Buni yodda saqlang!
Ibn Sino umrining so‘nggi yillarida Gurganjda, Rayda va Hamadonda yashaydi. U 1037-yilda Isfaxonda vafot etadi.
Ibn Sinoning odob-axloq va insonparvarlik, salomatlik haqidagi ta’limoti katta ilmiy-amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ta’Iimot, inson olam koinotning — toji, u buyuk sharaf va hurmatga loyiqdir degan fikrga asoslanadi.
Bilib qo‘ying!
Ibn Sino «Hay ibn Yaqzon» («Uyg‘oq o'g‘li tirik») falsafiy qissasida ilm aslo qarimaydi,
u olamni kezadi, kishilarni jahoiat va nodonlik g‘aflatidan uyg‘otadi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Ibn Sinoning m a’naviy-axloqiy va m a’rifiy masalalar haqida olg‘a surgan ilg‘or g‘oyalari:
Yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, rohat va azob- uqubat, sahihlik va baxillik, kamtarlik va maqtanchoqlik, vafodorlik va bevafolik kabilardir.
Ibn Sino fanlarni tasnif etadi:
Birinchi guruh — etika, iqtisod, siyosat.
Ikkinchi guruh — fizika, matematika, metaflzika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlar.
Bilib oling!
Markaziy Osiyo m a’naviyatining ulkan arboblaridan biri hisoblangan Ibn Sinoning asli ismi sharifi Abu Ali al-Husayn Ibn Abdulloh ibn Sinodir.
Ibn Sino jahon madaniyati tarixida qomusiy bilimga ega bo'lgan yirik olim sifatida alohida o'rin tutadi. U fanning turli sohalariga oid 450 dan ortiq asar yozgan. Ularda tibbiyot, musiqa, falsafa,
etika, ilohiyotshunoslik, ijtimoiyot, siyosat, tilshunoslik, estetika masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Mushohada uchun!
Alloma yaratgan «Kitob ash-Shifo» 18 jilddan iborat bo‘lib, tibbiyot va falsafiy bilimlar qomusi hisoblanadi. U o‘z ichiga 4ta katta bo‘lim (mantiq, fizika, matematika, metafizika)ni oladi.
Ibn Sinoning «Kitob ul-insof»i («Adolat kitobi») 21 jilddan iborat.
Buni yodda saqlang!
Ibn Sino bolalarga maktabda bilim berish haqida gapirar ekan, ta’limda quyidagi jihatlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
ta ’limda soddadan murakkabga borish orqali bilim berish;
mashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘rganishga e ’tibor berish;
bilim berishda bolalarning xohishi, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish;
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib boorish
Dostları ilə paylaş: |