Mavzu: fonetika. O’zbek tilining tovush tizimi


a'zolariga ajratiladi. Faol



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix01.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#106581
1   2   3   4
Sobirova A 1-Mavzu

a'zolariga ajratiladi. Faol nutq a'zolariga tovush paychalari, kichik

til, yumshoq tanglay, til, lablarnofaol nutq a'zolariga qattiq

tanglay, tishlar, tish milklari va burun bo'shlig'i kiritiladi.


• Tovush hosil qilishda nutq a'zolarining ishtiroki bir xil emas. 

Tovush hosil qilish jarayonida ular turli vaziyatda va turlicha

harakatda bo'ladi. Biror tovushni hosil qilish, talaffuz qilish

uchun nutq a'zolarining muvofiqlashu-viga nutq artikulyatsiyasi

deyiladi.

• Har bir tovush artikulyatsiyasi yoki har bir tovushning hosil

bo'lish jarayo-nida nutq a'zolari uch holatni boshdan kechiradi: 

ma'lum nutq tovushini hosil qilish uchun nutq a'zolari

harakatining ibtidosi (hozirligi, tayyorgarlik ko'rishi), nutq

a'zolarining tovush hosil qilish momenti (amal, ish, faoliyat), 

tovush hosil qilingach, nutq a'zolarining oldingi holatga qaytishi

– nutq a'zolari harakatining intihosi.




• Masalan, undoshini hosil qilish uchun lablar qanday harakatda turgan

bo'lishidan qat'iy nazar, jipslashish uchun harakatga keladi; bu – lablar

harakatining boshlanishi – ibtidosi, lablar jipslashib havo oqimini mutloq

to'sadi va bir lahzada ochiladi, havo oqimiga erk beradi, portlash natijasida



hosil bo'ladi – ish, amal, bajariladi hamda tovush hosil bo'lgach, 

lablarning dastlabki holatga qaytishi – lablar harakatining oxirgi bosqichi, 

intihosidir.

• Tovushlarning artikulyatsiya usuli (paydo bo'lish usuli) va artikulyatsiya

o'rni (paydo bo'lish o'rni)ga ko'ra ajratilishi ham shunga bog'liq. Nutq

a'zolarining holati (jipsligi, oraliq joy qoldirish kabi) tovushning qay

usulda hosil bo'lishini – artikulyatsiya usulini, tovush hosil qilishda qaysi

nutq a'zolarining ishtiroki, tovushning qayerda paydo bo'lishi (bo'g'izda, 

tilning biror qismida, labda) artikulyatsiya o'rnini belgilaydi.



• Nutqning fonetik bo'linishi. Nutq fonetik jihatidan tovushlar

zanjiridan iborat. Tovushlar zanjiri o'zaro birbiri bilan bog'liq va

ma'lum tartib asosida ketmaketlikka ega bo'lgan fonetik

birliklardan tarkib topgan tovush xalqa-larini tashkil etadi.

• Nutqning fonetik birliklari nutq zanjiri xalqalari sifatida

quyidagilarga bo'linadi: 

• 1. Tovush

• 2. Bo'g'in

• 3. Takt

• 4. Fraza.




• Fraza

– nutq zanjiridagi eng yirik fonetik birlik bo'lib, ular bir-

biridan pauzalar (bir nafas oralig'i) bilan ajralib turadi. Har pauza

oralig'ida so'zlov-chi nafas rostlab, navbatdagi fraza uchun

tayyorlanadi.

• Fonetik birlik bo'lgan frazani grammatik birliklar hisoblangan

so'z birik-malari va gap bilan tenglashtirmaslik lozim, chunki bir

gap bir necha frazani tashkil qilgani kabi, bir fraza bir necha

gaplardan ham tarkib topishi mum-kin. Masalan, Yer yetilib, 



kunlar isigach, xo'jalik a'zolari chigit ekishni qizg'in boshlab

yubordilar gapida «yer yetilib», «kunlar isigach» kabilar gapga

teng; «xo'jalik a'zolari», «chigit ekishni», «qizqin boshlab

yubordilar» birikmaga teng frazalardir.



• Takt – bir urg'u ostida birlashadigan frazaning qismlaridir. Fonetik jihatdan

bir bosh urg'u ostida birlashadigan bo'lak taktdir. Masalan, Bir Vatankim /



tuprog'ida har taraf gul lola, bog' gapida to'rtta takt bor: foilotun, foilotun, 

foilotun, foilun kabi.

• Takt o'z tarkibidagi so'zlarning urg'uliurg'usizligi bilan bog'liq. Ba'zan takt

tarkibidagi birinchi qism, ba'zan ikkinchi qism urg'uli yoki urg'usiz bo'lishi

mumkin. Bu shu qismlarning fonetik tuzilishiga emas, umumiy fikrning

ifodalanishiga ham ta'sir qilish mumkin.

• Yuqorida keltirilgan misoldagi «bir Vatankim» taktida asosli urg'u Vatan

so'zining ikkinchi bo'g'inida bo'lib, shu taktning «bir» va «kim» qismlari

urg'usiz yoki yordamchi urg'ularga ega. Shuning uchun bu taktda «Vatan» 

«bir»ga nisbatan prokliza, «bir» «Vatan»ga nisbatan proklitika, «Vatan» 

«kim»ga nisbatan enkliza, «kim» «Vatan»ga nisbatan enklitikadir. 




• Bo'g'inTakt bo'g'inlarga bo'linadi. Bo'g'in taktning bir

yoki birdan ortiq tovushlar qo'shilmasidir. O'zbek tilida

so'z bo'g'inlarini faqat unli tovushlar-gina shakllantiradi. 

Masalan, «bir Vatankim» birikmasi bir-Va-tan-kim kabi

to'rt bo'g'indan tarkib topgan.

• O'zbek tilida (unli tovushlar – vokal, undosh tovushlar



– konsonant belgilari orqali ko'rsatiladi) so'z

bo'g'inlari quyidagi ko'rinishlarga ega:




NUTQ APPARATI


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin