Har bir o‘qituvchi o‘zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va rivojlantirishga harakat qilishi kerak.
1. O‘qituvchi aditoriyada o‘zini erkin tutishi dars berish imkoniyatiga ishonishi kerak.
2. O‘qituvchi gapirib turib, o‘ylashni bilishi kerak. O‘qituvchilik kasbining, mehnatining, mahoratining o‘ziga xosligi ham shunda. Dars berishda fikrlash, o‘ylash va gapirish jarayoni qo‘shilib ketadi. Avval o‘ylab olib, keyin gapirishga fursat bo‘lmaydi.
3. O‘qituvchining fikrlashi va shu vaqtning o‘zida uni bayon qilishi auditoriyada yuz beradi. Shuning uchun o‘qituvchi unga tikilib turgan ko‘zlardan qo‘rqmasligi zarur. Ularni ta’siridan xoli bo‘lishni o‘rganishi, bilishi kerak. Shu bilan birga, o‘qituvchi auditoriyadagi talabalar bilan o‘zaro bog‘liqlikni yo‘qotmaslikni ham o‘zida tarbiyalashi shart.
4. O‘qituvchi auditoriyada o‘tirgan talabalarning munosabatini, ulardagi o‘zgarishini to‘g‘ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobiliya-tiga ham ega bo‘lishi kerak. Auditoriyani psixologik holatini (sukunat, shovqin va hokazolar) tez ilg‘ashi zarur.
Dostları ilə paylaş: |