Kasbga doir konsultatsiyaning bu turi o’quvchilarga o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholash, faoliyatning individual uslubini hosil qilish imkonini beradi, shaxsiy qiziqish va qobiliyatlarini bozor iqtisodiyotining malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari bilan moslashtirish uchun yaxshi sharoitni ta`minlaydi. Biroq, kasbga doir konsultatsiyaning bu turi bo’yicha bir qator nazariy va metodik masalalarni etarli ishlab chiqilmagani va tayyorgarligi bo’lgan mutaxassislarning kamligi muayyan darajada qiyinchiliklar tug’-diradi. Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, hozirgi paytda psixologik-pedagogik konsultatsiya masalalari bo’yicha muayyan ishlar qilinmoqda, keyinroq ularni amalga oshirish yuzasidan qator metodik tavsiyalarni beramiz.
Eng ko’p tarqalgan metodlardan biri suhbat metodi. Bu metodning maqsadi o’quvchi shaxsining mayli va kasbga doir qiziqishlarini aniqlashdan, zarur hollarda esa kasbga doir qiziqishlarni jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlariga muvofiq ravishda tuzatishdan iboratdir.
Psixologik konsultatsiyalar tizimida suhbatlar aniqlangan qiziqishni rag’batlantirish va rivojlantirishga, yoki aksincha, xato, keraksizlarini to’xtatish hamda muayyan mayl va kasbga doir qiziqishni boshqa yo’nalishga solib yuborishga qaratilgan bo’ladi. Bunda psixologik-didaktikaning tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish, koyish kabi usullaridan foydalanish zarur. O’quvchi bilan konsultant o’rtasida muvaffaqiyatli psixologik aloqa o’rnatish,uni mahorat bilan o’tkazilishiga bog’liq, optimal psixologik sharoitlar yaratish esa konsultant bilan o’quvchi muammosining boshlang’ich bosqichida tez-tez uchrab turadigan tanglik to’sig’ini bartaraf ztishga yordam beradi. Ammo kasbga doir konsultatsiya suhbatining xarakteri, konsultatsiya o’tkazilayotgan davrga qarab, har xil: bu dastlabki davri — kirish va tashxis, keyingi davri — aniqlovchi va axborot xarakterida bo’lishi mumkin. Masalan, aniqlash suhbatining maqsadi o’quvchining kasb tanlashining haqiqiy sababi, uning to’g’ri tanlashiga bo’lgan ishonch darajasinianiqlashdan iborat, chunki kasbga doir konsultantning mazkur o’quvchi bilan bundan keyingi olib boriladigan ishlarining muvaffaqiyati shunga bog’liq.

Aniqlovchi suhbatdan oldin o’quvchilar tekshiruvdan o’tadilar. Tekshiruv anketa savollariga javob olish, qiziqish, kartalarini to’ldirtirish, ota-onalar, fan o’qituvchilarining o’quvchilarga bergan xarakteristikasi yordamida amalga oshiriladi.