152
Biror voqea qachon boshlanganligini yoki qachon tugaganini,
u qancha vaqt davom
etganini bilishga doir masalalarni soat moduli, taqvimlardan foydalanib echish mumkin. Bunday
masalalarni arifmetik amallar yordamida ham echish mumkin.
1
Vaqtga doir masalalar jumlasiga uchinchi ko‘rinishdagi masalalarni kiritish mumkin.
1.
Biror hodisa yoki voqeaning boshlanishi va davom etish vaqtiga ko‘ra tugallangan vaqtni
topishga doir masalalar
2.
Biror hodisa yoki voqeaning boshlanishi va tugallanishiga ko‘ra davom etishini topishga
doir
masalalar
3.
Hodisa yoki voqeaning davom etishi va tugallanganga ko‘ra qachon boshlanishini topishga
doir masalalar
Masalaning yechilishini tushuntiring:
1) Sport to‘garigining mashg‘udoti soat 15 da boshlanadi va ikki so‘at davom etadi. To‘garak
mashg‘ulotlari qachon tugaydi?
15+2=17
javob: soat 17 da
2) Bolalar bog‘da 3 soat sayr qildilar va soat 14 da uylariga keldilar. Ular bog‘ga qachon
kelganlar?
14-3=11
javob: soat 11 da
3) Dorixona soat 12 dan soat 20 gacha ochiq bo‘ladi. Dorixona necha soat ishlaydi?
20-12=8
javob: 8 soat
Vaqtga doir masalalar 3-4 sinf darsliklarida keltirilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqt tasavvurlarni shakllantirish
yuzasidan usuliy tavsiyalar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqtga oid tasavvurlar shakllanishi bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi va mahoratiga bog‘liq. Nazariy jihatdan chuqur
bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchilarga vaqt tushunchalarini o‘rgatish bo‘yicha quyidagi
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi.
1. Boshlang‘ich matematika kursining nazariy asoslarini
puhta bilish miqdorlar
nazariyasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi zarur.
2. Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasini chuqur bilishi va uni
amalda qo‘llay bilishi kerak.
3. Yangi tahrirdagi boshlang‘ich sinflar uchun Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida
matematika faniga oid o‘quv materiallarining joylashishi va DTS talablariga rioya qilgan holda
vaqt tushunchalarini o‘rgatishni tizimli tashkil eta bilishi zarur.
4. O‘quvchilarda vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yangi pedagogik
tehnologiyalar
tatbiq etib, dars jarayonida o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi,
matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi, turli hildagi ta’limiy o‘yinlar, klaster, BBB,
aqliy hujum kabi metodlarni qo‘llab, o‘quv jarayonini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir.
5. Vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish maqfsadida o‘qitish
vositalaridan unumli
foydalana bilish. Ayniqsa yil taqvimi bilan ishlash, fasllar va sutkani ifodalovchi doiraviy
ko‘rgazmali qurol, soat modellari va boshqa ko‘rgazmali materiallardan
samarali foydalana
bilishi kerak.
6. Ushbu mavzuni o‘tish jarayonida umumsinf ishi guruh ishi va yakka tartibdagi o‘quv
faoliyatlarini unumli tashkil eta bilishi kerak va ishlar mutanosibligini ta’minlay bilishi kerak.
7. O‘quvchilarning vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish maqsadida tajribada ko‘p
uchraydigan amaliy harakterdagi o‘quv-topshiriqlar tizimini tuza bilishi kerak.
8. Vaqt tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan sinf o‘quvchilari bilim, malaka va
ko‘nikmalarini hisobga olish daftarini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Ya’ni sinfdagi har bir
o‘quvchi vaqt haqida tushunchani qay tarzda o‘zlashtirishini ifodalovchi jadval tuziladi.
Dostları ilə paylaş: