3. To’yinmagan va ikki asosli karbon kislotalar M o l e k u l a s i d a i k k i t a k a r b o k s i l g u r u h – COOH bo’lgan va faqat birlamchi bog’ tutgan birikmalarga to’yingan i k k i a s o s l i k a r b on (dikarbon) kislotalar deyiladi. Ularning eng oddiy vakili
HOOC– COOH oksalat kislotadir.
Oksalat kislota eng oddiy ikki asosli kislotadir. Uning tuzlari oksalatlar deyiladi. Ularning ba’zilari qiyin erib buyrak va siydik qopida toshlar hosil qiladi (oksalat toshlari). Bunday tuzlarga kalsiy oksalat kiradi.
To’yingan ikki asosli karbon kislotalar bir asosli karbon kislotalarga nisbatan kuchliroq, ular oson dissotsialanadi. Ular bir asosli kislotalarga xos barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi.
Bundan tashqari, faqat ikki asosli kislotalar uchun xos bo’lgan reaksiyalar ham mavjud. Ular bir asosli kislotalarga nisbatan turg’un emas. Qizdirilganda dekarboksillanish, yoki degidratlanish reaksiyalariga uchraydi. Masalan, oksalat kislota qizdirilsa birinchi bosqichda dekarboksillanib karbonat angidrid va chumoli kislota hosil bo’ladi.
HOOC– COOH ↦ CO2 + HCOOH
Ikkinchi bosqichda chumoli kislota suv va uglerod (II) oksidga ajraladi.
HCOOH↦ H2O + CO Malon kislota qizdirilganda dekarboksillash reaksiya sodir bo’lib, sirka kislota bilan karbonat angidrid hosil bo’ladi.
Qahrabo kislota qizdirilganda suv ajralib besh a’zoli siklik angidrid hosil qiladi.
Dekarboksillash reaksiyasi in vitro holatda qizdirganda amalga oshadi, in vivo holatda dekarboksilaza fermenti ishtirokida amalga oshadi.
Y u q o r i m o l e k u l y a r to’ y i n g a n k a r b o n k i s l ot a l a r C15H31COOH – palmitin kislota, C17H35COOH – stearin kislotalar karbon kislotalarda xos bo’lgan barcha xossalarni namoyon qiladi. Ular ko’p atomli spirt glitserin bilan reaksiyaga kirishib yog’lar hosil qiladi.
T o’ y i n m a g a n y u q o r i m o l e k u l y a r k a r b o n k i sl o t a l a r C17H33COOH – olein kislota, C17H31COOH –linol kislota, C17H29COOH – linolen kislotalari karbon kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Glitserin bilan reaksiyaga kirishib moylar hosil qiladi.
Karbon kislotalar va ularning hosilalari tibbiyotda keng qo’llanadi. Sirka kislotaning kaliyli tuzi CH3COOK kuchsiz siydik haydovchi xossaga ega. Qo’rg’oshin atsetatning suyultirilgan eritmasi teri va shilliq pardalar yallig’langanda ishlatiladi.
Izovalerian kislota (CH3)2CH–CH2–COOH valerian nastoykasi, validol va bromizoval kabi moddalar tarkibiga kiradi va tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Natriy benzoat C6H5COONa kuchsiz dezinfeksiyalovchi va balg’am ko’chiruvchi vosita.