Mavzu; Boshlang‘ich sinf o‘quvchiarini yozilishi qiyin so‘zlarni yozishga o’rgatish


-sinf ona tili darslarida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari



Yüklə 178 Kb.
səhifə5/6
tarix08.11.2023
ölçüsü178 Kb.
#131386
1   2   3   4   5   6
1 SINF O’QUVCHILARINI DIKTANT YOZISHGA O’RGATISH METODIKASI

2.2. 1-sinf ona tili darslarida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari.
Maktabga kelgan bolada savod o`rgatishning tayyorgarlik davrida maktabga kelib-ketish odobi maktabning ichki tartib qoidalari kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish qoidalari o`rgatiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarni bir-biriga taqqoslashi yoki eng intizomli, odobli, tartibli o`quvchini namuna, ibrat qilib ko`rsatishi eng yaxshi usullardan. Chunki har qanday yosh bola yaxshi so`zning, ayniqsa maqtovning rag`batning yoki arzimagan bo`lsa ham biror narsaning gadosi bo`ladi. Savod o`rgatishning asosiy (Alifbo) davrida o`qituvchi «Alifbo» darsligidagi har bir so`zning ma’nolarini tushuntiradi, har bir rasmning nima ekanligi, uning ijobiy xususiyatlari va o`quvchilarning unga nisbatan munosabatlari qanday bo`lishini o`quvchilarga ijodkorlik ruhida singdiriladi. Demak, bunda o`quvchi savod chiqarish bilan birgalikda o`zining ma’noviy jihatidan ham saviyasini oshirib boradi. 8
Kuzatuvlarimiz shuni isbot etadiki, qaysi o`qituvchi o`quvchilarga ta’lim berish jarayonida ularning tarbiyasiga ham alohida e’tibor bergan bo`lsa, o`sha sinf o`quvchilari boshqa sinf o`quvchilaridan tarbiyaviy tomondan ajralib turadi. Demak, o`qituvchining savod o`rgatish jarayonida pedagogik asosga suyanishi: - o`quvchining yaxshi talim olishi; - hayotdagi voqea hodisalarga teran ko`z bilan qarab, ijobiy munosabatda bo`la olishlari; - hayotda o`z o`rnini topib, o`z oilasi, xalqi Vatani uchun jon fido qila oladigan, fidoiy inson bo`lib yetishishlarida eng samarali asos bo`ladi. Rasmlarning pedagogik qimmati. Ta’lim sohasidagi dapsturulamal hujjatlar «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», 2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish haqidagi davlat umummilliy dasturi talablariga asosan yosh avlodni har tomonlama yetuk yoshlar etib tarbiyalash hisoblanadi. «Alifbe» darsligidagi rasmlar ham o’quvchilarni yuqoridagi talablar asosida tarbiyalash uchun katta xizmat qiladi. O’quvchilarni rasmlar orqali Vatan haqidagi tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqatlarini oshirish, Vatanimizning go’zal tabiati, tabiiy boyliklari, shirindan shakar nozu-ne’matlarini qadrlash, komil inson bo’lish maqsadlarini amalga oshirish uchun rostgo’ylik, mehribonlik, do’stlik, ahillik, bilimdonlik kabi fazilatlarga ega bo’lish kabi maqsadlarni amalga oshirish mumkin. Quyida ba’zi rasmlarning pedagogik qimmati haqida fikr yuritamiz. Darslikning dastlabki sahifasida Mustaqillik bayrami tasvirlangan lavha, ikkinchi sahifasidagi Bilimlar kuni bayrami haqidagi rasm, 36-sahifadagi Vatanimiz gerbining rasmi, 42-sahifadagi Xumo qushining rasmi, 58- sahifadagi «Vatanim» she’riga ishlangan rasm, 72-sahifadagi «Gerbdagi qushning aytganlari» matniga ishlangan rasmlar o’quvchilarga Vatanimizning bugungi kundagi jamoli, ravnaqi haqida Vatanimizning ramziy belgilari va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Vatanni sevish va ardoqlash haqidagi bilimlarini singdirishda beqiyos xizmat qiladi. Yana darslikning 6-sahifasidagi «Kuzgi ishlar» deb nomlash mumkin bo’lgan qiziqarli rasm uning ostidagi karam, sabzi, oshqovoq, bodring, tarvuz, baqlajon rasmlari, 7-sahifadagi bolalarning bog’da mevalarni terayotganligi haqidagi rasm va nok, uzum, behi, olxo’ri, shaftoli rasmlari, 9-sahifadagi go’zal tabiat manzarasi, 11-sahifadagi ari, ayiq, anor, anjir, non rasmlari o’quvchilarga Vatanimizning jannatmakon o’lka ekanligini, uning boy va go’zal tabiati, unda pishadigan darmondorilarga boy bo’lgan har xil mevalar haqidagi tushunchalarni beradi, Vatanimizga bo’lgan muhabbatlarini yanada oshiradi. Darslikning 10-sahifasidagi non yopish haqidagi, 19-sahifadagi shifokor, chevarning, kitob o’qiyotgan qizning, 20-sahifadagi bolaning keksa odamga salom berib turgani haqidagi rasm, 21-sahifadagi buvining nabirasiga nasihat qilayotgani to’g’risidagi, 22-sahifadagi opa va singilning dars tayyorlayotganligi, 24-sahifadagi bolalarning sport bilan shug’ullanayotgani, 39-sahifadagi bekatda bir bolaning keksa odamga joy berayotgani, 43- sahifadagi bolaning keksa odamning ko’tarishib ketayotgani haqidagi rasmlar orqali o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, kelajakda Vatan ravnaqi uchun zarur bo’lgan mutaxassis bo’lishini, ularni odobli, kitobni sevadigan, o’zidan kattalarni hurmat qiladigan, ularning og’irini yengil qiladigan, ma’naviy barkamol bo’lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega.
Ta’kidiy diktant ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: 1) ko‘rish diktanti; 2) eshituv diktanti. Ko‘rish diktant turi ta’kidiy diktantning eng xarakterli ko‘rinishi sanaladi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘rish a’zosi orqali sezgan narsalari obrazini xotiralarida uzoq vaqt saqlab qoladilar. Bola biror so‘zni ko‘rar ekan, uning aksi ko‘zga tushadi, bola ongida u muhokama qilinadi va bu haqda yo to‘g‘ri, yoki noto‘g‘ri hukm chiqaradi. Nihoyat, o‘quvchi bu so‘zning shunday yozilishiga qat’iy ishonadi. O‘quvchida hosil bo‘lgan bunday ishonch juda qiyinchilik bilan unutiladi. Shuning uchun ham bola ko‘zi o‘ngida hech qanday noto‘g‘ri yozilgan so‘z bo‘lmasligi zarur. O‘quvchilardagi bunday psixofiziologik holatdan ko‘ruv diktanti orqali foydalaniladi. Binobarin, ko‘rish diktantini quyidagi maqsadlarda o‘tkazish mumkin: Ko‘rish diktanti orqali o‘quvchilar ko‘proq notanish aytilishi va yozilishi aniq bo‘lmagan so‘zlar, atamalar imlosi bilan tanishtirilishi mumkin. 1. Avvalgi yozma ishlarda orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan so‘zlarning imlosini o‘quvchilarga singdirish mumkin. Buning uchun diktant matn yoki shu matndagi ayrim so‘zlar sinf doskasiga yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar bu so‘zlarni mustaqil o‘qib imlosi bilan tanishib chiqadilar. So‘ng o‘qituvchi bu so‘zlarni o‘qib ularning imlosini tushuntirib beradi, undan keyin sinf doskasi parda bilan yopiladi va matnni o‘qituvchi aytib yozdiradi. Diktant yozish tugagach parda ochiladi, o‘quvchilar o‘z yozuvlarini doskadagi diktant matnga solishtirib, tuzatib oladilar. Ko‘ruv diktantining bu shakli o‘z xususiyatlariga ko‘ra ko‘proq 1-sinflarda qo‘llanilsa yaxshi natija beradi. 1- sinf o‘quvchilarini bilimga o‘rgatish davrida diktantning bu shaklidan foydalaniladi. Bunda biror harf o‘quvchilarga tanishtirilgach, shu harf ishtirokida biror so‘z tanlanadi yoki biror predmetni ko‘rsatib, uning nomi o‘quvchilarga bir necha marta ayttiriladi, so‘ng bu so‘z bo‘g‘inlarga va tovushlarga ajratiladi, bu so‘zni o‘qituvchi yoki ayrim o‘quvchi kesma harflar yordamida doskada tuzadi, so‘ng tarkibidagi bo‘g‘in va harflar yana muhokama qilinadi, so‘ng u so‘z sinfda xo‘r bilan yoki yakkama-yakka o‘qiladi va keyin yoziladi. O‘quvchilar yozgan so‘zlarni doskadagi so‘zlarga taqqoslab xatolarini tuzatib oladilar. 2-sinfdan boshlab talaffuzi qiyin, talaffuzi bilan imlosi mos kelmaydigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar yuzasidan ko‘rish diktanti yozdirish mumkin, ayniqsa biror orfografik- grammatik qoida o‘rganilgach, shu qoidaga bog‘lab tashkil qilinadigan ko‘rish diktanti o‘quvchilarning yana ham kuchliroq diqqatini talab qiladi. O‘qituvchi doskada belgilab qo‘yilgan so‘zlarning imlosini dars boshida takrorlanayotgan mavzuga bog‘lab izohlab beradi. So‘ng o‘quvchilar belgilangan so‘zlarni sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Nihoyat, doskadagi diktant matni parda bilan yopiladi, matnni o‘qituvchi aytib yozdiradi. Ba’zan esa o‘quvchilar doskadagi matnni qayta-qayta o‘qib yodlab oladilar, so‘ng o‘qituvchi matnni yoddan yozdiradi. Ishning bu turida kichikroq matn yoki ayrim gaplardan foydalanmoq darkor. Matnni to‘la yozdirib bo‘lgach parda ochiladi va o‘quvchilar o‘z yozuvlarni diktant matnning asl nusxasiga solishtirib, o‘z xatolarini tuzatib oladilar. Ishni bunday tashkil qilish vaqtni tejaydi yozishdagi shoshma-shosharlikdan o‘quvchilarni saqlaydi. Doskada belgilab qo‘ygan so‘zlarning imlosini ayrim o‘quvchilar izohlashi ham mumkin. U holda izohlovchi o‘quvchi puxta bilimli belgilangan so‘zlarni to‘g‘ri izohlay oladigan bo‘lishi kerak. Albatta, bu o‘quvchining izohini o‘qituvchi diqqat bilan kuzatib boradi. So‘zlar imlosining o‘quvchilar tomonidan izohlanishi o‘quvchini fikrlashga, o‘z yozuviga ongli yondashishga, o‘ziga talabchan bo‘lishga o‘rgatadi. Agar izohlash ishi o‘qituvchi tomonidan bajarilsa, vaqt tejaladi, berilgan bilim aniq va to‘g‘ri bo‘ladi, tegishli so‘zlarning imlosi sohasida o‘quvchilarda ikkilanish bo‘lmaydi. Demak, izohlash ishini o‘qituvchi ham o‘quvchi ham bajarishi mumkin. Diktant matnining doskaga o‘quvchilar ko‘zi oldida yozilishi muhimdir. Chunki yozuv jarayonida o‘quvchilar so‘zlar tarkibidagi harflar bilan tanishadilar. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘qituvchi harakatiga so‘zlarning yozilishiga diqqat bilan qarab turadilar. Bu hol esa doskaga yozilgan so‘zlar imlosining ular xotirasida uzoq saqlanib qolishiga imkon beradi. Ba’zan ayniqsa quyi sinflarda ta’kidlash ko‘zda tutilgan so‘z doskada ko‘rsatilishidan tashqari, o‘qish va yozdirish vaqtida juda sekin va dona-dona qilib o‘qib beriladi. U vaqtda so‘z tarkibidagi barcha harflar aniq talaffuz etilishi, o‘quvchilarning eshitish a’zolariga aniq yetib borishi lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar bu so‘z tarkibidagi o‘zak va affikslarni aniq tasavvur eta olishlari lozim.
XULOSA
Ma’lumki savod o’rgatish jarayoni o’quvchilarnng nafaqat xat savodlarini chiqarish, Kelgusida ularning fe’l –atvori, ko’plab ko’nikmalar va odatlarning shakllanishida ilk bosqich sanaladi. Shunday ekan biz, o’quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o’rgatish orqali ularda iroda, tartiblilik, ozodalik kabi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin. O’quvchilar savodli va to’g’ri yozish oqali e’tiborli, irodali, tartibli bo’lishga o’rganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo’lgan fazilatlardan biridir. Savod o’rgatish jarayonida ta’limiy diktantlardan foydalanishga bag’ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishda biz ana shu masalani ko’rib chiqdik. Unda asosan o’quvchilarni savodli va husnixat asosida yozishga o’rgatish masalalari, darslarni interaktiv usulllar hamda didaktik o’yinlardan foydlalanib tashkil etish masalalirga asosiy e’tibor qaratildi. Ilmiy metodik adabiyotlar, tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda boshlang’ich ta’lim jarayonini kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o‘zgacha yo‘nalish, o‘zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til me'yorlarini singdirish kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, savod o’rgatish jarayonida ham pedagogik texnologiyalarning ilg‘or usullariga tayanib ish ko‘rmoq joiz hamda bolalar idrok eta oladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va ular qisman maxsus o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga kiritilishi zarur. Boshlang’ich ta'limining samaradorligini oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakalarini tarbiyalashdir. Buni 1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
O‘quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantitirishda diktantning o‘rni juda katta. Diktantning ham bir qancha turlari mavjud bo‘lib, quyida biz ta’kidiy diktant, uning turlari hamda uni o‘tkazish yo‘llari haqida fikr yuritmoqchimiz. Ta’kidiy diktant barcha ta’limiy diktantlar ichida eng muhimi va ahamiyatlisidir, chunki ta’kidiy diktant o‘quvchilarni yozuvda so‘zlarni xato yozishdan saqlaydi. Bu diktant turi har qanday so‘zning imlosini o‘quvchilarga oldindan eslatish orqali yozdirishga asoslanadi. Zero, agar o‘quvchi xato yozilgan so‘zlarni ko‘rsa, uni o‘zi xato yozsa, imloda xato ko‘nikmaga ega bo‘lib qolsa, u o‘quvchiga imlo o‘rgatish juda murakkab ishga aylanib qoladi. Bu jihatdan qaraganda ham ta’kidiy diktantning ahamiyati katta. Diktantning bu turi o‘quvchilarni diktant matnidagi barcha so‘zlarning imlosini o‘ziga singdira olishga odatlantiradi. Shuningdek, bu diktant orqali o‘quvchilar so‘z imlosini turli orfografik toifalar asosida ongli o‘zlashtiradilar. Bilamizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘la savodli qilish chidam va sezgirlik talab qiladi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga biror yangi so‘z o‘rgatar ekan, avvalo shu so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatishi lozim; undan keyingina bu so‘z yuzasidan yozuv mashqi o‘tkazadi. Bu orfografiya bilan orfoepiyaning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Yüklə 178 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin