Kishilaming pok qalbli, rostgo‘y, adolatli bo‘lishi Navoiyning buyuk armonidir. Navoiyning ta’kidlashicha, to‘g‘ri va chin so‘zlagan kishilar mo‘4abar, pok ko‘ngilli, xalq nazdida ishonchli va obro‘li bo‘ladilar. Haqiqiy inson to ‘g‘ri so‘zlashi va to ‘g‘ri bo‘lishi kerak.
«Mahbub ul-qulub»da talqin qilinadi:
«Karam — bir jabrlanganning qattiqchiJik yukini ko‘tarmoq va uni o ‘sha qiyinchilikdan qutqarmoqdir».
«Ehson degan sifatni abadiy saodat bil... Kishilik bog'ining ko‘ngilga yoqar daraxti ehsondir».
«Saxiylik kishilik bog'ining xosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o‘lkasining to'lqinli daryosi, balki u to'lqinli daryoning asl gavharidir».
«Saxiylik odamning badanidir, himmat uning joni: himmat- lilardan dunyoga yuz ming kushoyish bo ‘lar, himmatsiz kishi er sonida emas, jonsiz badanni kishi tirik demas».
«Tiling bilan ko‘nglingni bir tut, ko‘ngil va tili aytgan so‘ziga but. So‘zni ko‘ngulda pishqormaguncha tilga keltirma».
«Oqil chin so‘zdan o‘zgani demas». Kishi chinda so‘z desa zebo durur, Necha muxtasar bo‘lsa avlo durur.
Vazifa: 0 ‘qing, tahlil Idling! («Mahbub ul-qulub»dan ayrim tanbihlar)
Oz gapirmoq — hikmatga sabab, oz emoq — sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq
hayvonning ishi.
Olim kishi bir johilni qarshisiga o ‘tkazib, uni mulzam qilishni istasa, bu olimning o‘zi uchun haqoratdir. Olim awalo, o‘z ilmining darajasi va salmog‘ini asrashi kerak, gavharni sinab ko‘rish uchun toshga urmasligi kerak.
Sayyodning baliqqa qarmoq tashlashi — nafs muddaosi uchun; baliqning qarmoqqa ilinmog‘i ham xuddi shu balo uchun.
Qanoat ehtiyojsizlik negizidir, izzat va sharaf tantanasidir. Qanoatli kambag‘al — davlatmanddir; uning shohu gadoga ishi tushmaydi.
Chin so‘z — mo‘4abar; yaxshi so‘z qisqa — muxtasar. Ko‘p so‘zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi aqldan ozgan. Ayb izlovchi - aybli; kishi aybini gapiruvchi — o‘ziga yomonlik sog‘inuvchi.
Fosiq olim — o‘ziga zolim donishmanddir; davlatmand baxil — o‘z ziyonini ko‘zlovchi nodondir. Bu ikki toifa — umrini bekorga o‘tkazadi va go‘rga xasratu armon olib ketadi.
o‘ziga zolim. Oz-oz o‘rganib — dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib
daryo bo‘lur.
Nafs balosiga uchragan odamning eyishdan boshka hunari yo‘q; xudbin odam gap sotishdan boiakka yaramaydi. U biri harom ovqatdan rohatlanadi, bu biri esa doim o‘zini maqtab orom oladi.
Odamning yaxshisi — yomon narsalardan saqlanuvchi, pok bo‘lgay va xaq so‘zni aytishda xech narsadan qo‘rqmagay. 0 ‘zi pok, ko‘zi pokli inson desa bo‘lur...
Yaxshi odamlardan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang — yomonlik ham qilma.