Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning katta guruhini ma’lum bir paytda ro`y bergan yoki mavjud hodisa, voqea, xususiyat, holatni ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar tashkil qiladi. Bunday ghaplar komponentlaridan anglashilgan voqea yoki hodisaning ro`y berish tartibiga ko`ra, ikki guruhga bo`linadi:

A) bir paytda bajariladigan harakat-holatni ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
B) ketma-ket ro`y beradigan harakat-holatni ko`rsatuvchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
Birinchi turdagi qo`shma gaplarda komponentlardan anglashilgan harakat-holat bir paytda ro`y beradi:
Mehnat kuldi, kurash zafar qozondi. (H.O.)
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon. (H.O.)
II. Ketma-ket ro`y beradigan harakat holatni ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar. Bunday qo`shma gaplarnng komponentlaridan anglashilgan harakat-holat galma-gal ro`y beradi:
II. Ketma-ket ro`y beradigan harakat holatni ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar. Bunday qo`shma gaplarnng komponentlaridan anglashilgan harakat-holat galma-gal ro`y beradi:
Qo`shma gap komponentlaridan anglashilgan ketma-ketlik mazmunini yanada kuchaytirish maqsadida, ikkinchi komponentning boshlanishida bir ozdan, so`ng, keyin, undan keyin kabi so`zlar ishlatiladi:
Avji ketish payti, bir ozdan so`ng tong otadi. (O.)
Bu tipdagi qo`shma gap komponentlarining kesimlar, asosan, bir xil zamon shakli va mazmunida bo`ladi: Kecha o`zining qora pardasini yig`ishtira boshladi, ufq oqara boshladi. (I.R.)