Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning tuzilishi. - Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning tuzilishi.
- Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan komponentlar turli xil tiplardan iborat bo`lishi mumkin. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar, ko`pincha, darak gap shaklida bo`ladi:
- Yaxshi yaxshiga yondoshtirar,
- Yomon yo`ldan adashtirar. (maqol)
- Ba’zi bog`lovchisiz qo`shma gapning bir komponenti ritorik so`roq gaplardan iborat bo`lishi ham mumkin.
- Chekinsinmi –yo`q, g`ururi yo`l bermaydi (O.)
- Bog`lovchisiz qo`shma gaplar ko`proq jonli nutqda qo`llanilganligi uchun ham, struktura jihatidan ancha erkin tuziladi.
1. Qo`shma gapning bir komponenti yoki har ikkisi bosh bo`lakli gapdan iborat bo`lishi mumkin: - 1. Qo`shma gapning bir komponenti yoki har ikkisi bosh bo`lakli gapdan iborat bo`lishi mumkin:
- Eshakni yaydoq minib bo`lmaydi – yiqitadi kishini (A.Q.) shaxssiz gap.
- Kulib turgan baxtiga yuzni teskari burish – bu qanday nonko`rlik!
- 1-komponent – infinitiv gapdan iborat.
- 2. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarida biri yoki har ikkisi to`liqsiz gaplardan ibort bo`ladi:
- Ahmoq xoriganini bilmas, ko`sa qariganini (maqol)
- Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. (To`liqsiz gap).
- Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan gaplarning har qaysisi, agar ular ikki sostavli gap bo`lsa, egasi bo`lishi shart. Umumiy egasi bo`lgan konstruksiyalar, ular qanchalik kengaymasin, qo`shma gap hisoblanmay, uyushiq bo`lakli yoki oborotli sodda gap sanaladi.
- Bog`lovchisiz qo`shma gaplar ifodadaga mazmuniy munosabatiga ko`ra, yetti turga ajratiladi:
1. Payt munosabatini ifodalagan qo`shma gaplar. - 1. Payt munosabatini ifodalagan qo`shma gaplar.
- 2. Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo`shma gaplar.
- 3. Shart-paytini ifodalagan qo`shma gaplar.
- Sabab-natija ifodalagan qo`shma gaplar.
- 5. Zidlik munosabatini ifodalagan qo`shma gaplar.
- 6. O`xshatish munosabatini ifodalagan qo`shma gaplar.
- 7. Izohlash munosabatini ifodalagan qo`shma gaplar.
Dostları ilə paylaş: |