1-AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: INFORMATIKAGA OID FANLARNING SHAKLLANISH TARIXI Mashg’ulotning maqsadi: Kompyuter texnolgiyasining afzalliklari va axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari bilan tanishish, ta’limda raqamli texnologiyalarni qo’llash ko’nikmaklarini hosil qilish.
NAZARIY QISM Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Kompyuter texnolgiyasining afzalliklari bo‘yicha quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
1-bosqich (1960 - yillar boshidan) hisoblash markazlari zaxiralaridan markazlashgan tarzda foydalanishga yo'naltirilgan qo‘l mehnati amallarini bajarishda axborotni ancha samarali qayta ishlash bilan ajralib turadi. Yaratilayotgan axborot tizimlari samaradorligini baholashning asosiy mezoni ishlab chiqarishga sarflangan va tizimni tatbiq etish natijasida tejalgan miqdorlar o‘rtasidagi farq hisoblangan.
2-bosqich (1970 - yillar o‘rtalaridan) shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Axborot tizimlarini yaratishga yondashuv o‘zgardi – qabul qilayotgan qarorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirish individual foydalanuvchi tomonga siljidi.
3-bosqich (1990 - yillar boshlaridan) tijoratda strategik afzalliklar tahlili tushunchasi bilan bog‘liq, va axborotni taqsimlovchi qayta ishlash telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlariga asoslangan.
Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish hamda qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog'lanadi.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tdi.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. “Qo’llik texnologiya” deb nomlangam. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan