Mavzu: Jadid tanqidchiligining yetakchi xususiyatlari. Teatr tanqidi. Yangi janrlar, taqriz, sharh. Reja



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə2/5
tarix24.11.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#133996
1   2   3   4   5
1-MAVZU

Eslatma: Bu maqolalar orasida faqat Ahadullo Xayrullo o’g’li maqolasi Turkiston matbuotida ilk marotaba «tanqid» terminini qo’llashi va tanqidning vazifalari haqida to’g’ri fikrlar aytishi bilan maroqlidir. Ammo muallifning konkret tanqidi badiiy adabiyotga aloqasi yo’q asarga taalluqlidir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, o’sha davrlarda faqat Turkistonda rus matbuotida bosilgan va yerli xalqlar adabiyotiga bag’ishlangan ba’zi maqolalarda, masalan, V.V.Andreyevning «Baxtsiz kiyav» (Turkistanskiye vedomosti. 1915 g. 23 sentyabr); o’sha muallif, Novo’ye techeniya v Buxare (O knige Fitrata «Munozara», «T.V.», 1916 g. 13,15,20 oktyabr) adabiy tanqidiy janr talablariga yaqinlashish bor: ularda adabiy asarga bir daraja baho beriladi, muallif faqat oddiy axborot bilan cheklanmaydi. Mana shu faktlarning hammasi oktyabrdan avvalgi adabiy tarixiy jaryonda adabiy tanqid faqat ko’rtak holda mavjud ekanini va tanqid adabiyotshunoslikni mustaqil sohasi sifatida shakllanmaganini aytishni taqozo etadi. Bu fikrlarni o’sha davrda chiqib turgan «Oyina» jurnalida (1913 y. 32 soni) bosilgan «Tanqid saralamoqdur» maqolasi ham guvohlik berib turadi: «O’qilgan kitoblarni ma’nan taftish etib, undagi nuqsonlarni bayon etmak tanqiddur, taarruz va dushmanlik emas. Bizni Turkistonda yangi maktablar ancha bordur, yangi risolalar hiyla bosilib turibdur, ammo hanuz tanqid davriga yetushganimiz yo’q». Lekin shuni ham alohida qayd etish kerakki, ko’rtak holda mavjud bo’lgan bu adabiy tanqidning oktyabrdan avvalgi o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga yarasha ijobiy rol o’ynaganini tan olish bilan birga, shuni ta’kid etish kerakki, rivojlangan ilmiy, haqiqiy adabiy tanqid O’zbekistonda faqat 1920 yillardan so’nggi davrda paydo bo’ldi va rivojlandi.
20 yillarda tom ma’nodagi professional adabiy tanqid o’z vazifalarini to’g’ri belgilab olishga urindi. Bu boradagi ilk mahsulotlarning kuchli va zaif tomonlari o’sha davrdagi sinfiy kurash, ijtimoiy va mafkuraviy hayotdagi ziddiyatlar bilan izohlanadigan hodisalar edi.
T A Q R I Z
Adabiy tanqidning eng qadimiy janri. V.G.Belinskiyning “Aqllilik balosi”, A.S.Griboyedov asari, “Zamonamiz qahramoni. M.Lermontov asari”, N.G.Chernishevskiyning “Kambag’allik ayb emas. A.Ostrovskiy komediyasi”, “N.Ogoryov she’rlari”, N.A.Dobrolyubovning “Zulmat ichra nur” singari monografik taqrizlari qimmatbaho uzukka qo’yilgan bebaho ko’z vazifasini o’tadi. Shoh asar shuhratini yetuk taqrizlar avloddan avlodga yetkazganday, tanqidchilikning toji bo’lgan maqolalar taqrizlarning uzoq “umr” ko’rishida o’lmas asarlarning hissasi katta. Demak, taqriz-tanqidchi qalamining qayroqi, “tanqidchining tikonli guli” (I.G’afurov), tanqidiy bahoning izchil o’lchovi, adabiy talqinning lo’nda, siqiq ko’rinishi. Har zamon ruhi taqrizda aks etadi. 20-50-yillar tanqidchiligida, xususan, taqrizda vulgar-sosiologik qarash aks etdi. Asarning qanday yozilganligidan ko’ra u kim tomonidan yaratilganligiga e’tibor berildi. Taqrizchi asarning g’oyaviy asosi, qahramonlarning qaysi sinf vakili ekanligi, sosialistik realizm metodi talablariga qanchalik mosligi singari masalalarga birma-bir to’xtalish joiz edi. Taqrizlar g’oyaviy-estetik yaxlitdan ko’ra, anketa savollariga javobga o’xshab qolardi. 60-yillardan boshlab o’zbek tanqidchiligida g’oyaviy-estetik tahlil jonlana bordi. 60-yillardan boshlab, hayotimizda demokratiya, oshkoralik ruhi aniq sezila boshlandi. “Sinchalak”, “Muqaddas”, “Qadrim”, “Qaro ko’zlar”, “Sevgim, sevgilim” singari asarlarga yozilgan taqrizlar sistemali tahlil, asarning badiiy-estetik mohiyatini ochishga harakat sezildi. “Ulug’bek xazinasi” romani yaratilgach, tanqidchilikning diqqati shu asarga qaratildi. P.Shermuhammedovning “Ulug’bek xazinasi” (“Sovet O’zbekistoni”, 1973 yil 26 avgust), N.Xudoyberganovning “Ikki hayot, ikki o’lim” (Toshkent oqshomi”, 1973 yil 14 sentyabr), I.G’afurovning “Roman tarix oynasi” (“O’zbekiston madaniyati”, 1974 yil 6 avgust) taqrizlari bosildi. Mazkur taqrizlarda g’oyaviy-estetik tahlil, har bir munaqqidning uslubi, nihoyat, turg’unlik yillarining ayrim belgilari aks etdi. P.Shermuhamedov taqrizida roman tili masalasi, N.Xudoyberganov maqolasida qarama-qarshi obrazlar qiyosi, I.G’afurov ishida romandagi uslubiy toblanishlar har xilligiga urg’u beriladi. G’oyaviy-badiiy mukammal asarlar haqida ijobiy taqriz yozilsa, yaxshi asarni “a’lo” deb ulug’lansa, unga katta gunoh bo’lmaydi. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi yetuk tanqidchilar tomonidan yuksak baholandi. O.Sharofiddinov “Ona” (“O’zb. Adabiyoti va san’ati) gazetasi, 1982 yil 23-son), M.Qo’shjonov “Onaga ta’zim” (“Qishloq haqiqati” gazetasi, 1982 yil 66-son), S.Mirvaliyev “Ona haqida qo’shiq” (“Yosh leninchi gazetasi, 1982 yil, 23-son), B.G’ulomov “Mehr dostoni” (“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1982 yil, 23-son) taqrizlarida “Dunyoning ishlari” qissasidagi yuksak badiyilikni, emosional ta’sirlilikni alohida ta’kidladilar. Tanqidchi N.Xudoyberganov “Me’yor va tasvir” maqolasida “Dunyoning ishlari” yaxshi asar ekanligini tan oladi-yu, biroq uning o’ta maqtab yuborilishiga, qissa muallifini, o’zbekning Aytmatovi, Markesi darajasiga ko’tarib qo’yilishiga qarshi chiqadi. N.Xudoyberganov asarda kamchilik bor ekanligini his qiladi, lekin u nimalarda ko’rinishini aniq aytib berolmaydi. Turg’unlik yillarining illatini taqriz janriga munosabat, uning adabiy jarayondagi o’rnida aniq sezish mumkin. Turg’unlik yillari (70-80) taqrizchiligida ofarinbozlik, ko’tar-ko’tarchilik ruhi yetakchilik qildi,-deb to’g’riqayd etiladi Norboy. Xudayberganov va Abdug’afur Rasulovlarning «O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi»darsligida.-O’rtaga, hatto yaroqsiz asarlar haqida maqtov taqrizlar bosildi. 70-80-yillardagi taqrizlarga qarab o’zbek adabiyoti haqida fikr yuritsak, bizda kashfiyot, nodir, mo’jiza asarlar to’lib-toshib ketdi. Bo’sh asarlar bo’sh taqrizlarda, havaskor tanqidchilar tomonidan maqtalsa, uni tushunish mumkin. Yomoni shundaki, estetik didi yuksak, kitobxonni o’z og’ziga qaratib o’rgangan tanqidchilardan M.Qo’shjonov, I.G’afurov, N.Xudoyberganov, O.Abdullayev, U.Normatovlar “Navro’z”, “Momaqaldiroq” (N.Safarov) “So’nggi barxan”, “Degrez o’g’li”, “Chotqol yo’lbarsi” singari asarlarga maqtov taqrizlar bitdilar. O’rtamiyona asarlar ko’paya borgani, maqtov taqrizlar soni orta borgani sayin tanqidchilikda tang ahvol yuzaga keldi. Tanqidchi Rafael Mustafin “taqriz-so’z bilan berilgan pora” degan aybnomani aytgan edi. Ustiga ustak taqrizni adabiy-tanqidiy janrdan chiqarib tashlashni taklif qildi. Emishki, taqriz adabiy-tarixiy jarayondan chetda turib metodologik asoslarga suyanmasdan yaratiladigan, demakki, ilmga aloqasi yo’q janr deb ham e’lon qildilar (“Voproso’ lit-ro’ “ jurnali, 1985, 10-son, 76-bet). Taqriz madhiyabozlik, oshna-og’aynichilik kasriga qolib yomon otliq bo’ldi. Lekin u adabiy jarayondagi o’rnini zinhor yo’qotmadi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin