2.2. O'qish darslarida qo'llaniladigan metodla
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o 'rta ta ’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta ’kidlangan.
Ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o'qishga o'rgatish yo'lyo'riqlarini o'qish metodikasi ishlab chiqadi. O'qish metodikasi kichik yoshdagi o'quvchilaming umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O'qish darslarining samaradorligi k o 'p jihatdan ta ’lim metodlarining to 'g 'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o 'q ish quruq yod olish metodi asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, m a’nosini tushuntirishga, o'qilganni qayta hikoyalashga, um um an olganda, o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e ’tibor berilmagan. Ularda ko'proq to 'g 'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o'q ish izohli o'qish metodi asosida olib bori-layotgan ekan, quyidagicha savol tug‘iladi: Izohli o'qish nima?Izohli o'qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o ‘qishda o'quvchilarni „ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta ’kidlaydi va uni „Izohli o 'qish" deb nomlaydi.
Izohli o 'q ish metodiga K .D .U sh in sk iy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. K orf va Vaxterev izohli o 'q ish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o'qitishning m azm uni va usullari haqida fikr yuritib, o'quvchilam ing oldin bilimlarni o'zlashtirishiga, so'ng yod olishlariga e ’tibor berilishi ta ’lim jarayonida izohli o'qish deb nom langanini ta ’kidlaydi.
Dem ak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to 'liq idrok qilishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta ’minlaydi.
Izohli o'qish quyidagi tamoyillarga to'liq amal qilingandagina muvafTaqiyatli bo'ladi:
1. O 'qishni hayot bilan bog'liq holda tashkil etish.
2. O 'qishning ongli va ta ’sirchan bo'lishi uchun o'quvchilam ing hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.
3. O 'qishni ko'rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o'sim liklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predm etlar bilan tanishtirish ham d a matnni o'quvchining ifodali o'qishi tarzida olib borish.
Boshlang'ich sin f o 'q ish darslarida asosan sh e’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishm oqlar, ilmiy-ommabop asarlar o 'q ib o'rganiladi. Tabiiyki, ularning h ar biri o'ziga xos shakl, uslub va mazm unda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o'qishga yaqin bo'lgan m etodlardan biri ijodiyo'qishd'u. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o 'q ish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:
a) o'qituvchUarning badiiy matnni sharhlab o'qishi ham da o 'quv- chilarning asarni to 'g 'ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta ’minlash maqsadini ko'zda tutuvchi so'zi;
b) o'qilgan asardan o'quvchilam ing bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo'lgan va ularning diqqatini matnning m uhim g'oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo'naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o'qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy m uammoning qo'yilishi;
d) o'qituvchining asar o'qilganidan keyin o'quvchilam ing asami tadqiq etish jarayonida tug'ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko'zda tutuvchi so 'zi8.
Ko'rinadiki, ijodiy o'qish izohli o'qishdan farqli o'laroq, to 'g 'rid an to 'g 'ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi.
Masalan, 4-sinfda A. Oripovning „D ehqonbobo va o 'n uch bolakay qissasi" asarini ijodiy o'qish metodi asosida o'rganish jarayonida m atn m azm uni va shoir g'oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog'liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda ,,0 'tin c h i yigit", 3-sinfda O 'tk ir Hoshimovning „X azonchinak", 4-sinfda S. Anorboyevning Q o 'rq o q " asarlarini ham ijodiy o'qish metodi asosida o'qitish ijobiy samaralar beradi.
Ifodali o‘qish. Boshlang'ich ta ’lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to 'g 'ri, tushunib, tez (m e’yorida) o'qish) va adabiy o‘qish mukammal o'zlashtirilganidan so'ng ifodali o'qishga o'tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o'qishni ham o 'z ichiga oladi. Ifodali o'qishning muvaffaqiyati o'quvchilaming asar mazmuni, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo'lishi bilan bog'liq.
Ohang va intonatsiya sh e’riy asarlarni ifodali o'qishda qay darajada muhim bo'lsa, nasriy asarlarni o'qishda ham muhim talablardan biridir.
Nasriy asarlarni ifodali o'q ish d an oldin un d a qanday g'oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To'xtaboyevning „Xatosini tushungan bola" hikoyasini ifodali o'qishdan oldin o'quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, Lining xatosi nimalardan iborat bo'lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to'g'risida tusliuncha beriladi.
Ifodali o'qish oldiga qo'yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning „H ar kim ekkanin o 'r ar " , S h .S a ’dullaning „Laqma it", A.Oripovning „Dehqonbobo va o 'n uch bolakay qissasi" kabi she’riy hikoyalarini o'qishga ham xosdir.
Badiiy o‘qish. Badiiy o ‘qish ifodali o'qishning yuksak bosqichi h isoblanadi. Unda so ‘z san’atining barcha kom ponentlari ishtirok etadi.
U o'quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san ’atkorona o ‘qishni talab etadi. Badiiy o'qishda asar qahram onlarining ruhiy holati, kechinmalari to ‘la anglab etilgandagina ta ’sirchanlikka erishish mumkin.
Badiiy o'qishga tayyorgarlik ko'rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Badiiy o'qishning muvaflfaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o‘qishdir. Masalan, 3-sinfda X .To'xtaboyevning ,,Hassa“ hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkat-ning javoblari yoki S.Anorboyevning ,,Bahs“ hikoyasidagi bolalaming bahslashish epizodi yuzasidan o'qituvchi topshirig'iga k o 'ra mazkur o'rinlarni tanlab qayta o'qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiyestetik qimmatini chuqurroq o'zlashtirishga erishiladi.
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o'quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahram onlarga baho b erishda keng qo'llaniladigan usuldir.
O'qish darslarida reproduktiv metod keng qo'llaniladi. Masalan, o'qituvchi dastlabki darslarda o'zi asar matnini qismlarga bo'ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo'lgan muhim fikriga o'quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko'rsatadi, o'quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan m a’noni ochib, o'quvchilarga ko'maklashadi.
Bularning bari o'quvchilar uchun bir ko'rsatm a vazifasini o'taydi. Shundan so'ng o'quvchilar o'qituvchining k o'rsatm alari yordamida yuqorida ko'rsatib o'tilgan vazifalarni o'zlari mustaqil ravishda bajaradilar.
Yuqorida ta ’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang'ich sinf o 'q ish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan „Aqliy hujum ", „Tarm oqlash", „G u m h larb ilan ishlash", „ Blis texnologiyasi" kabilardan ham foydalanish yaxshi sam ara beradi.
Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, h ar b ir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullami qo‘llash o'qituvchi tom onidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
Xulosa.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanini o’qitishda asosiy e’tibor o’quvchida tilga doir to’rt ko’nikma: o’qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so’zlar va yozish xamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
Ta’lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslaniladi, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek faoliyatga yo’nalgan yondashuv, ongli yondashuv, kashfiyotchilik yondashuvi farqli va tanqidiy yondashuv kabilar e’tiborda bo’lishi lozim.O’quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi va nutqini o’stirishning zaruriy omillaridan biri lug’atlar ustida ishlashdir. Lug’atlar o’quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi ijodiy fikr mahsulini og’zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan bexad qimmatli va boy so’z zaxirasini vujudga keltiradi.
Lingvodidaktika – til o’qitish demakdir. Til uzoq davr o’tishi bilan kishining ehtiyojiga muvofiq ravishda o’zgarib boyib borgan.Kishi tilni raraqqiy ettirishi bilan birga uning mukammallashib borishi xam kishi bilim tajribasining takomillashuviga hamda ajdodlar avlodiga o’tishiga imkon bergan. Natijada fan, madaniyat, texnika vujudga kelgan va taraqqiy etgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan.
Tilning taraqqiy etishi deganda lug’at boyligining oshishi, ichki qonun qoidasining qulaylashib borishi tushuniladi.
2 sinf darsligida “Keksa kulol va shogird” ertagi. O’qituvchi ertakni darslikdan ifodali o’qib beradi. O’quvchi tinglaydi. Matnda uchragan notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi o’tkaziladi. Masalan: Mo’ysafid
– soch saqoli oqargan keksa chol Kulol – loydan sopol buyumlar yasaydigan xunarmand. Miridan sirigacha
– mayda chuydasigacha batafsil Dastmoya
– ozgina pul mablag’ Batafsil
–butun tafsiloti bilan, xech qoldirmasdan.
Boshqa ertak, xikoyalarda xam lug’at ustida ishlash ishlari olib boriladi. Ona tili o’qitish metodikasi psixologiya va pedagogikama’lumotlariga xam tayanadi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish savodxonligi darslarida didaktika bilan, ya’ni bilimning umumiy nazariyasi bilan xam bog’lanadi. Metodika didaktika belgilab bergan qouniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi.
Leksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi ( ma’nodosh va zid ma’noli so’zlarga oid xilma-xil mashqlar o’tqazish, ko’p ma’noli so’zlar, ularning ma’no bo’yoqlari ustida ishlash )ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
Masalan: 4 sinf o’qish kitobida “Xarita” matni ustida ishlagandaso’z va iboralar lug’ati quyidagicha bo’lishi mumkin. Og’zing ochilib qolsin – xayron bo’lib qolgin Qolipdan chiqqan g’ishtdek
– hamma tamoni birdek tekis Loqayd
– befarq Kashfiyot –izlanishlar natijasida yaratilgan narsa, ixtiro Ayilday botdi
– qattiq tegdi, ranjitdi. Pisanda qilmoq
– oldindan biror shart qo’ymoq; ta’kidlamoq.
Dostları ilə paylaş: |