Mavzu: Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish. Mundarija



Yüklə 73,17 Kb.
səhifə3/7
tarix11.05.2023
ölçüsü73,17 Kb.
#126742
1   2   3   4   5   6   7
Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish.

Nutq oʻstirishda uch yoʻnalish aniq ajratiladi:

  1. soʻz ustida ishlash;

  2. soʻz birikmasi va gap ustida ishlash;

  3. bog‘lanishli nutq ustida ishlash.

Soʻz, soʻz birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza boʻlib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Nutq oʻstirishda izchillik toʻrt shartni, ya’ni izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil turlarini umumiy maqsadga boʻysundirish koʻnikmasini oshirish bilan ta’minlanadi. Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifagida foydalanadilar. Ular oʻz fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda oʻylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «oʻylangan» (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi4.
Fikrni ifodalash usuliga koʻra nutq og‘zaki va yozma boʻladi. Og‘zaki nutq koʻpincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida boʻladi. Oʻquvchilar nutqiga qoʻyilgan talablar.
Oʻquvchilar nutqini oʻstirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi.

  1. Oʻquvchilar nutqi mazmundor boʻlsin.

  2. Nutqda mantiqiylik boʻlsin.

  3. Nutq aniq boʻlsin.

  4. Nutq til vositalariga boy boʻlsin.

  5. Nutq tushunarli boʻlsin.

  6. Nutq ifodali boʻlsin.

  7. Nutq toʻg‘ri boʻlsin.

  8. Nutq madaniyatli boʻlsin.

Nutq oʻquvchilar tafakkurini oʻstirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi boʻlibgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni oʻstirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli oʻstirish mumkin. Shuning uchun oʻquvchilar nutqini oʻstirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli oʻsadi. Tushuncha soʻzlar yoki soʻz birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi boʻlgan soʻzda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan soʻz (soʻz birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega boʻladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq boʻlmasa, tafakkur ham boʻlmaydi, til materiali boʻlmasa, fikrni ifodalab berib boʻlmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy boʻlishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni oʻstirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini oʻrganishning muhim vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Nutqdan oʻquvchiniig fikriy rivojining asosiy oʻlchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. Oʻquvchining barcha predmetlardan materialni oʻzlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola oʻz nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi. Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib boʻlmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning oʻsishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
Uchinchi tomondan, nutqning oʻsishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi. Oʻquvchilar nutqini oʻstirish boshqa oʻquv predmetlaridan oʻtkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi.5
Ona tili darslarida oʻquvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, oʻylashni va koʻrganlari, eshitganlari, oʻqiganlari boʻyicha toʻg‘ri bayon qilishni oʻrganadilar. Ona tili darslari bolalap lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni tuzishni oʻrgatadi. Oʻqish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan ekskursiya oʻquvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda oʻquvchi nutqiga, uni shakllantirish va oʻstirishga keng imkoniyat mavjud. Grammatika va toʻg‘ri yozuv darslarida tilni maxsus oʻrganish bilan bolalar alohida tovush, boʻg‘in, soʻz va gaplarni eshitishga va aytishga oʻrganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan koʻpgina soʻzlarni, shuningdek, tovush, harf, boʻg‘in, oʻzak, soʻz, soʻz yasovchi, forma yasovchi, qoʻshimcha, soʻz turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap boʻlagi, bosh boʻlak, ikkinchi darajali boʻlak, darak gap, soʻroq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda koʻp yangi terminlarni bilib oladilar.
Natijada oʻquvchilarda quyidagi:

  • Turli xil shakl va mazmundagi samarali og‘zaki,va yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish;

  • Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baxolash, boshqarish hayrixoh boʻlish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash;

  • Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh boʻlish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash kabi hayotiy koʻnikmalarning shakllanishi kafolatlanadi.

1.2. Oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirish usullari


Ma’lumki, boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish oʻquvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib koʻrish, nutq buzulish sabablarini oʻrganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi toʻldirilib, qaysi tovushlar toʻg‘ri yoki notoʻg‘ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirishongli oʻqishni, soʻzlash va yozishga oʻrgatishni, til haqida oʻquvchilarning yoshi va tushunchasiga mos boʻlgan bilim berishni, ularning lug‘at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni oʻstirish, kitob oʻqishga muhabbat uyg‘otishni koʻzda tutadi. Ba’zi bolalar tovushlarni notoʻg‘ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay hamolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni oʻzlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bunday hollarda logoped mashg‘ulotlar yordamiga muxtoj boʻladilar.
Ijodiy qayta hikoyalashda hikoya kontekstni yoki shaklini oʻzgartirish orqali aytiladi oʻqilayotgan hikoya yoki hikoyani yangi epizodlar bilan toʻldirish orqali.
Sahnalashtirish yoki sahnalashtirishda oʻquvchilar oʻqilgan hikoyani sahnalashtirilgan hikoyaga aylantiradilar. Qilmoq Bu, ular hikoyaning ssenariysi, kostyumi, imo-ishoralari haqida oʻylashadi ishtirokchilar, monologni dialogik nutqqa aylantiradi (bu eng koʻp til oʻrgatish nuqtai nazaridan muhim ish).
Oʻqilishi kerak boʻlgan hikoyaga rasm chizishda oʻquvchi oʻqilgan rasmdan rasm tanlaydi oʻqilgan yoki chizilgan asar mazmuniga koʻra rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar oʻzini tasvirlaydi. Agar talaba rasmni yaxshi chiza olmasa, u og‘zaki oʻzi chizmoqchi boʻlgan rasmni tasvirlaydi, ya'ni soʻzlar bilan rasm chizadi.
Oʻqilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab amaliyotida keng qoʻllaniladi. Bu usul hikoya mazmuni davom ettirish imkonini beradigan asarlarda qoʻllaniladi.
Chiroyli soʻzlashni, savodli, toʻg‘ri yozishni, oʻz fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoko etolmagan oʻquvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan oʻzlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon boʻlsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran boʻladi. Nutq orqasli odamzot oʻzining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-toʻla rivojlangan yoki shakillangan boʻlavermaydi. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni oʻqishgagina emas, balki uni aytib berishga oʻrgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni oʻstiradi, bolalar nutqini yangi soʻz va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi. Nutq ikki koʻrinishga ega –og‘zaki, va yozma nutq. Bular oʻzaro uzviy bog‘langan boʻlsa ham, har birining oʻziga xos xususiyati bor.
Og‘zaki nutqda tovuchlar, soʻzlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun oʻquvchilarning og‘zaki nutqini oʻstirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yoʻllarini izlab topishimiz kerak. 6
Og‘zaki nutiqqa oʻrgatishning ilk davrida daktiologiya (qoʻl alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, oʻzlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar bolalarning nutq normalarini (me'yorlarini) muvaffaqiyatli oʻzlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati rivoj¬lanishiga, og‘zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi. Soʻzlashish-suhbat metodidan bolalar lug‘atini faollashtirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metod orqali bola lug‘atidagi soʻzlardan oʻrinli foydalanishga, gaplarni toʻg‘ri tuzishga oʻrganib boradi. Bunda oʻqituvchi kichik guruhda tabiiy obyektlar va ular¬ning modellari (oʻyinchoqlar, suratlar)ga tayanish usullaridan, katta guruhlarda esa soʻzli didaktik oʻyinlardan foydalanadi.
Qayta hikoya qilish metodidan besh yoshli bolalar guruhida tashkil etiladigan ishlarda keng foydalaniladi. Uning yordamida bolalar nutqining leksik, grammatik, intonatsion jihatlari shakl-lanadi. Ular bog‘lanishli dialogik va monologik nutqni badiiy asar namunalari yordamida amaliy tomondan egallab oladilar. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga oʻrgatishda oʻqituvchining asosiy vazifasi mazkur yoshdagi bolalarga mos boʻlgan, mazmuni va tili jihatidan bolalarga tushunarli boʻlgan asarlarni tanlashdir. Hikoya oʻylab topish (toʻqish) metodi bolalarni ijodiy izlanishga: kuzatganlari boʻyicha hikoya tuzish; xotiradan hikoya tuzish; xayoliy hikoya tuzishga oʻrgatadi. Nutq ikki shaklga ega - og‘zaki va yozma. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq boʻlsa-da, ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega7.
Og‘zaki nutqda soʻzlar nutq orqali talaffuz qilinganda tovushlar eshitish organlari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun oʻquvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda avvalo ularning nutqidagi kamchiliklarning sabablarini aniqlashimiz va uni bartaraf etish yoʻllarini izlashimiz kerak. Chiroyli gapirishni, savodli boʻlishni, toʻg‘ri yozishni, oʻz fikrini ravon va aniq ifodalashni bilmagan oʻquvchi bilimni muvaffaqiyatli oʻzlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi goʻzal, mukammal, talaffuzi aniq va ravon boʻlsa, tafakkur doirasi keng, idroki chuqur boʻladi. Nutq orqali inson oʻzining ichki tuyg‘ularini ham ifodalaydi, nutq esa hamma odamlarda bir xilda toʻla takomillashib, shakllana olmaydi. Ba'zi bolalar nafaqat tovushlarni notoʻg‘ri talaffuz qiladilar, balki ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar bolalar uchun darslarni oʻzlashtirishda sezilarli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda nutq terapevtlari oʻqitishning yordamiga muhtoj. Og‘zaki nutqni oʻrgatishning birinchi davrida daktiologiya (qoʻl alifbosi) qoʻllaniladi. Bu faqat yordamchi vosita boʻlib xizmat qiladi, chunki bolalar tovushlarni talaffuz qiladi va oʻzlashtiradi.
Boshlang‘ich oʻrta sinfda ona tili darslarida barcha sinflarning etakchi roli nutqni rivojlantirish boʻlib, u savod oʻrgatish, nozik yozish koʻnikmalarini rivojlantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini oʻz ichiga oladi. Bu darslarda ko`proq amaliy maqsadlarni ko`zlash, nutqda til resurslaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash, o`quvchilarda til sezgirligini tarbiyalash zarur. Ularning og‘zaki nutqini muntazam ravishda tarbiyalash tegishli nutqda, matn tuzishda amaliy yordam beradi. Masalan, "Kim sezgir", "Bu nima", "Ismingizni ayt" oʻyinlari. Bu turdagi mashqlar oʻquvchilarning yangi harfni oʻrgatgandan keyin qay darajada oʻzlashtirganligini tekshirish va mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻqituvchi doskadagi harflarni ma’lum tartibda teradi va ularni oʻqib boʻlgach, oʻquvchilar navbatma-navbat dars oʻtadi. Keyin harflar bolalar sezmasdan almashtiriladi. Shu bilan birga oʻquvchilarning sezgirligi va topqirligi baholanadi va rag‘batlantiriladi. Shunday qilib, har bir darsda, qaysi mavzu boʻlishidan qat’i nazar, oʻquvchilarning ongli, ravon, toʻg‘ri va ifodali oʻqishini ta’minlash, nutqini yaxshilashga intilish birinchi navbatdagi vazifamizdir.. Bu mashg‘ulotlar oʻquvchilarga yil davomida olgan bilimlarini namoyish etish, tahlil qilish va mustahkamlashga, og‘zaki nutqni rivojlantirishga, eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ma'lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog‘liqdir. liksiz oʻsadi. Darsda oʻqilgan asarni oʻquvchilarning ongli ravishda anglab olishlari, asosiy mazmun, g‘oyani tushunishlari uchun tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qoʻllaniladi. Oʻqilgan asarni tahlil qilishda turli ish usullari qoʻllaniladi. Bolalar hikoyaning bosh qahramonlarini aytib berishadi, oʻqituvchi rahbarligida ishning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminatsiya, yechim). 8
Aytish mumkinki, nutqni rivojlantirish darslarida, ayniqsa, bolalar katta pul toʻlaydilar badiiy asarlarni oʻqish va hikoya qilishga e’tibor. Badiiy asarlarni oʻrgatish va sahnalashtirish hikoyalarni qayta aytib berish, she’r yod olish zimmasiga katta mahorat va mas’uliyat yuklaydi oʻqituvchi. Agar badiiy asarning mazmuni muallif tomonidan yorqin ifodalangan boʻlsa, in ishtirokchilarning nutqlari (nutqlari) bolalarga ifodali, mazmunli, bu bolalarning his-tuyg‘ularini, his-tuyg‘ularini, xarakterini rivojlantirish, voqealar uzoq vaqt esda qoladi, lug‘atni saqlab qolish uchun ijobiy ta'sir qiladi nutqni boyitish va grammatik jihatdan toʻg‘ri shakllantirish. Bolalar osonlikcha oʻqituvchining ish boʻyicha savollariga javob berish, ba'zi soʻzlarni, jumlalarni takrorlash, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini tasvirlab bering, oʻqituvchiga taqlid qilishga harakat qiling va ularning ovoziga taqlid qiling.


1.3. Ona tili va oʻqish savodxonligi – boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqiy kompetentligini rivojlantiruvchi muhim manba

Ma’lumki, Milliy oʻquv dasturi asosida 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi va hamda ushbu fanga "yashashni oʻrgatadigan fan" deya ta’rif berilmoqda.. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning toʻrt koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.9


Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini oʻqitishda asosiy e’tibor oʻquvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida oʻquvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga oʻrgatish orqali ularning ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va oʻqish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini oʻqitishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi:

  1. Ta’lim berishda kommunikativ yondashuv, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, integrativ, faoliyatga yoʻnaltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda boʻlishi lozim.

  2. Tilni amaliyotda qoʻllash, ya’ni matnni oʻqish orqali ham grammatika, ham uning qoʻllanishini oʻrgatishga asoslaniladi.

  3. Grammatik savodxonlik doirasida oʻquvchining soʻz boyligini oshirish, soʻzlarning ma’no nozikliklari, farq va oʻxshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, soʻzlarni bogʻlab gap, gaplardan esa matn tuza olish, oʻzgalar fikrini toʻgʻri anglash, bir fikrni turli shaklda ifodalash, uzilgan fikrning davomini tiklash kabi qator mantiqiy operatsiyalarni bajarish, nutq vaziyatini toʻgʻri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.

  4. Oʻqish savodxonligi doirasida oʻquvchida toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga koʻtarish; oʻqish orqali borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; tanqidiy va kreativ fikrlash koʻnikmasini oshirish nazarda tutiladi.10

  1. Barcha uslubdagi turli sohalarga oid matnlar bilan tanishish barobarida mashq va topshiriqlar orqali fanlararo integratsiya amalga oshiriladi.

  2. Oʻquvchining oʻqib, eshitib tushunish, ogʻzaki va yozma nutq malakasini umumiy holda rivojlantirish maqsadida ularning har biriga alohida e’tibor qaratiladi.

  3. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida oʻquvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, tilning ifoda imkoniyatlarini tushunishi va his eta olishi, "soʻzni hazm qila olish" imkoniyatlari e’tiborga olinadi.

  4. Ta’lim jarayonida oʻquvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga oʻrgatish orqali ijodiy tafakkuri, fikrlash doirasi shakllantirib boriladi.

  5. Yozma nutq bilan bogʻliq beriladigan topshiriqlarda yozish strategiyalari taqdim etiladi. (Odatda, bolaning bogʻlanishli nutqini oʻstirish, matn yaratish koʻnikmasini rivojlantirish maqsadida savollar, rasmlar yoki kuzatuvlar asosida matn tuzish bilan bogʻliq mashq va topshiriqlar berib boriladi, ammo bu jarayonda qanday qilib yozish masalasi e’tibordan chetda qoladi. Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida ushbu jihatlarga e’tibor qaratilgan: notoʻliq matnni toʻldirish, berilgan namuna asosida yozish, taqdim etilgan tanlovlar asosida yozish; savollarga ketmaketlikda javob yozish; syujetli rasmlar asosida matn yozish kabi).

  6. Har bir mashgʻulot tilni оʻzlashtirishning tabiiy laboratoriyasi sifatida tashkil etiladi. Ya’ni mashq daftari orqali oäquvchular bilimlarini zanada mustahkamlaydilar. Mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan ajratilgan topshiriqlar bajarib boriladi.

Oʻquvchilar daftarga yozishlari, chizishlari, boʻsh oʻrinlarni toʻldirishlari, oʻqib va tinglab tushunish, matn tuzish bilan bogʻliq topshiriqlarni bajarishlari hamda rasmlarni boʻyashlari mumkin .
Fanning maqsadi hamda yuqoridagi tamoyillarga tayangan holda Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini oʻqitishning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

  • oʻquvchini fikrlashga, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fikrini ogʻzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish;

  • oʻquvchilarda grammatikaga oid oʻzlashtirilgan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, talaffuz va imlo me’yorlariga oid tushunchalarni) rivojlantirish;

  • tilning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda toʻgʻri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish kabilar. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili ta’limining mazmuni oʻzgarmoqda.

Yillar davomida ona tili ta’limi orqali oʻquvchilarga grammatik qonun-qoidalar, nazariy bilimlar oʻrgatib kelindi. Endilikda grammatika bilan bir qatorda oʻquvchilardagi nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish kabi amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga koʻproq e’tibor qaratish lozim.
Bu maqsadga erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, gapirish, oʻqish, yozish)ni har bir darsda amaliy qoʻllash va oʻquvchida bunga nisbatan koʻnikmani shakllantirish darkor.
Mavzuga doir mashqlar topshirigʻini mustaqil bajarish, mashq tarkibida gaplardan va matnlar mazmunidan toʻgʻri xulosa chiqarish, tinglab tushunish orqali matndan anglashiladigan asl gʻoya mazmunini qayta hikoya qilish va adabiy til me’yorlariga asoslanib soʻzlab berish hamda yozish, oʻz nutqini ogʻzaki va yozma shaklda erkin ifodalash oʻquvchilar egallashi zaruriy boʻlgan muhim kompentensiyalardir. Ushbu kompetensiyalarning shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim manba sifatida Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligini e’tirof etsak mubolagʻa boʻlmaydi.
Yuqoridagi fikrimizning isboti sifatida 2-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida berilgan topshiriqlarni oʻrganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mazkur darslikning 1-bobi "Katta boʻlsam, Nobel mukofotini olaman!" deb nomlangan. Ushbu bobni oʻrganish davomida oʻquvchilar rasmlar asosida olim, olima tushunchalari haqida, ularning nimalar bilan shugʻullanishlari toʻgʻrisida oʻzlarining mustaqil fikrlarini bayon qilishga, shuningdek, xalqimizning boy ma’naviy merosi boʻlmish maqollar va ularning mazmun-mohiyati xususida mushohada yuritishga oʻrgatiladi. Bu orqali oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirish, ongli fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsad qilingan. 11
Darslikning ushbu bobida oʻquvchilarga "Nobel mukofoti" audiomatni eshittiriladi va eshitganlari asosida bir necha savollarga javob berishlari topshirigʻi beriladi:

  1. Alfred Nobel nimalar ixtiro qilgan edi?

  2. Nega u oʻzi qilgan ishlardan pushaymon boʻldi?

  3. Olim nima sababdan Nobel mukofotini oʻylab topdi?

  4. Nobel mukofoti qaysi sohalar boʻyicha beriladi?

Ona tili va oʻqish savodxonligi darslari jarayonida oʻquvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, oʻquvchilarning nutqini oʻstirish maqsadga muvofiqdir. Audiomatnni tinglash va ma’lumotlarni eslab qolish, shu orqali berilgan savollarga javob topish oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyaning muhim elementi boʻlgan tinglab tushunish koʻnikmasining shakllanib borishiga xizmat qiladi.
Oʻz fikrlarini yozma nutq asosida bayon qilish va oʻquvchilarni husnixatga oʻrgatish, yozish koʻnikmasini oshirish maqsadida olimlar nimalar bilan shugʻullanishi haqida kichik matn yozish, "Katta boʻlsam, Nobel olaman" nomli hikoya tuzish topshiriqlari ham ushbu bobda berilgan. 12
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligidagi boʻlimlar va topshiriqlar bilan tanishib chiqar ekansiz, darslikning oʻquvchilarning mustaqil fikrlashiga, turli holatlar, muammolarga oʻz munosabatini bildira oladigan shaxs sifatida shakllanishiga alohida ahamiyat qaratilganiga guvoh boʻlishingiz shubhasiz.
Hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari kun sayin taraqqiy etayotgan davrda faqat kitob va daftar bilan kifoyalanib, oʻquvchini ta’lim olishga undash imkonsiz. Shu bois Milliy oʻquv dasturi asosida ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari uchun multimedia ilovalari hamda audiomatnlar majmuasi, oʻquvchi daftari ham ishlab chiqildi. Umuman olganda, yangi darslik oʻqituvchini qolipdan chiqib ishlashga, kreativlikka undaydi. Turli mavzular doirasida bolalarni fikrlashga, oʻz nutqini bayon eta olishga, izlanish va ijodkorlikka oʻrgatadi. Darslikda hayotiy topshiriqlar berilganki, oʻquvchi javobni oʻz olamidan, atrofidan izlashga oʻrganadi.
Oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda oʻqituvchining darsga jiddiy yondashishi zarur ekanligi Sh.Sariyevning tadqiqot ishida yoritilgan.
“Oʻqituvchining oʻqish namunasiga koʻra oʻquvchilar toʻgʻri, ifodali oʻqishni oʻrganadi. Darsda matnni oʻqib berish uchun oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi, mazmunni chuqurroq anglashga intilishi, matnning ayrim oʻrinlari qanday oʻqilishi lozimligini belgilab olishi lozim.
Oʻqituvchi ayrim tovush, boʻgʻin, soʻzlarni qanday oʻqish kerakligini izohlagach, oʻquvchilar matnni navbat bilan oʻqishadi. Oʻqituvchi ularni kuzatib, toʻgʻrilab boradi”.Oʻqish texnikasini egallashda takror oʻqish samara beruvchi nutqiy faoliyatdir. Bir marta oʻqilgan matn oʻquvchida yetarlicha tushuncha va bilim hosil qilmasligi mumkin. Oʻqish faoliyatining qiziqarli tashkil qilinishi ularning chuqur bilim egallashga yoʻnaltiradi.13
Binobarin, oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi omillarni keltirish mumkin:

  • oʻquv dasturida berilgan mavzular boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni

hosil qilish;

  • oʻquvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish;

  • mashq va topshiriqlarni bajartirish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlash va nutqini oʻstirish;

  • dars mashgʻulotlarida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy metodlar asosida bogʻlanishli matn tuzish va yozish malakalariga e’tibor qaratish;

  • ilmiy qarashlarga va badiiy ifodalarni izohlab, ularga subyektiv munosabat bildirish va mantiqiy fikrlash koʻnikmasini rivojlantirish .

Oʻquvchilarning nutqiy imkoniyatlarini oshirish, tinglab tushunishga, fikrini bayon qilishga, ongli oʻqish va yozish koʻnikmasini shakllantirishga oʻrgatish orqali ularning nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish masalasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda oʻqituvchining oʻrni ham beqiyosdir.
Izlanuvchanlik, kreativlik, fidoiylik, mehnatsevarlik kabilar hozirgi zamon oʻqituvchisi uchun eng kerakli sifatlardir. Shu oʻrinda, hind olimi va davlat arbobi Doktor Abdul Kalamning quyidagi fikrlari yodga tushadi: "Agar biror mamlakat korrupsiyadan qutulishni va goʻzal sifatli xalqqa aylanishni xohlasa, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartira oladigan jamiyatning uchta asosiy a’zosi borligiga qat’iy ishonaman. Ular ota, ona va muallim". Shunday ekan, jamiyatning ertangi kuni ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga ham uzviy bogʻliqdir.
Boshlangʻich ta’lim umumiy oʻrta ta’limning poydevori hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda boshlangʻich ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Oʻqituvchilar darsda ilgʻor pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning interfaol usullaridan keng foydalanmoqda. Har bir ta’lim muassasasida boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli oʻquv-metodik adabiyotlar, jumladan, elektron resurslarning katta zahirasi mavjud.Sifatli ta’limiy faoliyatni multimedia materiallari orqali tashkil etish an’anaviy uslublarga nisbatan afzalligini oʻqituvchilar anglab yetmoqdalar 14
Shular jumlasidan, yaratilgan yangi avlod darsliklari, xususan, Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi ham ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasi deyishimiz mumkin. Bugungi foydalanilayotgan darsliklar samarasi oʻquvchilarni har jihatdan mustaqil dunyoqarash egalari boʻlishlariga va ularning nutqiy,lingvistik va tayanch kompetentligini rivojlantirishga zamin hozirlaydi degan umiddamiz.

II Bob. Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish

2.1. Matn va hikoyani tahlil qilish orqali oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish .


Oʻqish darslarida oʻquvchilar nutqini oʻstirish, ularning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish orqali oʻqilayotgsn matinning mazmunini oʻzlashtirish imkoni yaratiladi.
Badiiy matnlarni tahlil qilish usuli orqali oʻquvchilarning nutqini oʻstirish maqsadga muofiqdir. Ma'lumki, soʻzlashuv tili nutq oʻstirishning dastlabki bosqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. Soʻzlashuv tili esa oʻqilgan matnlarni ogʻzaki hikoya qilishda namoyon boʻladi. Soʻzlashuvga oʻrganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin oʻqish darslari yetakchib ahamiyat kasb etishi kerak. Kichik-yoshdagi rnaktab oʻquvchilaridagi ma'naviy kamolot ona tili orqali mujassamlashadi. Ona tili shu jumladan, oʻqish va nutq oʻstirish ta’lim-tarbiya jarayonidagi eng muhim vositalardandir.
Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqlarini me'yorlashda, ularning mutanosibligini ta'minlashda, milliy tilning tabiati va oʻziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya'ni qiroat bilan oʻqishning amaliy ahamiyatini oʻstirish, adabiy til me'yori va mezonlariga rioya qilish, oʻqish metodlarini takomillashtirish yoʻllarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur. 15
Til qonunining ta'limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni oʻqishga oʻrgatishdagi usullarni toʻgʻri qoʻllash (koʻrgazmalilik, tarqatib beriladigan topshiriqli qogʻozlar bilan ishlash yoʻllarini bilish) usullari takomillashtiriladi.
Bolalarning oʻz fikr-taassurotlarini ifodalashlari uchun savol-javob nutqni egallashlariga koʻproq oʻrin beriladi. His-tuygʻuli nutq, fikrni ta'sirli ifoda etish, oʻqish paytidagi nutq, ertak aytib berishdagi ohang va nutq, hazil-mutoyibadagi nutq uygʻunlashishi, oʻquvchilarga zavq-shavq bagʻishlashi lozim.
Bolalarni faollikka oʻrgatish uchun ma'nodosh soʻzlarni topish oʻyinlarini tashkil etish, bunday soʻzlarni nutqda oʻrinli qoʻllashni gap tuzishda esa soʻzlar orasidagi bogʻlanishga mos turli oʻxshatishlar topish kabi ishlar doimiy ravishda oʻtkaziladi.Rasmlarga yoki tasviriy vositalarga qarab gap tuzishni gapda soʻzlarning tartibiga, ularning bir-biriga bogʻlanishiga, soʻzlar oʻrnini almashtirib, gapni qayta tuzib oʻqishda, izchillikka rioya qilish mashqlarini oʻtkazishga e'tibor beriladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida hikoya, ertaklar matnini soʻzlab berishda qahramonlar ovoziga taqlid qila bilish; rasm va narsalarni taqqoslab tasvirlash, sayr, tomosha, oʻyin, mehnat haqida hikoya qilish, misollar keltirish, matnda tasvirlangan voqealar haqida xulosalar chiqarish, badiiy matn ustida ishlashga oʻrgatish, matnni qismlarga bolib, ular mazmuniga mos sarlavhalar topish, ijodiy rasmlar ishlash kabi jarayonlarda bolalar tafakkur qilishga oʻrganadilar.
Bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalash uchun ogʻzaki nutq namunalaridan foydalanish, ularga taqlid qilish, koʻproq yod olishga e'tibor berish mashqlarini oʻtkazish tavsiya etiladi. Bolalarga hamisha oʻz nutqiga e'tiborli boʻlish, oʻrtoqlarining nutqiga odilona baho berishga oʻrgatiladi. Kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarining yod olish qobiliyatlarini rivojlantirish borasida oʻtmishdagi maktablar tarjibasi juda qoʻl keladi. Qadimda maktablarda bolalar oʻqiganlarini yod olish usullarini oʻzlashtirib olganliklari uchun ularning xotiralari yaxshi boʻlganligi ma'lumdir. Shularni hisobga olib, oʻquv dasturida yodlash uchun 12-14 ta she'r namunalari berildi. Ular ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. She'rni yoddan aytishda ifodalilikka, nutq odobiga rioya qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda oʻqish talab etiladi.16
Oʻqituvchi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida oʻz nutqining bolalarga qanday ta'sir etayotganini kuzatishi, tushunarli va qiziqarli boʻlganini hisobga olishi kerak. Agar bolalar darsda e'tiborsiz oʻtirsalar, demak, oʻqituvchi nutqining ta'sir kuchi sust. U oʻz nutqini hamma bolalarga, goho ayrim bolalarning xulq-atvoriga qaratgan holda boshqarishi, qiziqarli misollar aytishi, oʻquvchilar e'tiborini tortib, oʻrinli imoishoralar ishlatishi, qoʻlni besabab harakatlantirmasligi, bir nuqtaga qarab emas, balki sinf jamoasining diqqatini tortgan holda gapirishi kerak.
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida koʻpincha obrazli nutq asosidagi suhbat, savol-javob kabi usullardan foydalaniladi. Tilimizning lugʻat boyligi tarkibida yorqin, ifodali nutqni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan hamma vositalar mavjud. Soʻzlarni koʻchma ma'noda ishlatish imkoniyati va buning natijasida soʻzlarning koʻp ma'no kasb etishi lugʻatimizning yanada boyishiga imkon beradi.
Bola nutqining taraqqiyotini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tajribalar dastlab soʻzlarning vujudga kelishi va shu asosda dastlabki umumiy tushunchalarning paydo boʻlib, shakllanishini koʻrsatadi.
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida xilma-xil usullarni qoʻllash bola uchun qiziqarlidir. Jumladan, ovozni saqlay bilish. Oʻqituvchi bu ishga jiddiy e'tibor berishi, bunda oʻzi namuma boʻlishi zarur.
Bolalarning nutqini oʻstirishda ikki asosiy talabni hisobga olish lozim: ogʻzaki nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilik, pauza (toʻxtam), temp (sur'at). Yozma nutqda ogʻzaki nutq asosida hosil boʻlgan bilim-malaka va tushunchalarning uzviyligini ta'minlash. Umumiy oʻrta ta’limning Milliy oʻquv dasturi talablariga koʻra oʻquvchilar erkin fikrlashga oʻrganishlari lozim. Fikrlash esa bolada darrov hosil boʻlmaydigan jarayon boʻlib, uni yuzaga chiqarish uchun rejali ish olib borish lozim.
Fikrni rejali ifodalash nutq oʻstirish ishlarida ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Reja tuzishni oʻquvchilai birinchi sinfdanoq mashq qilganlari uchun ma'lum koʻnikmaga ega ekanliklarini hisobga olib, ikkinchi sinfda bu ishni tez-tez takrorlash maqsadga muvofiqdir. Mazkur sinfda ham reja tuzish ishlariga oʻqituvchi rahbarlik qilishi va oʻquvchilarda mas'uliyatni sezish hissini yuzaga keltirishi kerak. Reja darak, soʻroq, ba'zan atov gap shaklida ham tuziladi. Reja asosida bayon qilingan matn tahlili oʻquvchilarga tushunarli boʻladi
Boshlangʻich sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsliklarida berilgan matnlar oʻquvchilarining nutqining ravon boʻlishiga, nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilikning namoyon boʻlishiga e’tibor qaratiladi.

Yüklə 73,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin