Mavzu: alisher navoiy aruzi



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə1/6
tarix17.04.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#125496
  1   2   3   4   5   6
10-Mavzu


Mavzu: ALISHER NAVOIY ARUZI
Aruz she’r tizimi Sharq xalqlari she’riyatining asosiy she’riy o’lchovi sifatida ming yillardan
beri turkiy she’riyatimizda keng qo‘llanilib kelayotgan she’riy vaznlardan biridir. Uning
she’riyatimizga kirib kelishi va mustahkam o‘rin olishi tasodifiy bo‘lmay, islomdan oldingi she’riy
merosimizda ham misralardagi cho‘ziq va qisqa hijolar o'rtasida muayyan mutanosiblik mavjud
bo’lgan. Olimlarimizning aniqlashlaricha, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug’otit turk” asaridan
o‘rin olgan 224 she’riy parcha aruzdagi - V , V - V - . - V V - , V V , V , V V
turoqlariga mos keluvchi o‘lchovda yaratilgan (A.Hojiahmedov). Kuzatuvlarga ko‘ra, turkiy
xalqlar ilk bor aruz tizimida qalam tebrata boshlaganlarida, barmoq vazn tizimiga yaqin turuvchi
vaznlardan foydalanganlar. Aruz muomalaga kirgan ilk davrlarda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” asari ’’Shohnoma” vaznida, ya’ni mutaqorib bahrida yozilgan. Yusuf Xos
Hojibning aynan shu o’lchovni tanlashiga sabablardan biri sifatida mutaqorib bahrining turkiy
xalqlar she’riy tizimi bo'lmish barmoqning eng faol shakllaridan bo‘lgan o‘n bir bo‘g‘inli vazniga
juda ham uyg‘un ekanligini keltirish mumkin. Adib Ahmadning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham
ushbu o‘lchov to'rtliklar shaklida ifoda etilgan.
XIV-XV asrlar turkiy xalqlar adabiyotida aruz tizimidan foydalanishning yangi bosqichi
bo‘ldi. Bu davrda Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg'uziy” asaridagi 600 misraga yaqin
she’riy parchalar, Xorazmiy “Muhabbatnoma”si va boshqa nomalar, Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar
Xorazmiy, Sayyid Qosimiy dostonlarida aruz tizimining ramal, hazaj, sari’, muzori’ kabi bahrlari
istifoda etildi.
Navoiygacha bo’lgan turkiy she’riyatda aruz tizimining xushohang vaznlaridan foydalanish
va ularni turkiy she’riyatga olib kirishda Sakkokiy, Gadoiy, Atoyi, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy kabi
shoirlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Sakkokiy o’zining 40 ga yaqin g'azali va 11 (ba’zi
ma’lumotlarga ko‘ra 13) qasidasida aruz tizimining 5 bahridan foydalangan bo‘lsa, Atoyi va Gadoiy
she’riyatida 6 bahr, Lutfiy va Hofiz Xorazmiy devonlarida esa 9 tadan bahr istifoda etilganligini
ko’ramiz. Ushbu bahrlar va ularga mansub bo‘lgan vaznlarni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin:


Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin