Mavzu: Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda biznes hujjatlarini yuritishning tutgan o'rni Raja


-mavzu. Shartnoma va kontraktlarning tuzilish asoslari. Ularga oid hujjatlar Reja



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə13/20
tarix22.05.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#127386
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilot

3-mavzu. Shartnoma va kontraktlarning tuzilish asoslari. Ularga oid hujjatlar Reja

  1. Shartnoma haqida tushuncha va shartnoma tuzishning yo’l-yo’riqlari.

  2. Shartnoma, kontrakt va uning turlari.

  3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomaning axamiyati.

Tayanch iboralar: Shartnoma, fuqarolik xuquqlari, muntazam tartibga solish, mexnat bitimi, notarial idora, ijtimoiy adolat, mexnat samaradorligi, zamonaviy mutaxassis, noilmiy yondashish, bozor mexanizmi.
1. Shartnoma haqida tushuncha va shartnoma tuzishning yo’l-yuriqlari
Ikki yoqi undan ortiq tomonning fuqarolik xuquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuv shartnoma hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron bir munosabatlar o’rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. SHartnoma fuqarolik xuquqiy bitimlarning turlaridan biri hisoblanadi. Uni farq qiluvchi xususiyati shundaki, u ikki yoki ko’p tomonlama bitimdan iborat bo’ladi.
SHartnoma davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. SHartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o’rtasida urnatilayotgan bo’lsa, bunda tuzilajaq hujjat mexnat bitimi deb ataladi. SHartnomalar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma - xil ko’rinishga ega: SHartnomalar yozma, og’zaki, notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi lozim.
SHartnomalar korxonalarga tegishli bo’lganida tomonlar imzolagunga qadar korxona hisobchisi yoki adliya maslahatchilarining rozilik belgisi bo’lishi lozim. SHundan so’ng tomonlar shartnomaga imzo quyadi. SHartnomalar 2 nusxadan kam tuzilmasligi lozim.
To’liq moddiy javobgarlik haqidagi shartnomada pul mablag’lari va moddiy tovar boyliklarini saqlash uchun mas’ul bo’lgan shaxslar bilan to’liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi. Oddiy xo’jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar:
1. SHartnoma nomi.
2.SHartnoma tuzilgan sana.
3.SHartnomaning tuzilgan joyi.
4.SHartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq va to’liq nomi.
5. SHartnomaning matni.
6.Tomonlarning xuquqiy adreslari.
7.Tomonlarning imzo va muxrlari.
SHartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi: bunda
"imzo" degan zaruriy qismda imzo qo’yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o’rnatayotgan xuquqiy shaxslarning nomi ko’rsatiladi.
SHartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi lozim, chunki har bir xuquqiy shaxs hujjatlar yig’ma jildida kamida bir nusxasi bo’lishi lozim. SHartnomaning barcha turlari bir xil xuquqiy kuchga ega bo’ladi.
SHartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga kompьyuterda bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o’zaro bir yarim oraliq bilan yoziladi. "SHartnoma" so’zini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin