Mavzu: O’quvchilar nutqini o’stirishda frazeologik birliklardan foydalanish reja: kirish



Yüklə 164,09 Kb.
səhifə2/6
tarix10.04.2023
ölçüsü164,09 Kb.
#125089
1   2   3   4   5   6
kurs ishi namuna uchun

Mavzuning dolzarbligi. Til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy ong mahsuli sifatida yuzaga kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklarning ifodasi bo‘lgan murakkab tizimdir.Iboraning ma`no turlarini o`rganish
unga munosabat bildirish, boshlang`ich sinflarda oquvchilar nutqini rivojlantirishga, lug`aviy boyligini oshirishga yordam beradi.Bu esa mavzuning dolzarbligini ko`rsatadi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Turkiyshunoslikda iboralarga oid tadqiqotlar A.G`ulomov, S.Ferdaus, A.N.Kononov, A.Hojiev, A.Yuldashev, Sh.Shukurov, S.Mutallibov, A.Salkalamanidze, D.M.Nasilov, M.Mirtojiev singari zabardast olimlar tomonidan atroflicha tadqiq etilgan. O`zbek tilshunosligida 60 yillardan keyingi davrda o`zbek yozuvchilari, shoirlari asarlarining tili va uslubiga oid ko`pgina tadqiqot ishlarida frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlarini o`rganishga alohida e`tibor berildi. Bu borada A.Navoiy(E.Umarov), Muqumiy (A.Shomaqsudov, A.Jo`raxonov), Hamza (B.Turdialiyev, Sh.Qozoqov), S.Ayniy(E.Qilichev), A.Qahhor(I.Qo`chqortoyev,O.Abdullayeva), S.Ahmad(B.Yo`ldoshev), Sh.Xolmirzayev(R.Normurodov) va boshqa adiblarning asarlarida frazeologik birliklarning qo`llanilishi muayyan darajada tadqiq qilingan. Frazeologiya o`zbek tilshunosligida birmuncha kengroq o`rganilgan sohalardan bo`lib, bu yo`nalishda Sh.Rahmatullayev, I.Qo`chqortoev, B.Yo`ldoshev A.Mamatov, Q.Hakimov, R.Rasulov, M.Sodiqova, O`.Sharipova, T.Musayev, S.Muhamedova, F.Jumayev kabi qator tilshunoslar ishlarida o`z talqinini topgan.
Tadqiqot maqsadi:
Iboralarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash, nutqda iboraning o`rganish asоslarini ishlab chiqish.
Tadqiqot predmeti:
Ona tili ta`limi jarayoni
Tadqiqot ob'ekti
Iboralar, frazeologik birliklar.
Tadqiqot vazifalari:
A) mavzuga oid pedagogik, psixologik, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o`rganish;
B) iboralarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash;
S) to`plangan materiallarni qo`llash yo`llarini yoritish;
D) tadqiqot natijasi bo`yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Yüklə 164,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin