktogrammasi asosiy obyekt piktogrammasi bilan bir xil
bo'lib, faqat piktogrammaning quyi burchagidagi egri strelka mavjudligi bilan farqlanadi.
Ish stolida yorliq tashkil qilish uchun Мой компьютер yoki Проводник yordamida
kerakliobyektlar tanlab olinadi. Sichqon o'ng tugmachasi bilan shu obyektni belgilab, uni qo'yib
yubormagan holda ish stoliga sudrab o'tkaziladi. So'ng tugmacha qo'yib yuboriladi. Ekranda
ochilgan kontekst menyu Создание ярлыка buyrug'i ishga tushiriladi va shunda ish stolining
chap tomonida yangi yorliq paydo bo'ladi.
Budarchadan Обзор klavishasida sichqonchani bitta bosamiz, shunda обзор darchasi ochiladi.



Bu rasmda faylga yorliqni hosil qilish uchun roʻyxatdan kerakli Имя файла (Fayl nomi)


satri tanlab olinadi. Имя файла (Faylnomi) degan joyda yorliq yaratilayotgan fayl nomi uchun
yoʻl koʻrsatiladi va Открыть klavishasi bosiladi. Ekranda yangi yorliq paydo boʻladi.

Yüklə 89,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin