Dars turi: Yangi tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.
Dars metodi: “Aqliy hujum” metodi, klaster metodi.
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
Ilonning biomassasi yoz davomida 0,2 kg ga ortgan bo‘lsa, «10% qoidasi»ga asoslanib o‘tloqning ekologik piramidasini tuzing: o‘tloq sebargasi -kapalak - baqa - ilon - ilonburgut. III.Yangi dars bayoni:
Tabiiy ekosistemalar – bu turdagi ekosistemalarda biologik o‘zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz boradi. Masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va boshqalar. Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi.
Sun’iy (antropogen) – ekosistemalar, inson tomonidan yaratilgan va inson ko‘magida faoliyat yurita oladigan ekosistemalar. Bu guruh ekosistemalariga agroekosistemalar, urbanoeko sistema va kosmik ekosistemalar misol bo‘ladi. Tabiiy ekosistemalar antropogen ekosistemalardan turlarining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy jarayonlarni amalga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq emas. Tabiiy ekosistemalar 3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 2) chuchuk suv ekosistemalari;
3) dengiz ekosistemalari.
Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini ikkita asosiy abiotik omil: harorat va yog‘in miqdori belgilaydi. Yer sharining turli qismlarida iqlim bir xil emas. Quruqlikdagi ekosistemalarda namlik cheklovchi omil hisoblanadi. Chuchuk suv ekosistemalari boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egallashiga qaramay, ularning ahamiyati juda katta. Dengiz ekosistemalariga ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar, ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz ekosistemalari Yer sharining 70% ini egallaydi. Dengizlarning eng chuqur nuqtalarida ham hayot mavjud.
Dostları ilə paylaş: |