Mavzu: Operatsion tizimlar



Yüklə 27,2 Kb.
səhifə4/4
tarix26.11.2023
ölçüsü27,2 Kb.
#135302
1   2   3   4
1-mavzu Operatsion tizimlar” fanidan Mustaqil ish Mavzu

Mutanosiblik printsipi (sovmestimostg`). Bu printsip, bir OT uchun yaratilgan dastur ta’minotining (DT) boshqa OT va shu OT ning oldingi versiyalarida ham bajarilish imkoniyatini belgilaydi. Mutanosiblik ijro fayllari va dastur berilgan matni darajasida bo`lishi mumkin. Birinchi holatda tayyor dasturni boshqa OT da ishga tushirish mumkin. Buning uchun mikro`rotsessor komandasi, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblik talab qilinadi. Qoida bo`yicha,mashina kodini qayta kodlash imkonini beradigan va ularni boshqa protsessorlar terminlaridagi ekvivalent komandalar ketma-ketligiga almashtiradigan maxsus ishlab chiqiladigan emulyatorlardan foydalaniladi. Boshlang`ich matn darajasidagi mutanosiblik, mos translyator mavjudligini, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblikni talab qiladi.


Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi. Ochiqlilik taxlil uchun nafaqat tizimli mutaxassislarga balki foydalanuvchilarga ham imkoniyat borligini ko`zda tutadi. Qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish, OT tarkibiga yangi modullar qo`shish va mavjudlarini o`zgartirish (modifikatsiya) imkonini beradi.
OT ni mikroyadro strukturasidan foydalanib, klient-server texnologiyasiga asosan qurish, qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish keng imkoniyat yaratadi. Bu xolda OT imtiyozli boshqaruvchi dasturlar va imtiyozsiz server-xizmatlar majmuasi tarzida quriladi. Asosiy qism o`zgartirilmasdan qolib, serverlar oson o`zgartiriladi, almashtiriladi va qo`shimcha qo`shiladi.


Mobillilik printsipi (ko`chirib o`tkazish). Bu printsip OTni bir platformadan, boshqa ti`dagi platformaga ko`chirish imkonini nazarda tutadi. Ko`chirib o`tkaziladigan OT ni ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi: OT ning deyarli katta qismi, foydalanishga mo`ljallangan hamma platformalarda translyatorlari mavjud bo`lgan tilda yoziladi. Bu yuqori darajadagi, qoida bo`yicha S tilidir. Assemblerdagi dastur umumiy holda, ko`chirib bo`lmaydigan dasturdir. Keyin, apparat resurslari bilan bevosita munosabatda bo`lgan kod fragmentlari olib tashlanadi yoki kamaytiriladi. Apparatga bog`liq kod, bir nechta yaxshi lokallashtirilgan modullarda ajratilgan holda bo`ladi.


Xavfsizlik printsipi. Bir foydalanuvchi resurslarini boshqa foydalanuvchidan himoyani, va hamma tizimni resurslarni faqat bitta foydalanuvchi egallab olishidan himoyani ko`zda tutadi., bundan tashqari bu printsip o`z ichiga, xuquqsiz murojaatdan himoyani ham oladi. NCSC (National Com`uter Security Center), 198y chiqarilgan “oranjivaya kniga” ga asosan,tizimlar 7 ta kategoriyaga: D, C1, C2, B1, B2, B3, A1 ga bo`linadi, bu yerda A maksimal ximoyalangan tizimdir. Aksariyat Ko`pgina zamonaviy OT lar S2 sinfga mansubdir. Bu sinf quyidagilarni tahminlaydi. foydalanuvchini yagona nom va `arol bilan tizimga kirishga imkon beradigan, maxfiy kirish vositalari.resurs egasiga, uning resursidan foydalanishga kimning xuquqi bor-yo`qligini aniqlaydigan murojaatni tanlab nazorat qilish;hisobga olish va kuzatish (audio) vositalari, ular tizimli resurslarga murojaat va tizim xavfsizligi bilan bog`liq bo`lgan xodisalarni aniqlash va to`ishga imkonni tahminlaydi.
A sinfi tizimni, ma’lum xavfsizlik ko`rsatkichlariga formal, matematik jixatdan mosligini isbotlashini talab qiladi. A sinfida, xavfsizlikni boshqarish mexanizmi, `rotsessor vaqtining 90% ini band qiladi. OT da himoyani ta’minlashni bir nechta yo`nalishi amalga oshiriladi. Ulardan biri, `rotsessor ishini ikki kontekstda olib borish, ya’ni vaqtning har bir onida `rotsessor OT tarkibidagi dasturni yoki Ot tarkibiga kirmaydigan amaliy yoki xizmatchi dasturni bajarish mumkin. Har qanday bo`linadigan resurslarga foydalanuvchi va xizmatchi dasturlar tomonidan bevosita murojaatni tahqiqlash uchun, mashina kodlari tarkibiga, resurslarni taqsimlovchi va foydalanishni boshqaruvchi maxsus imtiyozli komandalar kiritiladi. Bu komandalarni faqat OT ga bajarish ruxsat etiladi. Ularning bajarilish nazorati apparat qismi tomonidan bajariladi. Bunday komandani bajarishga xarakat qilingan holda uzilish ro`y beradi, va protsessor imtiyozli rejimga o`tkaziladi. Himoya printsipini amalga oshirish uchun, operativ xotiradagi dastur matni va ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmidan foydalaniladi. Bunda eng Ko`p tarqalgan usul-kontekst himoyalanishidir. Dasturlar va foydalanuvchilar uchun xotiraning ma’lum qismi ajratiladi, va bu chegaradan chiqilsa himoya bo`yicha uzilish ro`y beradi. Nazorat mexanizmi, apparat tarzda, registrlar chegaralanganligi va xotira kalitlari asosida amalga oshiriladi. Fayllarda ma’lumotlarni saqlashning har xil himoya usullari qo`llaniladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002.
2. Satto’po’v A Info’rmatika va axbo’ro’t texno’lo’giyalari. To’shkent. "O’qituvchi". 2002 y
3.Ahmedo’v A, To’ylo’qo’v N. Info’rmatika. To’shkent. ―O’zbekisto’n. 2002 y 4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М:
Internet saytlari:
www.google.com
www.wikipediya.com
www.hozir.uz
Yüklə 27,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin