Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
54
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
ABU RAYHON BERUNIYNING INSON KAMOLOTIDA MEHNAT
TARBIYASI
Muxabbat Normatovna Mirazimova
JDPU Maktabgacha ta‟lim metodikasi kafedrasi o„qituvchisi
Xushnuda Dustmurodovna Nematova
JDPU Maktabgacha ta‟lim yo„nalishi talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada
bola tarbiyasi, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi
haqida
Abu Rayhon
Beruniyning muhim fikrlari
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
oila,
mehnat tarbiyasi, bola tarbiyasi,
o„z-o„ziga xizmat
,
hunarmand
,
mutafakkir
,
mehnatsevarlik
.
O„zbek xalq pedagogikasining boy va bebaho xazinasi xalq og'zaki ijodida o„z
ifodasini topgan. Xalqimizning asrlar davomida bola tarbiyasi bobida to„plagan
tajribalari hamda buyuk mutafakkir allomalarimizning
yozib qoldirgan meroslari
tashkil etadi.
Mutafakkirlarimiz bola tarbiyasi va uning kamoloti to„g„risida o„z asarlarida
to„xtalib, yoshlarni odob-axloqi, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi
hamda vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e‟tibor berib kelingan. Xususan, bolalarni
mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlik ko„nikma
va malakalarini shakllantirib,
barcha tarbiya shahobchalarini tarkib toptirib borishning muhim omili ekanligi
ta‟kidlab kelingan. Ular mehnatni yuksak baholab, kishilarning
bir-birlari bilan
qiladigan muomala va munosabatlari ham mehnat orqali yuzaga keladi deydi. Mehnat
qilgan kishi doimo o„zgalar mehnatni qadrlay oladi hamda to„g„ri munosabatda
bo„ladi deb hisoblashgan.
Beruniy inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni
bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo„ladi. Og‟ir
mehnat sifatida binokor, ko„mir
qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini
keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e‟tibor berish, hayrixoh
bo„lishga chaqiradi, ularni ma‟rifat tarqatuvchilar,
jamiyat ravnaqiga hissa
qo„shuvchilar deb, biladi.
Olim bolalarni mehnatga o„rgatish metodlari, yo„llari
haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan