Mavzu: O‘zbek milliy go‘shtli taomlar, tayyorlash jarayoni, to‘yimliligini hisoblash reja



Yüklə 117,62 Kb.
səhifə6/8
tarix01.01.2022
ölçüsü117,62 Kb.
#106409
1   2   3   4   5   6   7   8
REFERAT

Chuchvara. Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha quy yoki mol go‘shti qiymalagichdan o‘tkazilib mayda to‘g‘ralgan bosh piyoz, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor qo‘shib, aralashtirib, chuchvara uchun go‘sht qiymasi tayyorlanadi.

Elangan un, xom tuxum, tuzli suv yordamida bir oz qattiq hamir qorilib, 30-40 daqiqa tindiriladi, qulda yoki mashina yordamida qalinligi 1,2-2,0 mm, kengligi, eni 50x50 mm kvadrat qilib kesib, chuchvara hamiri tayyorlanadi. Chuchvara hamiri o‘rtasiga go‘sht qiymasi 5-7 g. hisobida solinib, ikki qarama qarshi burchaklari birlashtirilib, qiyma atrofidagi hamir qayrilib, ikkita kuloqcha hosil qilinadi, ikki ostki uchlari o‘zaro xalqa щaklida aylantirilib birlashtirilgan holda chuchvaraga shakl beriladi, pishirilguncha un seyilgan patnisga terib qo‘yiladi.

Qaynab turgan tuzli suvga, shakl berilgan chuchvara solinib, aralashtiriladi, o‘rtacha qaynash darajasiga etkazib pishiriladi.

Pishgan chuchvara suyuqliqdan suzib olinib, taqsimchaga solinadi, ustiga qatiq solib, ta’bga ko‘ra yanchilgan qora murch sepib, dasturxonga tortiladi. Yuqoridagi usulda tayyorlangan chuchvarani dasturxonga «chuchvarali sho‘rva» sifatida ham tortish mumkin.

Chuchvara pishirishda go‘sht qiymasidan tashqari, kar­toshka, kuk piyoz va hokazolardan ham foydalanish mumkin.

Qattiqqina hamir qoriladi, zuvala qilib, 10-12 minut o‘rab qo‘yiladi. Shundan so‘ng yana bir bor mushtlab, yana zuvala qilib qo‘l bilan patirga uxshatib yoyiladi. Urvoq sepib uqlovga urab, yupka (2 mm) qilib yoyiladi. Yoymadan 5 X 5 sm hajmli kvadrat jildlar kesib, har birining o‘rtasiga 1 choy qoshig‘ida qiyma solib chuchvaralar tugiladi.

Qiymasini tayyorlash uchun quy go‘shtining son qismidan yoki yog‘liroq mol go‘shtidan, yoki xar ikkala go‘shtdan teng olib qiymalagichdan o‘tkazasiz. Qiymaga juda nafis xalka qilib to‘g‘ralgan piyoz va murch, tuz qo‘shib yaxshilab mijg‘iysiz. Chuchvaralarni tugib bulgach qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Chuchvaralar qozon yuziga qalqib chiqqanidan so‘ng yana 1 - 2 minut qaynatasiz, so‘ngra chovlida suzib laganga solasiz yoki har bir xurandaga alohida likopchalarda dasturxonga tortasiz. Chuchvaraga qo‘shib iste’mol etish uchun ta’bga ko‘ra xoh sariyog‘, xoh kaymoq, xoh katiq alohida idishda beriladi.


Yüklə 117,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin