Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash
SANOAT CHIQINDILARIDAN MIKROO‘G‘IT SIFATIDA FOYDALANISH Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mikroelement- larning muhim ahamiyati va ularga bo‘lgan talabning tobora oshib borishi, sanoat oldiga qishloq xo‘jaligini istiqbolli mikroo‘g‘itlar bilan ta’minlash vazifasini qo'yadi, bu o‘g‘itlarni o‘simlik tomonidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishi lozim. Mikroelementning mutloq yetishmasligi, ayniqsa ulaming tuproq tarkibidagi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan miqdorining kamligi o‘simliklar hosildorligining pasayib ketishiga olib keladigan asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu xildagi tanqislikka misol tariqasida tortli tuproqlarda misning, nordon chimli-podzol va sur tusli o'rmon tuproqlarida molibdenning, karbonatli va qumoq tuproqlarda marganes, ternir va ruxning tanqisligini keltirib o'tish mumkin. Qishloq xo‘jaligini jadal ravishda kimyolashtirish sharoitida ekin- larning hosildorligini oshishi minerai oziq elementlari, jumladan mikroelementlarning ham ko‘p miqdorda tuproqdan olib ketilishiga sabab bilan bo'lib, bu narsa mikroelementlardan foydalanishga oid talab m ezonini izdan chiqaradi. Tuproqda alohida olingan mikroelementning yetishmasligi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning samarasini to‘liq namoyon bo‘lishiga yo‘l qo'ymaydi. Mikroo‘g‘itlardan foydalanish esa o'sim lik oziqasining asosiy elem entlarining samaradorligini oshishiga sabab bo‘ladi. Qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mikroelementlar bilan boyitil- gan o'g'itlarni, jumladan kompleks o'g'itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish sharoitida mikroelementli o'g'itlarni sinab ko'rish (ishqorlangan qora tuproq va chim-podzol tuproqlarda) shuni ko'rsatadiki, faqat bor hisobida nitroammofosdan olinadigan qo'shimcha hosil har gektar maydonga qand lavlagisining ildizlari bo'yicha 30—40 sentnerni, karam urug'i bo‘yicha 2,3—2,9 sentnerni, no‘xat doni bo'yicha 2,1—3,7 sentnerni tashkil qiladi. Chim-podzol tuproqlarga superfosfatga molibdenni qo'shib solish pichan uchun ekilgan dukkaklilar bo'yicha qo'shimcha ravishda har gektariga 5—6 sentner hosil olish imkoniyatini yaratadi. •Misning keskin tanqisligida qo'llanilgan bir qator (torf, chim- botqoq tuproqlarida) asosiy o'g'itlar fonida boshoqlilar deyarli don bermaydi, mis bilan boyitilgan kaliy xlor solinganda esa, arpaning hosilini 15—18% ga, sabzavotlarning hosilini 20% ga oshishiga erishish imkonini yaratadi. Mikroelementlarni asosiy o'g'itlar bilan birga qo'shib qo'llash iqtisodiy jihatdan ham ancha qulay hisoblanadi. Masalan, qand lavlagiga nitroam m ofosni b o 'r bilan qo'shib berilganda, mikroelementlardan foydalanish tufayli qo'shimcha hosil qiymati 90 so'mni, shartli toza daromad esa gektariga 66 so'mni tashkil etadi. M ikroelementlarni minerai o'g'itlar fonida qo'llaganda, g'o'za, bug'doy va bedaning ham hosildorligi oshganligi kuzatilgan. Q ishloq xo'jaligining m ikroelem entlarga bo'lgan talabini qondirish 60—70% holatlarda ularni asosiy o'g'it tarkibiga kiritilish orqali va 30—40% holatlarda ildiz orqali amalga oshiriladigan hamda ekishdan oldin amalga oshiriladigan oziqlantirish orqali amalga oshirilishi lozim. Qishloq xo'jalik ekinlaridan mumkin qadar sifatli va yuqori hosil yetishtirish, o'simliklarni mutanosiblangan tarzda oziq elementlari bilan ta’minlash yoki mikroo'g'itlardan foydalanishga differensial yondoshishnigina talab qilib qolmasdan, balki tuproqlarning mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini, tuproq iqlim sharoitlarini, ekinlarni oziqlanishga bo'lgan talabi va boshqalarni e’tiborga olishni talab etadi.