70110201– Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Toshkent 2023
Fan/modul Kodi MTTIT1204
O‘quv yili 2023-2024
Semestr 2
ECTS-Kriditlar 4
Fan/modul Turi majburiy
Ta’lim tili O’zbek/rus
5
1
Fan nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim
2
I.Fanning mazmuni Fanning maqsadi – talabalarda alohida yordamga muxtoj bo’lgan va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqni bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar va o’smirlar extiyojini qondirish va ijtimoiy hayotga moslashuviga yo’naltirilgan hamda umumta’lim jarayoniga to’laqonli jalb qilish, qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimi bilan tanishtirish bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – talabalarga inklyuziv ta’lim fani nazariyasi hamda uni tashkil etish va amaliyotga joriy qilishni o’rgatishdan iborat.
O‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba:
- maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj, inklyuziv ta’lim va xalqaro huquqlar, inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish borasidagi huquqiy me’yoriy hujjatlar, inklyuziv ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash siyosatini bilishi kerak; -ma’ruzalarda magistr talabalar bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, Ta’lim hamma uchun reja harakat dasturi, Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi hamda bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar bilan va inklyuziv ta’lim siyosatini bilishi;
- alohida yordamga muxtoj bolalarni o‘z sog‘lom tengdoshlari bilan umum ta’lim tizimida ta’lim olish jarayoni va tamoyillarini tahlil etish va imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga kiritish (saralash) metodikasi bilan tanishtirish;
- inklyuziv ta’lim jarayonida rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zlashtirish;
- inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
- inklyuziv ta’limni joriy qilishda jahon tajribasini o‘rganish;
- inklyuziv ta’limda yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarini qo‘llash;
- inklyuziv ta’lim zamonaviy yutuqlarini tahlil etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;. - maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarga korreksion yordam berish;
- inklyuziv ta’limni tashkil etish va olib borish;
- inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni bola imkoniyatiga moslashtirish;
- imkoniyatlari cheklangan bolalarni xususiyatlarini inobatga olib, individual dasturlar tuza bilish;
- bolalarni imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda informatsion va pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish malakasiga ega bo‘lish lozim.
tashkilotchilik;
informatsion;
kommunikativ;
kreativ;
ijodkorlik kompetentsiyalarni o’zlashtirishi lozim.