Farobiyning ta’limotiga ko‘ra:
Ahloqiy fazilatlar - bilimdonlik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfaatlarini yuqori qo‘yish, haqiqat, m a’naviy yuksaklikka intilish, adolatli boiish xislatlaridir.
Ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob mezonlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi.
Farobiyning ilmiy xulosalari:
Farobiy « Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o‘rganish tartibini birm a-bir sanab o ‘tadi: bilish zarur bo’lgan ilm, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangan tabiiy ilm larni, tabiiy jism lar tuzilishini, shaklini, osm on jism iari haqidagi ilm larni o'rganishi lozim. U ndan so‘ng, um um an, jonli tabiat - o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o'rganiladi.
Bundan keyin, insonni o'rganishga kirishamiz va insonning inson bo ‘lishidan kutilgan maqsad va m uddaoni o'rganam iz va shuning natijasida nima va qanday narsa ekanligini bilib - aniqlab olamiz.
Mushohada qiling!
Farobiy ta ’limoticha, insonning 5 sezgi a’zosi 5 turli vazifani bajarishga muvofiqlashgan bo‘Iib, ular tashqi muhitdan olingai xabarlarni bir yagona markazga olib keladi va bu markazda barcha xabarlar — obrazlar umumlashadi.
Farobiy ta’rifi:
Ta’lim — insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya nazariy fazilatlarni, m a’lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq me’yorlarini va amaliy malakalarini
o ‘rgatishdir.
ABU ALI IBN SINO
Buyuk shifokor olim Abu Ali ibn Sino fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulug‘ hissasi uchun Sharqda «Shayx ur- rais» («Olimlar boshlig‘i»), Yevropada Avsena «Oiimlar podshosi» degan yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgan.
Ibn Sino 980-yilda Buxoro shahriga yaqin Afshona qishlog‘ida kichik amaldor oilasida tug‘ilgan.
IX asr oxiri — X asr boshlariga kelib, o‘lkada ijgimoiy-siyosiy vaziyat murakkablashadi, Qoraxoniylar Somoniylar davlatini bosib oladi. Shu tufayli Ibn Sino Xorazmga Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasi"da ilmiy ish bilan shug‘ullana boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |