Mavzu: Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish. Mundarija



Yüklə 73,17 Kb.
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü73,17 Kb.
#126742
1   2   3   4   5   6   7
Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish.

Kurs ishining maqsadi.Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishning asosiy usul va vositalari. Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish
Kurs ishining obyekti. Nutq tushunchasi, nutq oʻstirish metodikasi, uning ahamiyati. Oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini oʻstirishning asosiy usul va vositalari.
Kurs ishningi predmeti. Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishning asosiy usul va vositalari
2. Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish
3. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilari nutqini oʻstirishda mustaqil ishlarning oʻrni va ahamiyati
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs ishining metodologik asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Talim togʻrisida” gi Qonun, “ Milliy oʻquv dasturi” Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi, metodist psixolog, didakt olimlarning muammo yuzasidan qayd etgan qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, beshta paragraf va qilingan xulosalardan iborat. Ishga qoʻyilgan maqsadga erishishi uchun toʻplangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.


I Bob. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishning asosiy usul va vositalari

1.1. Nutq tushunchasi, nutq oʻstirish metodikasi, uning ahamiyati


Oʻquvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi soʻz zahirasini oʻz nutqi orqali harakatga keltiradi. Nutq va uni oʻstirish tushunchasi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (soʻz, soʻz birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq oʻzaro aloqa va xabar funksiyasini, oʻzaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Oʻquvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.


Nutq oʻstirish nima? Agar oʻquvchi va uning tildan bajargan ishlari koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy oʻzlashtirish tushuniladi. Agar oʻqituvchi koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda, oʻquvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va ish turlarini qoʻllash tushuniladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, oʻquvchilar nutqini oʻstirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab boʻlishi kerak. Oʻquvchilap nutqini oʻstirishning metodik talabi oʻquvchi oʻz fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi,
Har qanday nutqning mazmuni, materiali boʻlishi lozim. Bu material qanchalik toʻliq, boy, qimmatli boʻlsa, uning bayoni shunchalik mazmunli boʻladi.
Fikr tinglovchi tushunadigan soʻz, soʻz birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli boʻladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:

  1. Adabiy til normalarini oʻzlashtirish.

  2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur boʻlgan muhim nutq malakalarini, ya’ni oʻqish va yozish malakalarini oʻzlashtirish.

  3. Oʻquvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.


Yüklə 73,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin