а) o‘qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
b) o‘qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun-qoidalarini qo‘llay bilish mahorati;
v) har bir o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo‘llashdagi individual xususiyatlari kiradi.
Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p jihatdan talabalarning o‘zlashtirishi o‘qituvchining dars o‘tishda tanlagan metodlariga bog‘liq.
Har bir o‘qituvchi o‘z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma’ruza va nutqida o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi. Ma’-lum bir mavzuni yoritishda o‘qituvchi o‘zi yaxshi bilgan yoki o‘zining ilmiy izlanishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin shu mavzuga to‘g‘-ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan savolga ko‘p vaqt ajratib, qolgan savollarni ko‘rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu - mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsip-larini buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun dars o‘tishdagi muhim vazifalardan biri, bu – subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo‘ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi ke-rak. Bunda, albatta, to‘plangan metodik tajriba qo‘l keladi.