Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə6/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
ilovepdf merged (2)

Ertalabki gimnastika yasli va bogʻchalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turib oʻtkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha boʻlganlarda ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga boʻlingan guruhlarda, yoshi kattalarda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy oʻtkaziladi. Ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli xil mashqlar bajarish hamda sakrash bilan tugallanadi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qoʻshiqlar bilan oʻtkaziladi.
Tizimli oʻtkazilgan jismoniy mashqlar asosan bolalarni kuchini, elastikligini musta’kamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, har kungi bajarilgan jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sogʻliqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Kichik yoshdagilarda jismoniy mashqlar kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish va hayotda uchraydigan syujetlarni oʻz ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yoshi ulgʻaygan sari 8 tagacha bir kompleks bir haftaga moʻljallab tuziladi va 3-4 kundan soʻng qiyinlashtiriladi, 7-12 daqiqa davomida oʻtkaziladi. 6-7 yoshdagilarga esa maktab dasturi materialiga yaqin boʻlgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar dozasini uni bajarilish ogʻirligiga qarab belgilanadi. Yelka va boʻyin muskullari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel muskullari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi.
Chiniqtiruvchi muolajalar yasli va bogʻchalardagi kundalik va hayotiy chinqitirishdan tashqari bolalar bilan maxsus havo va quyosh vannalari, suvda choʻmiltirish orqali chiniqtirishlar kiritiladi. Boʻlardan tashqari yana ayrim protseduralar borki ular jismoniy mashqlar bilan qoʻshib olib borilgandagina effekt beradi. Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashgʻulotlarida plastilin bilan ishlash paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashgʻulotlari davomida oʻtkaziladi. Bu mashgʻulot uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular oʻrnidan toʻrgan, oʻtirgan holda bajariladi.
Oʻyinlar ertalab soat 1000-1200 larda va tushlikdan soʻng oʻtkaziladi. Uni maqsadi bolalarda bizga ma’lum boʻlgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir. Harakatli oʻyinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi sharoitga e’tibor beriladi. Tarbiyachi oʻyinni tanlab olgandan soʻng uni qoʻllash usuliyatini puxta oʻylab, soʻngra oʻtkazadi. Bola uchun notanish oʻyinlarni oʻynatish ancha qiyinchiliklarga sabab boʻladi. Katta yoshdagilarga esa mustaqil vazifalar beriladi. Oʻyinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7 marotaba qaytariladi. Sayohat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha boʻlganlarda esa, 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashgʻulot stsenariysi tuzilib sharoitihisobga olinishi va lozim boʻlgan jihozlar tayyorlanadi. Yoshiga qarab sayohat muddati 20 daqiqada 1,5 soatgacha davom yetkazish mumkin.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin