hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznini ham turkiy epik she’riyatda birinchi bo‘lib
qo‘lladi. Ungacha biror turkiy doston mazkur vaznda yaratilmagan edi.
Ma’lumki, beshlik tarkibidagi to’rtinchi doston “Sab’ai sayyor” g‘oyaviy yo‘nalishiga ko‘ra
ishqiy-sarguzasht doston hisoblanadi. Navoiy bunday dostonlar uchun oldindan belgilab qo‘yilgan
xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf (afoyili va taqti’i: foilotun mafoilun failun, -V — V - V -
V V - ) vaznidan she’riy o‘lchov sifatida foydalanadi. Mazkur vazn ham turkiy epik she’riyatda
Navoiygacha istifoda etilmagan edi. Alibek Rustamov “Sab’ai sayyor” dostoni qolgan dostonlarga
nisbatan yengil ruhdagi doston bo‘lganligi uchun uning vazni ham asarga yengillik ohangi beruvchi
xafif bahridadir deb hisoblaydi. Darhaqiqat, xafif bahri lug'aviy ma’nosiga (arabcha “yengil”) mos
keluvchi ritmga ega. Bunga sabab sifatida bu she’riy o‘lchov tarkibida qisqa va cho‘ziq
bo‘g‘inlarning deyarli teng nisbatda ekanligini keltirish mumkin, ya’ni cho‘ziq bo‘g‘inlar soni 6 ta,
qisqa bo‘g‘inlar esa 5 tani tashkil qiladi. Ba’zan esa bu nisbat (ritmik variatsiyalar qo‘llanilgan
paytda) aksincha ham bo‘lishi mumkin (qisqa bo‘g‘inlar 6 ta, cho‘ziq bo‘g‘inlar 5 ta). Qisqa
bo‘g‘inlarning vazn tarkibida ko‘proq qo'llanilishi ohangning yengil va о‘упоФ bo‘lishiga olib
keladi, buni “Hayrat ul-abror” dostonida qo‘llanilgan sari’ bahriga nisbatan ham aytish mumkin, bu
she’riy o‘lchovda ham qisqa va cho‘ziq bo‘g‘inlar soni orasida deyarli farq yo‘q, ya’ni qisqa
bo‘g‘inlar soni 5 ta, cho‘ziq bo‘g‘inlar esa 6 tani tashkil qiladi. Fikrimizni yanada asoslash uchun
“Farhod va Shirin”da qo'llanilgan hazaji mahzuf vaznidagi cho‘ziq va qisqa hijolar nisbatiga e’tibor
qaratamiz:
V /V /V - -
Ko’rinyaptiki, mazkur taqti’da qisqa bo‘g‘inlar soni 3 ta, cho’ziq bo‘g‘inlar esa undan ancha
ko‘p (8 ta) ekan. Aynan shu I'ikrni “Layli va Majnun” dostonida qo'llanilgan she’riy o‘lchov ( —
V/V - V -/V )ga nisbatan ham aytish mumkin. Demak, vazn tarkibida qisqa bo‘g‘inlar sonining
ko‘proq qo‘llanilishi ohangga yengillik va o’ynoqilik bag‘ishlasa, cho’ziq bo‘g‘inlar miqdorining
yetakchilik qilishi natijasida esa sokin va vazmin ohang vujudga kelar ekan.
Navoiy beshligidagi so‘nggi doston “Saddi Iskandariy” Nizomiy “Iskandarnoma”si singari
mutaqorib bahrida yaratilgan. Alisher Navoiygacha bu vazn Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ida
va Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” dostonlarida qo‘llanilgan edi. Navoiy ushbu
dostonlardan “Hibat ul-haqoyiq” dostoni bilan Innish i)o‘lganligini “Nasoyim ul-muhabbat”da eslab
o‘tadi.
Demak, yuqoridagilardan ma’lum bo‘lyaptiki, Alisher Navoiy “Xamse’'si dostonlarida
qo‘llanilgan she’riy o‘lchovlar uchun Nizomiy “Xamsa”si vaznlari asos bo’lgani holda turkiy epik
she’riyatda Navoiygacha qo‘llanilgan vaznlar ham muayyan darajada ta’sir ko'rsatgan, shu jihatdan
Navoiyni ham xamsachilik an’anasiga munosabat bildirgan ijodkor sifatida, ham turkiy epik
she’riyatning davomchisi sifatida o‘rganish mumkin.
Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri nutqqa bezak beruvchi san’atlar,
ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o’rganuvchi soha ilmi
badi’ bo‘lib, uning asosini mumtoz she’riyat, ba’zan nasrda keng ishlatilgan va zamonaviy
adabiyotda hozir ham qo’llanilayotgan badiiy san’atlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, ilmi
badi’ sanoyi’ ilmi deb ham yuritiladi.
97
Ilmi badi’ga doir dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo'lib, ularga Ibn Mu’tazning “Kitob
ul-badi’” (IX asr), Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom” (IX-X asrlar), Qudama ibn Ja’farning
“Naqd ush-she’r” (X asr) asarlari kiradi. Ilmi badi’ fors-tojik adabiyotshunosligida o’zining yuksak
cho‘qqisiga ko'tarildi. Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” (XI asr), Rashididdin
Vatvotning “Xadoyiq us-sehr” (XII asr), Shams Qays Roziyning “Al-Mo‘jam” (uchinchi qismi,
XIII asr), Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” (XVI asr) kabi asarlari shu sohaga bag’ishlangan
mumtoz asarlar sifatida alohida ahamiyatga ega. Turkiy tilda ilmi badi’ masalalari nazariy jihatdan
aks etgan dastlabki asar sifatida Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” (1436-1437)
risolasini keltirish mumkin. Risolaning uchinchi qismi badiiy san’atlar tahliliga bag’ishlangan
bo‘lib, unda 97 san’at turi haqida so‘z boradi.
Ilmi badi’ga doir nisbatan mukammalroq asar Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’”
(XV asr) risolasi bo‘lib, unda ilmi badi’ tarixida ilk marta badiiy san’atlar uch katta guruhga:
ma’naviy, lafziy va mushtarak san’atlarga ajratilgan.
Alisher Navoiy ilmi badi’ga doir maxsus asar yaratmagan bo’lsa-da, o’zining “Majolis unnafois”, “Xamsa”, “Mahbub ul qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” va boshqa ko’plab asarlarida
ilmi badi’ning ba’zi nazariy jihatlariga to’xtalib o’tadi. Ushbu asarlar tarkibida buyuk so‘z
ustasining ba’zi badiiy iiim’utlar haqidagi yo‘l-yo‘lakay qaydlari ham Alisher Navoiyning Sharq
mumtoz poetikasi, xususan ilmi badi’ni chuqur bilganligi, o’zigacha mavjud badiiy san’atlarni
mukammal o’rganib chiqib, ularga daqiq she’rshunos sifatida munosabat bildirganligiga yaqqol
dalildir.
Navoiy o’zining filologiya sohasiga doir asarlarida ilmi badi’ga doir ba’zi istiloh va atamalar
sharhiga to’xtalib, o‘z qarashlarini bayon etadi. Xususan, tarsi’ san’atiga to'xtalar ekan,
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da shunday yozadi: “Tarsi’ san’atikim, matla’dan o‘zga baytda boTa
olmas, ul qasidaning agarchi mustaxraj matla’i rostdur, ammo asli matla’da awalgi mleraning bir
lafzida takalluf qilibdur va matla’i budurkim, buy t: