7-ma\'ruza. Chiziqsiz matematik modellar (chiziqsiz Maltus modellari).
2.Misarovich-Pestel’ning «Hayotini saqlab qolish strategiyasi» loyihasi. Global modellashtirish buyicha navbatdagi bosqichi Misarovich (AQSh) va E.Pestel’ (FRG) rahbarligida «Hayotni saqlab qolish strategiyasi» loyihasi yaratildi. Bu loyiha mualliflari «Mir-3» modelini mixanik model deb baholadilar va dunyoning kibernetik modelini yaratish masalasini ilgari surdi. Uning yaratilishida quyidagi 3 ta tezes asos qilib olindi:
1. Inson bilan atrof-muhitning murakkab uzaro ta’sirini ask ettirishga muljallangan model kup pogonali hamda lerarxik tuzilishga ega bulishi zarur.
2. Modelda dunyo taraqqiyotiga insolnning ongli faoliyatni ta’sirini xisobga olishi va modelni boshqarish punkiti uning natijalariga qaror qabul qilish imkoniyati berilishi nazarda tutilgan. Buning uchun esa modelda tadqiqotcht va EHM urtasida muloqot rejimini amalga oshirilishi kerak.
3. Dunyoni yaxlit tizim sifatida emas, balki rivojlanish darajasi, aholisi kabi parametrlari bilan farq qiluvchi uzaro boglangan mintaqalar tizimi sifatida qarash kerak.
Misarovich-Pestel’ning (M-II) modelida dunyo barcha mamlakatlari uzlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi va rivojlanish darajalari buyicha 10 ta mintaqadaga birlashtirilgan. Har bir mintaqa uzining mintaqaviy model osti sistemalari orqali tavsiflanadi. Ularning tuzilishi barcha mintaqalar uchun bir hil farqi esa boshlangich ma’lumotlar va parametrlarida.
Mintaqalarning uzaro aloqAsi aholi migaratsiyasi mahsulotlarini import va eksport orqali amalga oshiriladi. «Yashab qolish strategiyasi» loyihasida muqim urinni «Neft krizisi» inergetik modeli egallagan. Unda neft qazib olish va istemol qilishning mintaqalari urtasida taqsimoti tekshiriladi. Bu maxsus yaratilgan mustaqil model bulib, neft reserslarining asosiy qismi modellari bilan birga ularning tarkibidagi iqtisodiyot bilan dimografiyaning qism modellari ham kiritilgan. Misarovich-Pestel’ loyihasining qism modellari sistemalari kurinishida bulib, ularda bir qator parametrlar Aniqlanmagan. Bu parametrlar nabori uchun vaqtning qaralayotgan stsenariyni taxlash mumkin. Stsenariyni qaror qabul qiluvchi shaxs (tadqiqotchi) tasdiqlaydi.
Tadqiqotchi uz nuqtai nazari buyicha turli stsenariylardan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega. Shu tariqa tadqiqotchi bilan EHMning ketma-ket muloqoti M-2 modelida quyidagilar amalga oshiriladi.
1. Tadqiqotchi stsenariyni boshqaradi.
2. EHM harakatlantirish (rivojlantirish) proektoriyasini xisoblaydi.
3. Tadqiqotchi natijalarini baholaydi.
Agar olingan natijalar qoniqarli bulmasa, Yangi stsenariy tanlanadi. Kutilgan natijani olish tadqiqotchining mahoratiga, tajribasiga ham bogliq. Bu kamchilligiga qaramasdan Misarovich-Pestel’ guruhi a’zolari dunyo tadqiqotchilarini modellashtirishdaYangi qadamni boshlab berdi.