tovushlari deyiladi. Fonetikaning vazifasi ana shu
nutq tovushlarini o'rganish bilan chegaralanadi
.
Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a'zolarining jamiga
nutq apparati deyiladi. Nutq apparatini tashkil qiladigan a'zolar:
lablar, tishlar, til, tanglay, kichik til, xalqum (frinks), og'iz
bo'shlig'i, burun bo'shlig'i, bo'g'iz, kеkirdak (traxeya), bronxlar
(o'pka va unga tutashadigan ikki diafragma), tovush paychalari va
h.k. Bularning barchasini tovush hosil qiluvchi nutq a'zolari
deyish shartli, chunki aslida bo'larning har biri tovush hosil qilish
uchun emas, balki insonga biologik vazifalarni (nafas olish, ta'm
bilish, hidlash kabi) bajaruvchi fiziologik a'zolardir. Ularning
tovush hosil qilish faoliyati esa inson tomonidan ular ustiga
qo'yilgan qo'shimcha yukdir.
• Nutq tovushlarini hosil qilishning manbai yoki harakatlantiruvchi kuchi
og'iz va burun bo'shlig'iga bo'g'iz va traxeyalar orqali o'tayotgan, o'pkadan
chiqayotgan havo oqimidir.
• Tovush hosil qilish yoki lingvistik xususiyatiga ko'ra nutq apparatini uch
qismga bo'lish mumkin: 1) bo'g'izdan quyi tomondagi barcha nutq a'zolari;
2) bo'g'iz; 3) bo'g'izdan yuqori qismdagi barcha nutq a'zolari kabi.
• Nutq apparatining quyi qismi bir juft o'pka diafragmalari va ularni
traxeyaga tutashtiruvchi bir juft bronxlardir. Diafragmadan chiqadigan
havo oqimi bronxlar orqali traxeyaga va undan bo'g'iz bo'shlig'iga o'tadi.
Bo'g'iz bo'shlig'igacha bo'lgan qismdagi a'zolar (diafragma, bronxlar va
traxeya) tovush hosil qilmaydi, tovush bo'g'iz bo'shlig'ida hosil bo'ladi.
• Bo'g'iz bo'shlig'ida hosil bo'lgan tovush paycha shaklidagi oraliq
orqali xalqum va og'iz va burun bo'shlig'iga o'tadi. Og'iz va burun
bo'shlig'i rezonatorlik vazifasini o'tab, tovushni har xil ohangga
soladi. Og'iz bo'shlig'ining hajmi va shakli boshqa nutq a'zolarining
ta'sirida turlicha holatga kirishi mumkin. Bulardan til, ayniqsa, katta
ahamiyatga ega bo'lib, u og'iz bo'shlig'ida o'zining turlicha harakati
va holati bilan unli va undosh tovushlar hosil qilishda qatnashadilar.
• Og'iz bo'shlig'ida nutq a'zolaridan biri tanglaydir. Tanglay ikki
qismga – yumshoq va qattiq tanglayga ajraladi. Qattiq tanglay
tanglayning oldingi (tishlar va tish milklari alveollarga qadar)
harakat qilmaydigan qismi, yum-shoq tanglay tanglayning orqa,
harakatchan qismidir.
• Til o'zining harakatchanligi bilan boshqa nutq a'zolaridan farqlanib
turadi. Nutq tovushlarining paydo bo'lish o'rniga qarab tilni uchga bo'lib
ko'rsatish mumkin:
• 1) tilning orqa qismi – tilning yumshoq tanglayga qaramaqarshi qismi;
• 2) tilning o'rta qismi – tilning qattiq tanglayga qaramaqarshi qismi;
• 3) tilning old qismi – tilning uchi va oldingi qismi.
• Tilning old qismining tishlar va tish milklariga yaqinlashish, jipslashish
yoki tor oraliq joy hosil qilishi portlovchi, sirg'aluvchi, qorishiq undosh-
larning hosil bo'lishiga sabab bo'lib, bu tish va tish milklarining ham
tovush hosil qilishda ishtirok etuvchi muhim a'zolar ekanligini
ko'rsatadi.
• Tovush hosil qilishda lablar ham faol a'zolardan biridir. Lablarning
o'zaro oraliq joy hosil qilishi yoki jipslashishi ayrim sirg'aluvchi yo
portlovchi undoshlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi: v, b, p
kabi.
• Burun bo'shlig'i burun tovushlari ( m, n, ng) ni hosil qilishda
ishtirok etadi.
• Demak, tovush hosil qilishda nutq a'zolarining ishtiroki va harakati
bir xil emas. Shunga ko'ra nutq a'zolari faol va nofaol nutq
Dostları ilə paylaş: |