Mavzu: amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash. Reja



Yüklə 172,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix23.09.2022
ölçüsü172,62 Kb.
#117930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-MA\'RUZA

Videomontaj tizimlari. Video materiallarga ratsiya orqali ishlov berish, ularni 
montaj qilish, video effektlarni yaratish, materiallardagi nosoz joylarni tuzatish
tasmaga ovoz, titr va subtitrlarni tushirish uchun mo'ljallangan. 
O'zining rivojlangan ichki tasniflash tizimlariga ega bo'lgan amaliy-dasturiy 
vositalarning ayrim toifalari o'rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumotlar beruvchi va 
ko'ngilochar tizimlar hamda dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minotning ushbu 
sinflarining o'ziga xos tomonlari tarkibidagi mul’timediya qismiga talabning 
(musiqaviy kompozitsiyalardan foydalanish)da yuqoriligida. 
Fayllar dispetcherlari (fayl menejerlari). Ushbu sinfga mansub dasturlar 
yordamida fayllar tuzilmasiga xizmat ko'rsatish bilan bog‘liq bo'lgan amallar: nusxa 
ko'chirish, fayllarning joyini ko'chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va 
kataloglarni chiqarib tashlash, fayllarni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni 
bajarish va hokazolar bajariladi. Bu maqsadga mo'ljallangan bazaviy dasturiy 
vositalar, odatda, tizimli darajadagi dasturlar tarkibiga kiradi va amallar tizimi bilan 
birga o'rnatiladi. Ammo kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun 
foydalanuvchilarning ko'pchiligi qo'shimcha xizmat dasturlarini o'rnatadilar. 
Ma’lumotlarni hajmini kamaytirish vositalari (arxivatorlar). Arxivlar fayllar 
yaratish uchun mo'ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlash, ularni fayllar va 
kataloglarning katta guruhlari bir arxiv fayliga keltirilishi hisobiga saqlashni 
soddalashtiradi. Bunday arxiv fayllarida, odatda, axborot yozish yuqori zichlikda 
bo'lishi hisobiga axborot tashuvchidan foydalanish samarasi oshadi. Arxivatorlardan 
ko'p hollarda qimmatli ma’lumotlardan zaxira nusxalari yaratish uchun foydalaniladi. 
Ko'rib chiqish va qayta tiklash vositalari. Odatda, ma’lumot fayllari bilan 
ishlash uchun ularni bu fayllar yordamida tuzilgan "ota-ona" amaliy tizimga yuklash 
kerak. Bu esa hujjatlarni ko'rib chiqish va ularga o'zgartirishlar kiritish imkonini 
beradi. Ammo tahrirsiz faqat ko' rib chiqish talab qilingan hollarda turli tipdagi 
hujjatlarni ko'rib chiqish imkonini beruvchi ancha sodda va universal vositalarni 
ishlatish qulaydir. 
Ovozni yoki tasvirni yozish hamda ayrim hollarda esa ko'rib chiqish termini 
o'rniga hujjatlarni qayta tiklash termini qo'llaniladi. 

Yüklə 172,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin