Ma’ruza
Mavzu: Sportchilarni tayyorlash tizimining tavsifi Reja
Sportchilarni tayyorlash tizimida moddiy-texnik ta’minot.
Sportchilarni tayyorlash tizimida tibbiy ta’minot.
Sportchilarni tayyorlash tizimida ilmiy-metodik ta’minot.
Kalit soʻzlar: Sportchilarni tayyorlash tizimi, moddiy-texnik ta’minot, tibbiy ta’minot, ilmiy-metodik ta’minot.
Mamalakatimiz sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni koʻramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir koʻrsatadilar va murabbiy bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qoʻyadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, oʻz navbatida, mashq jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:
-bugungi sportchilar erishgan yuksak koʻrsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qoʻllanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
Eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularning ustma-ust boʻlib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka boʻlgan talabni benihoya oshiradi.
Yuqori malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgar-likning shu qadar yuksak choʻqqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa koʻtarilish eng ogʻir va eng murakkab vazifa boʻlib qoldi, shunga koʻra, maxsus jismoniy tayyorgarlik
samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur boʻlib qoldi.
Mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, ogʻirlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi koʻndalang qilib qoʻyildi. Shu bilan birga, mashgʻulot samaradorligini oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda boʻlish zarurati tugʻildi. Shunga koʻra birinchidan, turlicha imtiyozli yoʻnalishlarda boʻlgan yuklamalar oʻrtasidagi eng koʻp foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi oʻrtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini toʻla amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni koʻzda tutadi.
Mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni ta’minlovchi funksional uslublarga toʻla qonli ta’sir koʻrsatish va bunday uslublarni oʻta yuksak faoliyat darajasiga koʻtarish bilan bevosita bogʻliqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab etkazishning oʻta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sogʻlom aql va hissiyotga suyangan holda hal qilib boʻlmaydi.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |