Mavzu: kasbga yo’naltirish asoslari to’G`risidagi ta`limot reja



Yüklə 412,5 Kb.
səhifə7/14
tarix21.10.2022
ölçüsü412,5 Kb.
#118463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
1.2 prezentatsiyasi

Ayniqsa qishloq yoshlarining qishloq xo’jaligida eng ko’p tarqalgan mexanizatorlik kasbiga intilishlari qayd qilinadi. Mexanizator mehnatining qiziqarli tomoni shundaki, bunda mashinalar sistemasi o’simliklarning rivojlanish biologiyasi hamda qishloq xo’jaligi ishlarining mavsumiyligini hisobga olgan holda yaratiladi, shuning uchun ham o’quvchilarning texnikaga oid bilim va ko’nikmalari agrotexnika bilimlari bilan birgalikda olib borilishi kerak.

  • Ayniqsa qishloq yoshlarining qishloq xo’jaligida eng ko’p tarqalgan mexanizatorlik kasbiga intilishlari qayd qilinadi. Mexanizator mehnatining qiziqarli tomoni shundaki, bunda mashinalar sistemasi o’simliklarning rivojlanish biologiyasi hamda qishloq xo’jaligi ishlarining mavsumiyligini hisobga olgan holda yaratiladi, shuning uchun ham o’quvchilarning texnikaga oid bilim va ko’nikmalari agrotexnika bilimlari bilan birgalikda olib borilishi kerak.
  • O’quv korxonalarida mehnat darslarining yaxshi yo’lga qo’yilishi o’quvchilarning sanoat mehnatining har xil turlariga ishtirok etishlarida hal qiluvchi axamiyat o’ynaydi. Ammo bu masalada erishiladigan muvaffaqiyat ko’pincha o’quvchining o’ziga, uning intizomliligi, tirishqoqligi, ishga o’ylab, jiddiy munosabatda bo’lishiga bog’liq.
  • O’quvchilarning metallga ishlov berish stanoklarida qo’l va mexanizatsiyalashgan asboblar yordamida konkret o’quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishi ularni sanoat ishlab chiqarishida ko’proq tarqalgan turli xil ixtisoslar: chilangarlik, tokarlik, frezerlik, randalovchi, parmalovchi siigari kasblar bilan tanishtiribgina qolmay, balki ularda mehnatning bu turlaridan birini egallashga bo’lgan qiziqishini ham rivojlantiradi.

Darsdan tashqari vaqtlardagi kasb tanlashga yo’llash ishlarining forma va metodlari.

  • O’quvchilarda kasbga oid qiziqishlarni o’stirishda fermer xo’jaligiga, sanoat korxonalariga uyushtiriladigan ekskursiyalar samarali vosita hisoblanadi.
  • Ekskursiyaga maktab o’qituvchisigina emas, ishlab chiqarishda uchrashishni mo’ljallayotgan kasb egalari ham puxta tayyorlik ko’rishlari lozim. Ekskursiya boshlanishi oldidan o’quvchilar mazkur korxonaning ichki-tartib qoidalari, ya`ni xavfsizlik texnikasi, uning territoriyasi va tsexlarida o’zini tutish koidalari bilan tanishtirilgan bo’lishlari kerak. SHuningdek, o’qituvchi ularga tsexlarni jihozlanishi, xom ashyo, texnologik jarayonlar, tayyorlanadigan mahsulot va kasbga oid materiallar yig’ish bo’yicha aniq topshiriqlar berishi darkor. Buning uchun korxona vakili ishlab chiqarish xarakteri, uning mahsuloti, yangi texnikaning joriy qilinishi va fan yutuqlari, ishlab chiqarish ilg’orlari, ratsionalizatorlar, ixtirochilar haqida; o’qish, turmush, ommaviy-madaniy ishlar, korxonaning rivojlanish istiqbollari, jamoaning asosiy vazifalari haqida; kichik mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj haqidagi masalalarni yoritib berishi kerak.
  • O’quvchilar ekskursiyadan olgan taassurotlari va to’plagan materiallarini hisobotlar, insholar, referatlar, stendlar, albomlar tarzida rasmiylashtirishlari lozim. SHunday qilib, korxonaga uyushtirilgan ekskursiyalar o’quvchilarga ularning tanlagan kasbga munosabati hamda unga bo’lgan professional qiziqish darajasini aniqlashda yordam berishi kerak.

Yüklə 412,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin