146
O‘quvchilarda vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish
Ushbu mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- Bolalarning vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni tizimlashtirish
- Vaqt birliklari va ularning o‘zaro munosabatlari bilan tanishtirish
- Vaqtga oid shakllangan tassavurlarni amalda tadbiq etishga o‘rgatish.
Vaqtga oid dastlabki tasavvurlar bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari(MTM)da
shakllana boshlaydi.Vaqtni mo‘ljalga olish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Ilk qadam o‘quv
dasturiga
muvofiq
bolalar
kun
rejimiga
rioya
qilishni
o‘rganar
ekan,ertalab,peshin(tushlik),kechasi kabi tushunchalarni bilib oladi.Kecha,bugun,
erta kabi
atamalar mazmun,mohiyatini tushunib oladi.Hafta kunlari(dushanba, seshanba, chorshanba,
payshanba, juma)-mashgulot kunlari, shanba, yakshanba kunlari dam
olish kunlari ekanligini
bilib loishadi.Bun yana kelgusi haftada qayta takrorlanishi haqida tasavvurga ega bo‘lishadi…
O‘quvchilarda vaqtga oid tasavvurlarni shaklantirish bo‘yicha ishlar tizimi:
-MTMda shakllangan vaqtga oid tasavvurlarni aniqlash va tizimlashtirish(1-sinf tayyorgarlik
davrida).Oldin,keyin, hozir kabi tushunchalar mazmun va mohiyatini oydinlashtirish.
-Vaqt bu hodisalarning davomiyligi haqida dastlabki tasavvurlarnibolalarga singdirish. Hafta ,
hafta kunlari bilantanishtirish (1-sinfda)
-Sutkaning qismlari:tong, kunduz, kechqurun, tun kabi tushunchalarni shakllantirish (1-sinfda)
-Vaqt bu miqdor.Vaqt orliqlarini taqqoslashga o‘rgatish(1-sinfda).Masalan,Qaysi biri ko‘p vaqt
oladi: darsmi yoki tanaffusmi ? …Vaqt bo‘yicha uzunroq, qisqaroq
atamalari mazmunini
o‘quvchilarga o‘rgatish.
-Vaqt birliklari: soat, minut bilan tanishtirish(2-sinfda).Soat sifrbaleti ishlashi bilan
tnishtirish.Minut,vaqt qadrini o‘quvchilar ongiga singdirish.
- Vaqt birliklari: Sutka,yil, oy sekund,asr kabi tushunchalar bilan tanishtirish.Har bir vaqtga oid
tushunchalarning amaliy tatbiqni o‘quvchilarga o‘rgatib borish(3-sinfda).
-Vaqt
o‘lchov birliklari orasidagi bog‘lanish bo‘yicha o‘quvchi ko‘nikmalarini
mustahkamlash(2-4sinflarda)
Vaqt falsafiy kategoriya, vaqt materiyaning yashash shaklidir, shu sababli unga ta’rif berishning iloji
yo‘q. Vaqt tushunchasi odamning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi.
Vaqt bu hodisalarning davomiy ekanligi haqida dastlabki
tasavvurlarni bolalar kun, hafta
kabi birliklar bilan tanishib hosil qiladilar. Har kuni maktabga borish kerak. Biror vaqtdan so‘ng
hodisa takrorlanadi. Kun o‘tdi, tugadi. Bir necha kundan so‘ng mashg‘ulotlardan ozod bo‘linadigan
kun keladi – bir hafta o‘tdi.
Birinchi sinfda tayyorgarlik davrida «oldin», «keyin», (ilgari) tushunchalari kiritiladi. Bu
tushunchalarni mustahkamlash uchun o‘qituvchi darslikdagi rasmlarga o‘hshash vaqt haqidagi
tasavvurlarni ochib beradigan bir necha rasmlar tizimiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 6 ta
rasmdan
iborat dalada qish; traktorlar dalaga chiqqan — shudgor qilinmoqda, dalada g‘o‘zalar
unib chiqqan; ochilgan paxtazor dalasi;
paxta maydonida kombaynlar, paxta hirmonlari.
O‘qituvchi avval paxtaning respublikamiz uchun ahamiyati haqida qisqa suhbat o‘tkazadi, bolalar
bilan paxtaning qanday etishtirilishini aniqlaydi, keyin esa rasmlar bo‘yicha «oldin», «keyin»
tushunchalari mustahkamlanadi.
Buning uchun bolalar rasmlarni tomosha qiladilar. O‘qituvchi savollar beradi: «Oldin nima
ish qilishadi: maydonni shudgor qilishadimi yoki chigit ekishadimi?» va hokazo. «Rasmlarni
qilinadigan yumushlar bo‘yicha joylashtiring». Bu ish uchun o‘qituvchi tuzadigan syujetlar
unchalik murakkab bo‘lmasligi lozim. 3-4 ta ishdan iborat bo‘lishi lozim. Masalan, «ko‘chani
qanday kesib o‘tish kerak», «darslarga qanday tayyorlanish kerak» va hokazo.
Birinchi sinfda sutkaning qismlari: tong, kunduz, kechqurun, tun tushunchalari, «bugun», «kecha»,
«ertaga» tushunchalari shakllantiriladi.
O‘quv yili davomida bolalar
hafta kunlari nomlarini, oylar tartibini bilib oladilar. Shu
sababli ko‘rsatma-qo‘llanma sifatida sinfda yirtma taqvimga ega bo‘lish yoki namoyish
etiladigan taqvim yasab olish foydalidir. Navbatdagi o‘quvchi
har bir utgan kunni belgilab boradi
(1- rasm).
147
Bolalarning tajribasida ko‘p uchrab turadigan vaqt oraliqlarini taqqoslash vaqt bu miqdor ekanligi
haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Masalan, qaysi biri ko‘p vaqtni oladi: maktabga kelishmi yoki
maktabdagi mashg‘ulotlarni,
darsmi yoki tanaffusmi, o‘quv choragimi yoki ta’tilmi; qaysi biri
kam vaqtni oladi: o‘quvchining maktabdagi mashg‘ulotimi yoki ota-onasining ish kunimi. Vaqt
bo‘yicha «uzoqroq», «qisqaroq» so‘zlari kiritiladi. Odamlarni yoshi bo‘yicha taqqoslab, bolalar
yoshi katta, yoshi kichik, yoshlari teng tushunchalarini egallaydilar.
Birinchi sinfdayoq bolalar vaqtni soat aniqligida aniqlashni o‘rganib oladilar.
Ikkinchi sinfda vaqt o‘lchovlaridan; soat, minut, o‘rganiladi.
1-rasm
Dostları ilə paylaş: