Mavzu: gap bo‘laklari darsning maqsadi



Yüklə 100,86 Kb.
səhifə1/3
tarix10.02.2023
ölçüsü100,86 Kb.
#123254
  1   2   3
Gap bo\'laklari 3 bilet


Mavzu: GAP BO‘LAKLARI

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy maqsad: gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklar xaqida nazariy bilimlar berish.
b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
d) rivjlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni o`z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o`rgatish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: Bahs-munozara

Dars jihozi: darslik, slaydlar, ko`rgazmali qurollar, kartochkalar.

Vaqt taqsimoti:
Tashkiliy qism:6 daqiqa
O`tgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni: 18 daqiqa
Mustahkamlash: 7 daqiqa
Baholash: 2 daqiqa
Dars yakuni : 2 daqiqa

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:

-salomlashish;
-davomatni aniqlash;
-o`quvchilar darsga tayyorgarligini aniqlash;
-sinf xonasi tozaligini aniqlash;
-sinf navbatchisi axborotini tinglash;
II. O`tgan mavzuni takrorlash:
Uy vazifasi tekshiriladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`qituvchi “O`zing top” ta`limiy o`yinini o`tkazadi. Buning uchun doskaga qoidalar yozilgan vatmn ilinadi. Qoidalarning asosiy joyi tushurilib qoldirilgan bo`ladi. O`quvchilar doskaga chiqib ketma-ket qoidalarni to`ldiradilar.




  • Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap ............ deyiladi.



  • Kuchli 
    his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap ............deyiladi.


  • Darak gap oxirida ....... pasayadi.



  • Biror narsa haqida so‘rash maqsadini bildirgan gap ........ deyiladi.



  • So‘roq gapning oxiriga ......... belgisi qo‘yiladi.



  • Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gaplar ........... deyiladi.



  • Darak gapning oxiriga ...... qo‘yiladi.



  • Buyruq gapning oxiriga ........ qo‘yiladi



  • His-hayajon gapning oxiriga undov ......... qo‘yiladi.





III. Yangi mavzu bayoni
O'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog'lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar ,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi. O'quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo'lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.

Darslik bilan ishlash.








Yüklə 100,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin