Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish.
2.2. Oʻquvchilar nutqini oʻstirishda xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan foydalanish Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini oʻqitishda asosiy e’tibor oʻquvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlar va yozish xamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
Ta’lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslaniladi, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek faoliyatga yoʻnalgan yondashuv, ongli yondashuv, kashfiyotchilik yondashuvi farqli va tanqidiy yondashuv kabilar e’tiborda boʻlishi lozim.Oʻquvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi va nutqini oʻstirishning zaruriy omillaridan biri lugʻatlar ustida ishlashdir20.
Xalq ogʻzaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib,qiziqib, obrazlarga kirib oʻqilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, tarbiyaviyligi,doʻstona munosabatlarning qadrlanishi, yovuzlik ustidan doimo gʻalaba qozonilishi, oʻtkirligi,manodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Xalq ogʻzaki ijodidagi ertak, maqol, rivoyat, qissa,hikoyalarning aksariyati real hayot tasviri, boʻlib oʻtgan voqealardan olingan qisqa personajlarbilan qoʻshilib ketadi. Xalq ogʻzaki ijodi oʻtkir, maroqli syujeti,voqea rivijidagi favqulotta ajoyibvaziyat bolalarni maftun qiladi, ulardagi mard, kuchli, ziyrak, topqir, jasoratli, dovyurak chaqqon qahramonlar, ertakning gʻoyaviy yoʻnalishi, unda ezgulik, kuchining- yaxshilikning doimo gʻalaba qilishi bolalarni oʻziga jalp etadi. Ertakda hikoya qilingan qabul qilish shakli bir xil soʻz va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi,ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar koʻpincha rahm dil saxiy, adolatli, hamda ularning aksi boʻlgan yovuz, baxil, ochkoʻz kishilat timsoli boʻladi.
Ertakdagi oʻqituvchi qiymati shundan iboratki, bolalarda unda toʻgʻrilik halollik gʻalaba qilganidan, kambagʻal kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik roʻyobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikkan uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday boʻlishini istayd ilar va bunga ishonadilar. Bola ertaklarga ishonsa, qiziqsa, dunyoqarashi, fikrlashi, bilimi yanada ortadi. Masalan, “Halollik” ertagida asosiy fikr kambagʻallarga yordan koʻrsatish, oʻz mehnati bilan hayot kechirish boʻlib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi gʻoyasi ilgari surilgan boʻlsa, “Hiylagarning jazosi ertagida soddadilning toʻgʻriligi hiylagarning makri ustidan gʻolib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi gʻoyasi ilgari surilgan. Har ikki ertakham toʻgʻri soʻzlikning gʻalabasi bilan yakunlanadi. Bunday gʻalaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning hatti- harakatini muhokama qilib,baholash koʻnikmasini oʻstirishi bilan birga yaxshilikning doimo gʻalaba qozonishiga ishonch uygʻotadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida ”
Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)”, “nima uchun?” ,”…. Nima uchun jazolandi?” (yoki ragʻbatlantirildi”) , “Nima uchun ertakdagi bazi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari hamyordam beradi? (yoki bazilaridan yuz oʻgiradi?)” kabi savollarga javop toppish jarayonida mushohadaqiladilar, muhokama qilip, xulosaga keladilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va boshlangʻich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar koʻproq oʻqib beriladi.
“Boʻrining tabib boʻlgani haqqidagi ertak” (Anvar Obidjon), “Koʻzacha bilan tulki” kabi ertaklar aniq hayotiy hikoya tarzida obrazlilik asosida oʻqib eshittiriliadi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab oʻqish savollarga javob berish, oʻquvchilarning oʻzlari ertak mazmuniga oid savollar tuzip , javob berishlari, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlar odatlari tahlil qilinadi. Ertaklar oʻqib berilganda har bir hayvonlarning xarakteriga moslab oʻqib berilishi lozim. Oʻqituvchi har bir qahramon roliga kirib oʻqish juda muhim ahamiyatga ega.
Ammo bunday ertaklarni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya etilmaydi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalari tarbiyaning umumiy jihatlarini aks ettirishdan tashqari, yaxshilik,ezgulik va odamiylikni goʻzal, ibratli misollarda tasdiqlashi, da’vat etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab oʻquvchilari ayniqsa 2-3- sinf oʻquvchlilari ma’lum darajada oʻqish koʻnikmasini egallaganliklari uchun matn, ertak, hikoya, she’r, rivoyatlarni, ustida mustaqil ishlashga koʻproq e’tibor berish lozim. Oʻquvchilarning topshiriqni tez ,toʻgʻri bajarishi uchun qulay usullarni tanlay bilishi,ishga ijodiy yondashishi zarurdir21.
Oʻquvchilar bunday ishlarni oʻz-oʻzidan oʻrganib qolmaydi, albatta bunday bilim koʻnikma va malakalar bolalarga oʻqituvchining alohida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarini egallaydilar. Faqat oʻqituvchi rahbarligida ishlagandagina, ular fikrlashga, amaliy mashgʻulotlarni ijodiy bajarishga, yoʻl qoʻyilgan xatolarni toppish va uni tuzatishga oʻragnadilar.
Ma’lumki ertaklarda –didaktika, ibrat vositalari mujassamlashtiriladi. Ularda ijodalanganuydirma hodisalarni oldindan koʻra bilishlilik xususiyati ibratlidir. Asrlar osha sayqallashib, soda va teran mazmunlari bilan bizgacha yetib kelgan ertaklar eng sevimli, eng jizibali xalq ijodi namunalaridandir.Ertaklarning badiiy kuchi- ularning xalq orzu-umidlari va turmush haqiqatlari bilan birgalikda,odamlar ruhuyatini oʻzida aks ettirishda, kattalarga ham, kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli boʻlishidadir. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda yilning toʻrt fasli, tabiat hodisalari, kishilarning his tuygʻulari, ichki kechinmalari, hatti harakatlari ham ifodalanadi. Bola ulgʻaygan sari uning dunyoqarashi, fikrlashi, atrof muhitga boʻlgan e’tibori, xotira va tushunchalari rivijlanib boradi. Tashqi dunyo uning koʻz oʻngida kengayib, jilolanib boraveradi. Bolalarda inson obrazlari tobora aniq va ravshanroq tushunula boshlanadi. Bolalarda asta sekin yolgʻonchi, hiylakor kishilar, yaxshi xislatli, adolatli,vijdonli, shafqatli, rahmdil kishilar haqida fikr tugʻuladi. Buni chuqur his qilgan bolalar hayotiy voqea, inson obrazi afsonaviy ravishda tasvirlangan Ur toʻqmoq, ochil dasturxon, uchar gilam, qaynar xumcha, Dehqon bilan ayiq, zumrad va qimmat kabi ertaklar , Qargʻa bilan mushuk, Yolgʻonchi choʻpon kabi ertaklar bolalarni yaxshi fazilat sohibi qilib tarbiyalashda, ularning shaxs sifatida ulgʻayishida muhim vosita boʻlib sanaladi. Zumrad va qimmat ertagi asosan, yaxshi axloqlilik xislati Zumradning, yomon xulqlilik xislati Qimmatning hatti harakatlarida aks ettirilgan.22 Zumrad odobli xush muomilali, kamtar mehnatsevar boʻlgani uchun hatto sehrgar kampir mehriga, hurmatiga sazovor boʻladi. U bergan boylik bilan otasini ham xursand qildi. Ota va bola baxtiyor hayotga erishdilar. Tabiat oʻz quchoqgʻida uni ardoqladi. Qimmat odobsizligi, qoʻpolligi, ishyoqmasligi, dangasaligi, oʻjar va rahmsizligi, kattalarga nisbatan hurmatsizligi tufayli, sehrgar kampir qahriga uchradi. Hozirgi zamon ta’lim tarbiyasi, istiqlol mafkurasi anashu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalarni sharaf bilan bajarishi mumkin.
Oʻquvchilarning fikr darajasi, ongi, dunyoqarashlarini oshirish ularni mustaqil fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir.
Bugungi kunda adabiy ta’lim oldiga oʻquvchi yoshlarning milliy-ma’naviy qadriyatlarni puxta oʻzlashtirishlari, ularning badiiy estetik didlarini shakllantirish va rivojlantirish, oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini oʻstirish, har tomonlama yetuk shaxsning aqliy va ruhiy kamolotiga erishish, ong - u tafakkurini oʻstirish, mustaqil fikr kishisini tarbiyalab, voyaga yetkazish kabi muhim vazifalar qoʻyilgan. Mazkur vazifalarni ado etishda oʻqish va adabiyot fani umumta’lim tizimidagi boshqa oʻquv fanlari orasida salmoqli oʻrinni egallaydi. Adabiy ta’limning bosh maqsadini ham sogʻlom, ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash tashkil etadi. Bu maqsad va vazifalarni bajarishda oʻzbek adabiyoti namunalari qatorida adabiy ertaklarning ham imkoniyatlari mavjud.
Boshlangʻich sinflarda oʻqitilayotgan adabiy oʻqish darslari oʻzbek tili fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning oʻqish va nutq oʻstirish boʻlimida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar mazmuniga koʻra:
oʻquvchilarni toʻgʻri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali oʻqishga oʻrgatish;
oʻquvchining ona vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol gʻoyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali oʻquvchilarning bilim, koʻnikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
Har bir inson umri davomida xalq oʻgʻzaki ijodidan bahramand boʻlib ulgʻayadi. Bolaligida ertak eshitib katta boʻlmagan odam bu dunyoda yoʻq desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan oʻshalar orqali dunyoni oʻrganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini oʻrganishga yordam beradi23.
Ertak - oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining eng qadimiy va eng ommaviy janrlaridan biri.
Fantastik xayolot hamda badiiy toʻqimalar asosiga qurilib, didaktik gʻoya tashuvchi ogʻzaki hikoyalar ertak deb ataladi.
Ertakning oʻtkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning gʻoyaviy yoʻnalishi, unda ezgulik kuchining – yaxshilikning doimo gʻalaba qilishi bolalarni oʻziga tortadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, u oʻquvchining milliy-ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ma’naviy ong va xulq-atvor birligi boʻlib xizmat qiladi. Bolalar ertaklar orqali oʻzligini anglash, yaxshi-yomon va adolatlilik-adolatsizlik, toʻgrilik-egrilik nima ekanligini oʻrganib, uni hayotga tatbiq qilish, qadriyatlarni puxta oʻzlashtirish, badiiy estetik didlarini shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy qobiliyati va ong-u tafakkurini oʻstirishni oʻrganadi.
Shuningdek, ertaklarning asrlar davomida an’anaviy tarzda oʻrganilib kelinishi ushbu janrning bardavomligini va xalq ogʻzaki ijodi namunalarining xalq orasidagi muhim ahamiyatini koʻrsatib beradi24.
Boshlangʻich sinflarda ertaklar orqali oʻquvchilar oʻz-oʻzini tarbiyalashda 4 ta vazifa nazarda tutiladi:
Oʻquvchining oʻzida ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va oʻz xulq-atvoridagi
yomon tomonlardan xalos boʻlishga intilish;
Oʻquvchiga oʻz shaxsiga tanqidiy munosabatda boʻlishiga, oʻz xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan va oqilona tushuna olishida, oʻz kamchiliklarini yaqqol koʻrishda, oʻz nuqsonlarini fahmlab olishida yordamlashish;
Oʻz-oʻzini tarbiyalash rejasini tuzishda, bola xulq-atvori hislatlarini qaysi
xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barham berish kerakligani aniqlash;
Tarbiyachi oʻquvchining oʻz-oʻzini tarbiyalashiga xoslangan oqilona yoʻllarini aniqlashi.
Buyuk rus oʻqituvchisi K.D.Ushinskiy ertaklar haqida yuksak fikrda boʻlib, u oʻquvchilar oʻrtasida ertaklarning muvaffaqiyati sababini xalq amaliy san’atining soddaligi va stixiyaliligi, bolalar psixologiyasining bir xil xususiyatlariga mos kelishida koʻrdi. Ma’lumki, Ushinskiyning pedagogik ideali aqliy va axloqiy-estetik rivojlanishning uygʻun kombinatsiyasi boʻlib, pedagogning qat’iy ishonchiga koʻra, xalq ertaklari materialidan ta’limda keng foydalanilsa, bu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ertaklar tufayli bola qalbida mantiqiy fikr bilan goʻzal she’riy obraz ulgʻayadi, tafakkur taraqqiyoti fantaziya, tuygʻu rivojlanishi bilan birga boradi. Shuning uchun ham boshlangʻich sinf oʻquv dasturiga turli ertaklar kiritilgani bejiz emas.
Ertaklarni oʻqitishda uning matni ustida ishlash asosiy oʻrinlardan hisoblanib, unda tanlab oʻqish, savollarga javob berish, oʻquvchilarning oʻzlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi oʻquvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni oʻqib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, oʻzaro munosabatlarini toʻgʻri tasavvur etishga yoʻnaltiriladi. Bunda tanlab oʻqish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Masalan, “Tulkining jazosi” ertagining mazmunini oʻzlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
Tovuqlarning ayiqqa qilgan arzini oʻqing. Tulki qanday hiyla qilganligini soʻzlab bering.
Boʻri nima sababdan “Tulki oʻz ishini bilib qiladi” deganini izohlang.
Tulkini qanday qilib choʻlga badargʻa qilindi?. Shu oʻrinni topib oʻqing.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni oʻqishgagina emas, balki uni aytib berishga oʻrgatish ham muhimdir. Ertak aytish ogʻzaki nutqni oʻstiradi, bolalar nutqini yangi soʻz va iboralar bilan boyitadi.25 Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida “Ertakda sizga juda yoqqan joyini topib oʻqing”, “Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting”, “Hayotingizda ertakdagi voqealarga oʻxshash voqealar boʻlganmi?” kabi savol-topshiriqlar yordamida oʻquvchilarning ertak xulosasini tushunishiga erishiladi.
Bugungi kunda yangitdan tashkil etilgan darsliklarda, xususan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida 3 hikoya va ertaklarni oʻrganish va oʻrgatish xususida soʻz olib borilgan boʻlib, ertaklarni oʻrganish darslarining qurilishiga quyidagicha tartib berilgan:
1. Ertak bilan tanishtirish:
oʻquvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
oʻqituvchining ertakni ifodali oʻqishi, yod aytib berishi va hokazo.
Ertakni oʻquvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat oʻtkazish.
Ertakni qismlarga boʻlib oʻqish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh soʻzlarni topish, lugʻat ishi (ayrim soʻzlar ma’nosini tushuntirish).
Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda oʻqish).
Ertakni soʻzlab berish.
Umumlashtiruvchi suhbat (ertak gʻoyasini ochish).
Ma’lum vazifa bilan ertakni qayta oʻqish (ijodiy va mustaqil ishlar).
Vazifani tekshirish va yakunlash.
Uyda ertakni oʻqib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Yuqoridagi tizimga mos oʻquv jarayonini tashkil etish davlat ta’lim standartlariga muvofiq deb baholanib, aynan ertak janriga asoslangan mashgʻulotlar shu tartibda tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Shuningdek, turli zamonaviy metodlar, xususan, koʻrgazmali qurollar, zamonaviy aspektlar asosiga qurilgan, hamda oʻquvchilar oʻzlari tomonidan sahnalashtirilgan tarzda tashkil etilgan darslar oʻz natijasini berib, bilim oluvchiar oʻrtasida ushbu janrga boʻlgan munosabatni kuchaytirishi dars mashgʻuloti saviyasini oshishiga sabab boʻlmoqda.