Мавзу: Комил Хоразмий


– asosiy masalaning bayoni



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə73/95
tarix11.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#129983
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
Мавзу Комил Хоразмий

1 – asosiy masalaning bayoni:

Avaz O’tar o’g’li 1884 yil 15 avgustda Xiva shahrida hunarmand oilasida tug’ildi. Avazning otasi Polvonniyoz O’tar Gadoyniyoz O’g’li bo’lib, u sartaroshlik kasbi bilan shug’ullanar edi. Xalq o’rtasida usta O’tar nomi bilan shuhrat qozongan bu kishi sanat adabiyot havaskori bo’lib, zamonasining ilg’or, ilm - marifatli kishilari bilan yaqin aloqada bo’lgan edi. Uning uyida, ko’pincha, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mutrib, Xonaharobiy, Bayoniy va boshqa shoirlar ishtirokida adabiy majlislar o’tkazilar, qizg’in ijodiy suhbatlar uyushtirilar edi. Bu o’tirishlarda, tabiiyki, yosh Avaz ham ishtirok etgan.


Avaz 8 yoshga kirgach, Usta O’tar uni o’qishga berdi. Ziyrak Avaz muvaffaqiyat bilan o’qidi. U 11 yoshida boshlang’ich maktabni bitirib, Xiva madrasalaridan biriga kirdi. Avazning madrasadagi o’qishi ham muvaffaqiyatli o’tdi. Uning sanatga va adabiyotga qiziqishi zo’r bo’lib, bu sohalarni chuqur o’rgandi.
Malumotlarga qaraganda, Avaz O’tar 14 yoshlaridayoq sher yozishga kirishgan, 18 yoshlarida esa xalq o’rtasida shoir sifatida tanilgan.
Shoir bosib o’tgan ijodiy yo’lni quyidagi uch davrga ajratish mumkin.
1. Avaz O’tar ijodining ilk davri. Bu davr XIX asrning oxirlaridan 1905- yilgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu vaqtlarda Avaz O’tar yosh shoir sifatida izlanish, o’rganish davrini boshdan kechirdi.
2. Avaz O’tarning 1905 yildan 1914 yilgacha bo’lgan davrdagi ijodi. Bu davrda Avaz O’tar klassik adabiyotning eng yaxshi an’analarini davom ettiruvchi shoir sifatida kamol topa boshladi.
3. Avaz O’tarning 1914 yildan umrining oxirigacha bo’lgan davridagi ijodi. Bu davrda Avaz O’tar ijodida ma’rifatparvarlik va ozodlik g’oyalari ilgari suriladi.
Avaz O’tar o’g’li she’riyati mazmunan boy, shaklan rang-barangdir. Avaz O’tar she’riyatining asosiy mavzusi muhabbatdir. Bu mavzu orqali shoir chuqur insoniy his-tuyg’ularni tarannum etdi. Muhabbat, sadoqat, samimiyat, vafodorlik kabi insoniy fazilatlarni kuylash Avaz O’tar she’riyatining etakchi g’oyaviy asosini tashkil etadi.
Avaz O’tar she’riyatida ruboiy va qit’alar alohida o’rin tutadi. qit’a va ruboiylar ishqiy, axloqiy, falsafiy mavzulardan tashqari hajviy yo’nalish ham ko’p uchraydi.
Avaz O’tarning faqat qit’a va ruboiylaridagina emas, balki uning lirik she’rlarida – g’azallarida ham bunday satiralar bor. Masalan, «Shayx, «Ikki shayx» she’rlari din ahllarini fosh qilishga qaratilgan bo’lib, ular hajviy ahamiyatga molikdir. Lekin hajviy mavzu, ayniqsa, uning qit’a va ruboiylarida keng ishlangan.
Avaz O’tar she’riyatida tekinxo’r, munofiq din ahllarini – riyokor shayxlarni tanqid qilish katta o’rin tutadi. Shuningdek, shoir jamiyat illatlarini ham izchillik bilan fosh etadi, xalq manfaati uchun zararli bo’lgan hodisalarni tanqid qiladi, mehnatkashlar ustidan zulm o’tkazayotganlarga la’natlar o’qiydi.

Yomonlarning, yomoni andoq odamdur jahon ichra,


Yiroq o’lg’usi to o’lguncha insof – diyonatdin.
Olib mazlumlar molini yuz ming zulmu kin birla,
qilur behonumon xavf etmayin yavmi qiyomatdin.

Avaz O’tar qitalari ichida «Faloniy» so’zi bilan boshlanadigan hajviy turkum uchraydi. Ko’pincha, to’rt va olti misradan iborat bo’lgan bu sheriy parchalarni shoir din ahlariga, boylarga, amaldorlarga va badfel odamlarga bag’ishlaydi. Masalan, bu turkumga kirgan qitalarning birida Avaz O’tar boylar va ularning fel–atvorini hajv ostiga oladi.


Falon bozilga bo’lsun borcha doshnom uzra doshnom.


Ki faqir ahlig’a javr aylab, g’aniylarga qilur inom.
Tanaum ahlig’a nemat qo’yub, och ahliga bermas.
Xush erdi topsa andok elni umri muddati itmom.

Muhokama uchun savollar:





    1. Avazning otasi, yani Polvonniyoz O’tar Gadoyniyoz o’g’lining adabiyotga va sanatga bo’lgan munosabati qanday edi?

    2. Avazning ilk ijodi qaysi yillardan boshlangan?

    3. Avaz O’tar ijodining ilk davri haqida nimalar bilasiz?




Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin