Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 8,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/167
tarix24.11.2023
ölçüsü8,3 Mb.
#133719
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   167
majmua MO\'M-22

3- Topshiriq (61) 
Berilgan masala IV sinfda yechiladi, chunki "tezlik", "vaqt", "masofa" orasidagi 
bog‘lanishni ifodalovchi harakatga doir masalalar IV - sinf dasturida o‘rin tutgan. Ushbu masala 
ustida quyidagicha ish tutish mumkin. 
I.Masala matni o‘qilgach, suhbat metodidan faoydalanib quyidagi yo‘naltiruvchi savollarni 
berish mumkin: 
-Masalada nima haqida gap borayapti? 
-(Ikki poezdning qarama-qarshi tomonga yul yurishi haqida gap borayapti ) 
-Ikki poezd A va V shaharlardan bir vaqtda yo‘lga chiqishdan oldin ular orasidagi masofa 
qancha 'ekanligi ma'lummi ? 
-Ha ,175 km. 
-Bu poezdlarning harakat yo‘nalishi qanday bo‘lgan? 
-qarama -qarshi tomonga yurishgan. 
-Birinchi poezdning tezligi masalada ma'lummi? 
-Ha, soatiga 50 km. 
-Ikkinchi poezdning tezligichi? 
-soatiga 60 km. 
-Harakat boshlanganidan keyin poezdlar necha soat yo‘lda bo‘lishgan? 
-6 soat. 
-Masala savoli (bizdan) nimani topishni talab qilayapti? 
- Harakat boshlanganidan 6 soat keyin bu poezdlar bir-biridan qanday masofada bo‘lganligini. 
II.Masala qiska shartini grafik tarzda bergan ma'qulroq 
50 km/ soat 60 km/soat
________________________________
175 km 


193 
III.Masala muhokamasi (razborini) masala savollaridan boshlab berilganlariga qarab eki
berilganlaridan masla savoliga qarab borish yo‘llari bilan amalga oshirish mumkin. Har ikkala 
usul ustida to‘xtalib o‘tamiz. 
Masala savoliga birdaniga javob bersa bo‘ladimi? 
-Yo‘q. 
-Nima uchun? 

Chunki ikkala poezd 6 soat ichida qancha masofani o‘tganligi noma'lum. 

Uni topsa bo‘ladimi? 

Yo‘q. 
-Nima uchun? 
-Chunki har bir poezd 6 soat ichida qanchadan masofani bosib o‘tganligi noma'lum. 
-Har bir poezd 6 soatda qancha masofani bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi? 
-Ha, -qanday qilib?
-Har bir poezd tezligini sarflangan 6 soatga ko‘paytirib. 
-Har bir poezd qancha masofani o‘tganligi aniq bo‘lsa, ikkala poezd Shu 6 soat ichida qancha 
masofani bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi? 
-Ha. 
-qaysi amal bilan? 
-qo‘shish amali bilan .Birinchi poezd bosib o‘tgan masofani ikkinchi poezd bosib o‘tgan 
masofaga qo‘shib. 
-E'ndi masala savoliga javob bersa bo‘ladimi? 
-Ha. 
- qanday qilib? 
-Ikki poezd bosib o‘tgan masofaga 175 km.ni qo‘shib. 
-Demak masalamiz nechta ish bilan echilar 'ekan? 
-4 ish bilan .Birinchi va ikkinchi ishlar ko‘paytirish va 3-4-ishlar qo‘shish amallaridir. 
IV. Masalani birin-ketin amallarni bajarish va har bir amaldan so‘ng izoh berish formasida 
yechamiz. 
1) 50*6=300 (km) -birinchi poyezdning 6 soatga bosgan masofasi 
2) 60*6=360(km) - ikkinchi poyezdning 6 soatga bosgan masofasi 
3) 300+360=660(km)- ikkila poyezdning 6 soatga bosgan masofasi. 
4) 660+175=835(km)- harakat boshlanishidan 6 soat keyin poezdlarning bir-biridan uzoqlikda 
bulgan masofasi. 
Javob: 835 km. 
Masala muhokamasining ikkinchi usuli. 
-Birinchi poyezd soatiga 50 km tezlik bilan yurib 6 soat ichida qancha masofani bosib 
o‘tganligini topsa bo‘ladimi? 
-Ha tezlikni vaqtga ko‘paytirib (50,6) 
-Ikkinchi poezdning Shuncha vaqt ichida qancha yo‘l yurishini-chi? 
-Ha soatiga 60 km.dan yurib 6 soatda (60,6)km yo‘l yuradi. 
Birinchi va ikkinchi poyezdlarning har birining 6 soatda qancha yurganliklaridan nimani bilish 
mumkin? 
-Ikkala poezd 6 soatda necha km. yo‘l yurganligini. 
-Uni qanday bilish mumkin? 
-(50*6) ga (60*6) ni qo‘shib 
-Ikkala poyezd 6 soatda yurgan yo‘li ma'lum bo‘lganda nimani aniqlash mumkin? 
-Masala savoliga javobni aniqlash mumkin. 
-qanday qilib? 
-Ikkala poyezd bosib o‘tgan masofaga 175.km.ni qo‘shib. 
Demak masala 4 ish bilan echiladi. 
Masalani savol qo‘yib echamiz: 
1.Birinchi poyezd 6 soatda necha km yo‘l yurgan? 


194 
50*6= 300(km) 
2.Ikkinchi poezd 6 soat ichida necha km yo‘l yurgan ? 
60*6=360(km) 
3.Ikkala poezd 6 soat ichida necha km yo‘l yurgan? 
300+360=660(km) 
4.Harakat boshlangandan 6 soat keyin bu poezdlar bir-biridan qanday masofada bo‘ladi? 
660+175=835(km) Javob: 835 km. 
V. Yechilgan masala ustida ishlashning bir necha yo‘llari bor. Ulardan biri berilgan masalaga 
teskari masala tuzish,uni yechish.Ikkinchisi esa masalani turli usullarda yechish, yana biri 
masala yechilish chegaralarini aniqlash va hokazo. Yuqoridagi masala uchun masalani boshqa 
usul bilan yechish yo‘li bilan tekshirib ko‘ramiz. 
Masalani boshqa usul bilan yechar ekanmiz, Shu yechish usuliga ko‘ra masala muhokamasini 
o‘tkazamiz. 
-Birinchi poyezd soatiga 50 km. ikkinchi poyezd soatiga 60 km tezlik bilan yurgan bo‘lsa, ular 
bir soatda bir-biridan necha kilometrga uzoqlashishganini topsa bo‘ladimi? 
-Ha. 
-qanday qilib? 
-50 ga 60ni qo‘shib. 
-Dastlabki oraliq masofa (175 km)ni hisobga olmaganda 6 soatda ular bir-biridan 
uzoqlashganini topsa bo‘ladimi? 
-Ha, 50 va 60 yig‘indini 6 ga ko‘paytirib. 
-E'ndi masala savoliga javob bersa bo‘ladimi? 
-Ha ikkala poezdning 6 soatlik uzoqlashgan yo‘liga 175 ni qo‘shib. 
-Demak masala necha ish bilan echiladi. 
-3 ish bilan. Birinchi ish qo‘shish , ikkinchi ko‘paytirish va uchinchi qo‘shish amallari bilan . 
Masalan, echishda birin-ketin amallarni bajarish va izoh bermasdan yozish formasidan 
foydalansak: 
1.50+60=110(km) 
2.110x6=660(km) 
3. 660+175=835(km)
Javob: Harakat boshlanganidan 6soat keyin bu poezdlar bir-biridan 835 km masofada bo‘ladi. 
Demak yuqorida masalani to‘g‘ri echgan 'ekanmiz.Shuni qayd qilish lozimki, oxirgi yechish 
usuli ( uch ish bilan yechish) dastlabki usul (4 ish bilan yechish) ga qaraganda qulaydir. Masala 
yechimini bunday ikki usulda berishimizning asosida ko‘paytirish amalining yig‘indiga nisbatan 
tarqatish xossasidan foydalanish yotadi. 

Yüklə 8,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin