Mavzu: O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish reja



Yüklə 12,9 Kb.
səhifə5/6
tarix25.11.2023
ölçüsü12,9 Kb.
#134669
1   2   3   4   5   6
Mavzu O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish

O'rta guruhda bolalar sekin-astalik bilan mustaqil ravishda o'yinchoqlar bo'yicha tasviriy hikoya tuza boshlaydilar. O'rgatishning eng natijali usullaridan biri bu har doimgi mashg'ulotda namuna-hikoyadan foydalanishdir. Namuna-hikoyani mashg'ulotning qaysi qismida (mashg'ulotning boshida, oxirida) berishni bolalarning hikoya qilib bera olish darajasi belgilaydi. Ushbu guruh bolalari yilning ikkinchi yarmidan boshlab tarbiyachining rejasi asosida hikoya tuza boshlaydilar.
Dastlab uncha katta bo'lmagan reja asosidagi ikki-uchta savol o'yinchoqlarning nomini, ularning asosiy sifatlarini va u bilan qilinadigan harakatlarni birlashtiruvchi uncha katta bo'lmagan hikoya tuzishni nazarda tutadi. („O'yinchoqning nomi, rangi, hajmi, u bilan qanday o'ynash mumkinligini gapirib bering".) Sekin-astalik bilan rejani murakkablashtirish, ya'ni savollarni har xil berish mumkin. (Bu o'yinchoq qanday materialdan qilingan? U senga yoqadimi?)
Katta guruhda o'yinchoqlar bo'yicha bog'langan hikoya tuzishning xilma-xil mashg'ulot turlaridan foydalaniladi:

  • o'yinchoqlarni tasvirlash;

  • o'yinchoqlar to'plami bo'yicha voqeaband hikoya tuzish;

  • bitta o'yinchoq bo'yicha voqeaband hikoya tuzish. Mashg’ulot ikkinchi yarim yillikdan boshlab tashkil etiladi. Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni jihozlashni va tashkil etishni oldindan o’ylab qo'yish kerak.

Tarbiyachi bolalarga bugungi mashg’ulotda o’yinchoqlarni ko'zdan kechiribgina qolmasdan, balki ular haqida hikoya tuzishlarini ma'lum qiladi. Bolalarga shunday deydi: „Avval o’yinchoqni diqqat bilan ko'zdan kechirish kerak, so'ngra u nima deb aytilishini, qanday rangda ekanligini, nimadan yasalganini gapirib berish kerak". Tarbiyachi dastlabki mashg’ulotda hikoyaning namunasi yoki rejasini (Bu qanday buyum? Uning qanday qismlari bor? Ular nima uchun kerak? Bu buyumdan qanday foydalanishni tushuntir va ko'rsat) beradi.


Katta va maktabga tayyorlov guruhida o'yinchoqlar yordamida inssenirovka ko'rinishidan iborat bo'lgan hikoya tuzishga ham o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bunday hikoyaning namunasini beradi.
Bog'lanishli nutqni jonli va ravshan bo'lishi uchun o'yinchoqlar bilan tashkil etiladigan spektakllar katta ahamiyatga ega. Bu spektakllarni katta guruh bolalari kichkintoylarga qo'yib berishadi. Spektakl boshlanishidan avval tarbiyachi guruh bolalari bilan kichkinagina suhbat o'tkazadi, bolalarga o'yinchoqlar uchun „voqealar" o'ylab topishni va uni o'rtoqlariga gapirib berishni taklif etadi. Mavzular hayotiy yoki xayoliy bo'lishi mumkin. Masalan, „Hayvonot bog'ida ayiq hayotida qanday voqea sodir bo'ladi?", „Tulkining tug'ilgan kuni", „O'yinchoqlar do'koni", „Yangi yil kechasi" va boshqalar.
Venn diagrammasi ” metodi asosida qayta hikoya qilib berish hamda o’yinchoq predmetlarga qarab hikoya qilib berishga o’rgatishning xususiy va umumiy jihatlarini yoriting

Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin