Mavzu: Botulizm kasalligi qo`zg`atuvchisi


Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə2/4
tarix22.11.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#133535
1   2   3   4
Botulizm kasalligi qo`zg`atuvchisi

Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari. Cl.botulinum bo’yalgan preparatlarda uchlari qayrilgan, uzunligi 4-9 mkm, eni 0,6-0,8 mkm tayoqchalar ko’rinishida bo’ladi. Bakteriyalar alohida yoki juft, ba’zida qisqa zanjir shaklida joylashadi. Mikrob harakatchan-peritrix. Sporalari oval shaklida bo’lib, hujayra markazida yoki chekkalariga yaqin joylashadi. U teniis raketkasi shaklini eslatadi. Kapsula hosil qilmaydi. Vegetativ hujayralari anilin bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. Yosh kultura va to’qimadan tayyorlangan preparatlarda grammusbat,eski kulturalarda-grammanfiy bo’yaladi.

Kultural xususiyatlari. Botulizm qo’zg’atuvchilari jiddiy anaeroblar. Ularni o’stirish uchun maxsus oziqa muhitlar- glyukoza-qonli Seyssler agari, glyukozali jigarli agar, glyukozali jelatina, glyukozali tik agar, Kitt-Tarossi muhiti va h.k.lar ishlatiladi. Bakteriyalarning o’sishi va toksin hosil qilishi uchun optimal harorat A, B, C va D tiplari uchun- 350C, Y va F tiplari uchun -28-300S. A va C tiplari 10-550S da ham rivojlanadi. pH 7,4-7,7. Botulizm qo’zg’atuvchisi, kulturasi oziqa muhitlarda yuqori namlik bo’lganda, neytral yoki kuchsiz ishqorli muhitlarda kuchli zahar hosil qilish xususiyatiga ega.

Kitt-Tarossi muhitini loyqalantiradi, keyin cho’kma hosil bo’lib, suyuqlik tiniqlashadi, kulturadan achigan moy hidi keladi. Seyssler agarida tiniq koloniyalar-shudringsimon, mayda bir necha millimetrli, chetlari tekis yoki qirqilgandek, yaltiroq yuzali, gemoliz zonasi bilan o’ralgan koloniya hosil qiladi. Koloniyalar sal qo’ng’irroq yoki kulrang-xira bo’lib, o’rtasi botiq yoki bo’rtiq bo’ladi. Bitta shtammning o’zida bir necha xil tip koloniyalar uchraydi. Tik agarda koloniyalar yasmiq yoki markazi zich paxta bo’lakchasiga o’xshaydi.

Chidamliligi. Qo’zg’atuvchining vegetativ hujayralari tashqi muhitning har xil omillariga chidamsiz. 800S haroratda 30 minutda, qaynatganda 2-5 minutda o’ladi. Qo’zg’atuvchi sporalari juda chidamli. Ular 5-6 soat qaynatilganida halok bo’ladi. Shuning uchun botulizm sporasini zarasizlantirish uchun uni 1200Sda 30 minut avtoklavlash kerak. Sporalar past haroratga chidamli va -190S da o’lmaydi. -160Sda bir yil saqlanadi.


Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin