Shakllantirilgan kompetensiya: biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.
Dars turi: Yangi tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.
Dars metodi: Interfaol metod
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Markaziy Osiyo tabiiy ekosistemalari haqida gapirib bering.
2. Cho‘llarning o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos jihatlarini aytib bering.
3. To‘qay mintaqasidagi o‘simlik va hayvonlarning o‘ziga xos mosla nish larini tushuntiring. III.Yangi dars bayoni:
Sun’iy ekosistemalar – bu antropogen ekosistemalardir. Tarixiy rivojlanish davomida inson tabiatni o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirib borgan. Insonlarning xo‘jalik maqsadlari tabiiy ekosistemalarni antropogen eko sistemalarga qisman almashishiga olib kelgan – urbanoekosistema, agroekosistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra yaratiladi, saqlanadi, boshqariladi. Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va insonning ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi.
Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalanibgina qolmay, inson tomonidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham foydalanadi. Akvarium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik modellaridir.
Urbanoekosistema – inson tomonidan sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosiste ma sanaladi. U insonlar ma’lum bir joyni manzilgohga aylantirishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday ekosistemalarga shaharlar, shaharchalar, qishloqlar misol bo‘ladi. Urbanoekosistemalar tarkibiga tabiiy komponentlar (yorug‘lik, havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, mikroorganizmlar) va inson tomonidan yaratilgan komponentlar kiradi.
Uzoq safarga mo‘ljallangan kosmik kema ham kichik antropogen ekosistema hisoblanadi. Hozirgi paytda barcha kosmik kemalar hayot uchun zarur bo‘ladigan zaxiralar bilan ta’minlangan. Ularda suv va havoning regeneratsiyasi fizik-kimyoviy usullar yordamida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |